Harflarni bitta boʻgʻin blokiga yigʻib yozing. Koreys klaviaturasida harflarni ketma-ket bossangiz, blok oʻzi yigʻiladi.
Unlining shakliga qarang: tik chiziqli unli undoshning oʻngiga, yotiq chiziqli unli tagiga yoziladi.
Blokni tashkil qilgan harflarni yozing. Harflar orasiga boʻsh joy yoki + qoʻying — aks holda klaviatura ularni yana blokka yigʻib yuboradi. Masalan: ㄱ ㅏ.
Qalin harf bilan belgilangan ㅇ qanday oʻqiladi? Boshda — jim, 받침 boʻlsa — «ng».
Undoshga bitta chiziq qoʻshilsa, tovushga nafas qoʻshiladi. Zinapoyaning keyingi pogʻonasini tanlang.
Harflar qatorda berilgan — ularni bloklarga yigʻib, soʻzni yozing. Qayerda yangi blok boshlanishini oʻzingiz toping.
Darsdagi soʻzlarni Hangulda yozing.
Daftarga har bir blokni 5 martadan yozing. Blok kvadrat ichiga sigʻishi kerak: tik unli bilan — yonma-yon, yotiq unli bilan — ustma-ust. Chop etiladigan varaqda buning uchun katakchalar bor.
Bu safar koreyscha emas — oʻzbekcha yozing. Biror narsani boshqaga tushuntira olsangiz, demak uni haqiqatan tushungansiz.
Kichik ukangiz soʻradi: «Koreyslar rasm bilan yozadimi?» Unga 3–4 gapda Hangul nima ekanini tushuntiring.
Bugun darsdan tashqarida qiling.
📱 Telefoningizga koreys klaviaturasini qoʻshing va kimgadir (yoki oʻzingizga) 한국어 deb xabar yuboring.
🔎 Atrofingizdan Hangul toping: serial nomi, koreys mahsuloti qutisi, telefon qutisidagi yozuv. Bitta blokni harflarga ajratib oʻqing va quyida yozib qoʻying.
Powerty — www.powerty.uz · PK-1 · Onlayn ham bajaring: har bir javob darhol tekshiriladi.