Prime Point

«Kuchli fikrlar chegaralarni kengaytiradi»

powerty.uz Taʼlim platformasi
Oʻquv markazlari uchun

Markazingizning
darsliklari — tayyor.

Prime Point — oʻzbek oʻquvchisi uchun yozilgan toʻliq oʻquv bazasi. Har bir dars uchta oyoqda turadi: tushuntirish, yigirmata savol va oʻqish matni — ketma-ket, birinchi darsdan oxirgisigacha. Oʻqituvchi dars tayyorlamaydi: dars allaqachon tayyor, u faqat oʻrgatadi.

1301
dars
20,000+
mashq savoli
887
oʻqish matni
20
toʻliq kurs
4
imtihon yoʻnalishi

Raqamlar platformadan — hozirgi holat

Nimalar bor

Har bir kurs — yuzta dars, tartib bilan, noldan.

Prime English Ingliz tili grammatikasi — noldan ravon darajagacha
Prime Korean Koreys tili — alifbodan TOPIK darajasigacha
Prime Japanese Yapon tili — uchta yozuv, N4 darajasi
Prime Russian Rus tili — kelishiklar oʻzbek tiliga qiyoslab
Prime Math Maktab matematikasi — 5-sinfdan 9-sinfgacha
Prime SAT Math Digital SAT matematikasi — imtihon tilida
Imtihonga tayyorgarlik
TOPIKKoreys tili imtihoni
IELTSAcademic moduli
SAT R&WOʻqish va yozish
https://www.powerty.uz/
Telefoningiz bilan skanerlang

Roʻyxatdan oʻtmasdan ham butun kutubxonani koʻrasiz. Hisob ochish — bir daqiqa.

powerty.uz
Markaz nima yutadi

Oʻqituvchining ish kuni qisqaradi.

Prime Point shunchaki matn toʻplami emas — markazning sinfxonasi ham shu yerda ishlaydi.

SinfxonaGuruhlar, oʻquvchilar, davomat, sertifikat va toʻlov daftari — bitta sahifada.
Uy vazifasiTayyor mashqlardan uy vazifasi tuzasiz, muddat qoʻyasiz; javoblar oʻzi tekshiriladi.
TahlilKim qayerda qoqildi — savolma-savol, variantma-variant koʻrinadi. Keyingi dars nimaga bagʻishlanishi oʻzi maʼlum.
ImtihonVaqt bilan oʻlchanadigan TOPIK II sinovlari — tinglash audiosi bilan, oʻzi baholanadi.
OʻyinlarMatematika va ingliz tili chempionatlari, Mantiq maydoni, Sayohat — bolalar oʻzi qaytadigan qism.
TelefondaSayt telefonga ilova boʻlib oʻrnatiladi. Kompyuter shart emas.
Uch qadamda boshlanadi
Hisob oching powerty.uz — oʻqituvchi sifatida roʻyxatdan oʻtasiz. Bir daqiqa, boshqa hech narsa kerak emas.
Sinfxona tuzing Guruhingizni kiritasiz, fanni tanlaysiz — mashqlar roʻyxati oʻsha fanga qisqaradi.
Dars bering Tayyor darsni ochasiz, uy vazifasini tayinlaysiz, natijani koʻrasiz. Tayyorgarlik vaqti — nol.
Nega buni qurdik?

Biz ham shu yerda dars beramiz. Platformani viloyatdagi oʻquvchi uchun qurdik: darslar ketma-ket, mashqlar har bir darsning oʻziga, matnlar esa oʻrganilgan qoidani ishlab turgan holda koʻrsatadi. Markazingiz uchun ham shu ish qilingan — materiallaringiz koʻpaygani va oʻquvchilaringiz oʻsganini koʻrmoqchimiz.

Koʻp soʻraladi
Oʻz mashqlarimni qoʻsha olamanmi? Ha. Oʻz testingizni yozasiz va guruhingizga tayinlaysiz — tayyor mashqlar bilan yonma-yon turadi.
Materiallar qaysi tilda? Koreys, yapon, rus tili va matematika — oʻzbek tilida tushuntiriladi. Ingliz tili va SAT — imtihonning oʻz tilida.
Sinfda internet boʻlmasa-chi? Sayt telefonga ilova boʻlib oʻrnatiladi. Bosma nusxa kerak boʻlsa — bogʻlaning, tayyorlab beramiz.
Bogʻlaning

Markazingizga Prime Pointni olib kirmoqchimisiz? Yozing — oʻqituvchilaringizga boshidan oxirigacha koʻrsatib beramiz.

powerty.uz @Albetta powertyuz@gmail.com @powerty.uz
https://www.powerty.uz/
powerty.uz
https://t.me/powertyuz
@powertyuz
Prime Point · powerty.uz · Sohil shahri, Sirdaryo Kunlik savol va haftalik jumboq