Xorijda oʻqish
Shaxsiy bayonot · Chevening

Chevening tarmoq qurish inshosi — Jasur, sogʻliqni saqlash

🚫 Namuna — koʻchirmang. Bu xat oʻylab topilgan. Komissiya yuzlab xat oʻqiydi va koʻchirilgan matnni tekshiradi; oʻzlashtirilgan bitta gap stipendiyadan mahrum qilishi mumkin. U QANDAY qurilganini koʻrish uchun oʻqing, keyin reja varagʻi bilan oʻzingiznikini yozing.

Oʻsha oʻylab topilgan nomzod, tarmoq qurish haqida. Chevening siz munosabatlarni ongli ravishda qurishingiz va ular orqali ish bitirishingizni isbotlashni, keyin Chevening tarmogʻi uchun aniq rejani koʻrmoqchi.

When our medicine-stock spreadsheet worked in twelve clinics, I knew it would die with me unless other people owned it. So I started building a network around it rather than around myself.

Yetakchilik inshosiga bogʻlanadi, keyin tarmoq qurish sababini aytadi: ish undan keyin ham yashashi uchun. Mashhurlik emas, maqsad.

I created a monthly call for the twelve nurses who kept the data, where they, not I, presented problems and fixes. Within three months two nurses were training colleagues in a neighbouring district without my involvement. I also invited the regional IT officer, who had no reason to help, to one call; he saw a problem he could solve and moved the spreadsheet onto the department's server.

Ikkita aniq munosabat va har biri nima bergani — jumladan, yordam berishga sababi yoʻq odam bilan.

Outside work, I joined an online group of young health professionals from Central Asia. After I shared our results there, a pharmacist from Kyrgyzstan adapted the method for her clinics, and we now compare our data every quarter.

Tarmoq ishi va davlatidan tashqariga chiqqanini natija bilan koʻrsatadi (xorijdagi hamkasb usulni qoʻllamoqda).

I have learned to give first: share the tool, the data or the introduction, and ask for nothing at the start. Relationships built that way last longer than any project.

Bir gapli xulosa — tarmoq qurish boʻyicha uning oʻz qoidasi.

As a Chevening Scholar I would join the health-sector community of scholars and alumni, and after returning I plan to start a small network of Uzbek Chevening alumni in public health, meeting twice a year with the Ministry's digital team.

Chevening tarmogʻi uchun aniq reja: kim, qanchalik tez-tez, nima uchun. Komissiya mavhum «boshqa stipendiatlar bilan tanishaman» uchun ball tushiradi.
Chop etiladigan reja varagʻi
Oʻzingiznikini yozishdan oldin javob beriladigan savollar — qogʻozda, oʻylash uchun joy bilan.

Boshqa namunalar