Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

Sabab — 이유·원인

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-기 때문에 ★★★ 3 sabab — «-ligi sababli» (rasmiy, yozma) 동사/형용사 + -기 때문에 · 명사 + 때문에 환경이 오염되기 때문에 건강이 나빠진다. Atrof-muhit ifloslangani sababli sog'liq yomonlashadi. -아서/어서 -(으)로 인해 -(으)므로
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l/sifat: 바쁘다 → 바쁘기 때문에 · Ot: 시험 때문에 (기 yo'q!)
O'tgan zamon: -았/었기 때문에 · Gap oxirida: -기 때문이다

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 53/54 uchun eng kerakli sabab shakli. Ikkinchi qismda buyruq kelmaydi (아서 kabi).

Tayyor jumla qolipi: [주제]이/가 중요한 것은 [사유]기 때문이다.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 시험이기 때문에 공부해요 → ✅ 시험 때문에 공부해요.
Otdan keyin 기 qo'shilmaydi.

Namunalar

  • 환경이 오염되기 때문에 건강이 나빠진다. Atrof-muhit ifloslangani sababli sog'liq yomonlashadi.
  • 교통 체증 때문에 시간을 낭비한다. Tirbandlik tufayli vaqt behuda ketadi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아서/어서 — -아서 = og'zaki, qisqa; -기 때문에 = rasmiy, insho uchun
  • -(으)로 인해 — -(으)로 인해 = eng rasmiy (maqola, hisobot); -기 때문에 = umumiy yozma
  • -(으)므로 — -(으)므로 = ilmiy/huquqiy uslub, yanada quruqroq
To‘liq sahifasi

Vaqt — 시간·순서

3 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-는 동안(에) ★★☆ 3 «-gan vaqt ichida, davomida» 동사 + -는 동안 · 명사 + 동안 아기가 자는 동안 청소를 했어요. Chaqaloq uxlayotgan vaqtda tozaladim. -(으)면서
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l: 자는 동안 · Ot: 세 시간 동안, 방학 동안

Izoh — qachon ishlatiladi

-(으)면서 dan farqi: bu yerda ikki qismning egasi har xil bo'lishi mumkin.

Namunalar

  • 아기가 자는 동안 청소를 했어요. Chaqaloq uxlayotgan vaqtda tozaladim.
  • 방학 동안 아르바이트를 했다. Ta'til davomida ishladim.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)면서 — -(으)면서 — bitta odam ikki ishni birga qiladi; -는 동안 — turli odamlar
To‘liq sahifasi
-는 중이다 / -는 길이다 ★★☆ 3 «-ish jarayonida / yo'lida» 동사 + -는 중이다 · 가다/오다 + -는 길이다 지금 회의하는 중이에요. Hozir yig'ilish o'tkazyapmiz. -고 있다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ot bilan: 회의 중이다, 공사
-는 길이다 faqat 가다/오다 bilan.

Izoh — qachon ishlatiladi

-는 중 = jarayon davom etyapti · -는 길에 = «yo'l-yo'lakay»: 학교에 가는 길에 빵을 샀어요.

Namunalar

  • 지금 회의하는 중이에요. Hozir yig'ilish o'tkazyapmiz.
  • 집에 오는 길에 마트에 들렀다. Uyga kelayotib do'konga kirdim.

O‘xshashlaridan farqi

  • -고 있다 — -고 있다 = umumiy davomiylik; -는 중이다 = «aynan hozir jarayonda» ta'kidi
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ 지 (시간이) 되다 ★★☆ 3 «-ganiga (shuncha vaqt) bo'ldi» 동사 + -(으)ㄴ 지 + 기간 + 되다/지나다 한국어를 배운 지 2년이 됐어요. Koreys tilini o'rganayotganimga 2 yil bo'ldi. 동안
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

⚠️ Bu — «-지 않다» dagi 지 emas. Ajratib yoziladi: 온 3년.

Izoh — qachon ishlatiladi

TOPIK 듣기 da yosh/muddat savollarida uchraydi: 한국에 온 얼마나 됐어요?

