Xorijda oʻqish

Universitetlar

Janubiy Koreya

Type A va Type B — GKS bakalavr yoʻriqnomasidagi guruhlar. Elchixona yoʻlida 3 tagacha universitet tanlaysiz va kamida bittasi Type B boʻlishi shart; R-GKS nomzodlari 2 tagacha, faqat Type B tanlaydi. Har doim joriy yilgi «University Information» faylini tekshiring — yoʻnalishlar oʻzgaradi.

Magistratura/PhD dasturining (GKS-G) oʻz, boshqacha roʻyxati bor — KAIST kabi baʼzi universitetlar GKS stipendiatlarini faqat magistratura va doktoranturaga qabul qiladi. Oʻz yilingiz uchun GKS-G «University Information» faylini tekshiring.

Seoul National University 서울대학교 Seoul GKS-U Type A. Deyarli barcha yoʻnalishlari bor davlat universiteti. Yonsei University 연세대학교 Seoul GKS-U Type A. Katta xususiy universitet; koreys tili instituti eng qadimiylaridan. Korea University 고려대학교 Seoul GKS-U Type A. Katta xususiy universitet; biznes, huquq va muhandislik kuchli. Sungkyunkwan University 성균관대학교 Seoul / Suwon GKS-U Type A. Gumanitar fanlar Seulda, fan va muhandislik Suvonda. Hanyang University 한양대학교 Seoul GKS-U Type A. Avvalo muhandisligi bilan mashhur. KAIST 한국과학기술원 Daejeon GKS orqali faqat magistratura/PhD: 2026 GKS-G yoʻriqnomasida Type A va R&D ixtisoslashuv muassasasi (GKS-U bakalavr roʻyxatida yoʻq). Fan va texnologiya. POSTECH 포항공과대학교 Pohang GKS-U Type A. Kichik, tadqiqotga yoʻnaltirilgan fan va texnologiya universiteti. UNIST 울산과학기술원 Ulsan GKS-U Type A. Fan va texnologiya instituti; koʻp darslar ingliz tilida. Kyung Hee University 경희대학교 Seoul GKS-U Type A. Keng yoʻnalishli xususiy universitet, xorijlik talabalar koʻp. Ewha Womans University 이화여자대학교 Seoul GKS-U Type A. Ayollar universiteti — faqat qizlar topshiradi. Sogang University 서강대학교 Seoul GKS-U Type A. Seul markazidagi ixcham xususiy universitet. Hankuk University of Foreign Studies 한국외국어대학교 Seoul GKS-U Type A. Tillar, xalqaro munosabatlar va mintaqashunoslik. Inha University 인하대학교 Incheon GKS-U Type A. Muhandislikka yoʻnalgan; Toshkentda Inha filiali bor, shuning uchun nomi tanish. Ajou University 아주대학교 Suwon GKS-U Type A; 2027-yilda sunʼiy intellekt va kompyuter muhandisligi boʻyicha universitet yoʻli (UIC) ham bor. Pusan National University 부산대학교 Busan GKS-U Type B. Koreyaning ikkinchi shahridagi katta davlat universiteti. Kyungpook National University 경북대학교 Daegu GKS-U Type B. Tegudagi katta davlat universiteti. Chonnam National University 전남대학교 Gwangju GKS-U Type B. Kvanjudagi davlat universiteti. Chungnam National University 충남대학교 Daejeon GKS-U Type B. Koreyaning «fan shahri» Tejondagi davlat universiteti. Keimyung University 계명대학교 Daegu GKS-U Type B; 2027-yilda UIC (mexanika muhandisligi) ham bor. Burchakdagi Keimyung oʻqish matnlari shu universitet darsligiga tayanadi. Chung-Ang University 중앙대학교 Seoul GKS-U Type A. Media, sanʼat va biznes bilan tanilgan xususiy universitet. Dongguk University 동국대학교 Seoul GKS-U Type A. Seul markazidagi, kuchli kino maktabiga ega xususiy universitet. Hongik University 홍익대학교 Seoul GKS-U Type A. Avvalo sanʼat, dizayn va arxitektura bilan mashhur. Incheon National University 인천대학교 Incheon GKS-U Type A. Koreyaning asosiy xalqaro aeroporti joylashgan Inchxon shahridagi davlat universiteti. Kookmin University 국민대학교 Seoul GKS-U Type A; 2027-yilda dasturiy taʼminot boʻyicha UIC (universitet yoʻli) ham bor. Sejong University 세종대학교 Seoul GKS-U Type A. Mehmonxona biznesi va kompyuter fanlari bilan tanilgan xususiy universitet. University of Seoul 서울시립대학교 Seoul GKS-U Type A. Seul shahar hokimiyati universiteti; shaharshunoslik va muhandislik. The Catholic University of Korea 가톨릭대학교 Bucheon / Seoul GKS-U Type A. Katta tibbiyot fakulteti bor xususiy universitet. Jeonbuk National University 전북대학교 Jeonju GKS-U Type B. Tarixiy Jonju shahridagi davlat universiteti. Kangwon National University 강원대학교 Chuncheon GKS-U Type B. Kangvon viloyatidagi davlat universiteti (sayt koreyscha ochiladi). Chungbuk National University 충북대학교 Cheongju GKS-U Type B. Koreyaning markazidagi davlat universiteti (sayt koreyscha ochiladi). Pukyong National University 부경대학교 Busan GKS-U Type B. Pusandagi davlat universiteti; dengiz va baliqchilik fanlarida kuchli. Yeungnam University 영남대학교 Gyeongsan GKS-U Type B; 2027-yilda UIC (atrof-muhit muhandisligi) ham bor.