Namunalar

  • 한국어를 배운 지 2년이 됐어요. Koreys tilini o'rganayotganimga 2 yil bo'ldi.
  • 이 회사에 다닌 지 오래되지 않았다. Bu kompaniyada ishlayotganimga ko'p bo'lgani yo'q.

O‘xshashlaridan farqi

  • 동안 — 동안 = davomiylik («2 yil davomida»); -(으)ㄴ 지 = boshlangan nuqtadan hisob
To‘liq sahifasi

Maqsad — 목적

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-기 위해(서) ★★★ 3 «-ish uchun, maqsadida» (rasmiy) 동사 + -기 위해(서) · 명사 + 을/를 위해(서) 환경을 보호하기 위해 노력해야 한다. Atrof-muhitni himoya qilish uchun harakat qilish kerak. -(으)려고 -도록
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l: 건강해지기 위해 · Ot: 건강을 위해 (기 yo'q)

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 54 uchun asosiy maqsad shakli. Tayyor qolip: [문제]을/를 해결하기 위해서는 [방법]이 필요하다.

Namunalar

  • 환경을 보호하기 위해 노력해야 한다. Atrof-muhitni himoya qilish uchun harakat qilish kerak.
  • 건강을 위해서 규칙적으로 운동합니다. Sog'liq uchun muntazam sport bilan shug'ullanaman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)려고 — -(으)려고 = og'zaki niyat; -기 위해서 = rasmiy maqsad, insho uchun
  • -도록 — -도록 = «...-adigan qilib» (natijaga yo'naltirilgan); -기 위해 = maqsad
To‘liq sahifasi

Niyat va reja — 의도·계획

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-기로 하다 ★★☆ 3 «-ishga qaror qilmoq / kelishmoq» 동사 + -기로 하다 내년부터 담배를 끊기로 했어요. Kelasi yildan chekishni tashlashga qaror qildim. -(으)려고 하다 -(으)ㄹ까 하다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Kelishuv ma'nosida: -기로 했다/약속했다/결정했다

Izoh — qachon ishlatiladi

Yakka qaror ham, ikki tomon kelishuvi ham bo'ladi: 친구와 만나기로 했어요 — do'stim bilan uchrashishga kelishdik.

Namunalar

  • 내년부터 담배를 끊기로 했어요. Kelasi yildan chekishni tashlashga qaror qildim.
  • 우리는 매주 토요일에 만나기로 했다. Biz har shanba uchrashishga kelishdik.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)려고 하다 — -(으)려고 하다 = niyat («-moqchiman»); -기로 하다 = qaror qabul qilingan
  • -(으)ㄹ까 하다 — -(으)ㄹ까 하다 = «qilsammikin» (hali aniq emas)
To‘liq sahifasi
-았/었으면 좋겠다 ★★☆ 3 «-sa edi, -ishini istardim» — orzu 동사/형용사 + -았/었으면 좋겠다 내일 날씨가 좋았으면 좋겠어요. Ertaga ob-havo yaxshi bo'lsa edi. -고 싶다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

-(으)면 좋겠다 shakli ham to'g'ri; -았/었- qo'shilsa orzu kuchliroq bo'ladi.

Izoh — qachon ishlatiladi

Amalga oshishi noaniq yoki qiyin narsa haqida — muloyim iltimos sifatida ham: 조용히 해 주셨으면 좋겠어요.

Namunalar

  • 내일 날씨가 좋았으면 좋겠어요. Ertaga ob-havo yaxshi bo'lsa edi.
  • 시험에 꼭 합격했으면 좋겠다. Imtihondan albatta o'tsam edi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -고 싶다 — -고 싶다 = o'zim qiladigan ish; -았으면 좋겠다 = mendan tashqaridagi orzu
To‘liq sahifasi

Taxmin — 추측

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-나 보다 / -(으)ㄴ가 보다 ★★☆ 3 «-ganga o'xshaydi» — dalilga asoslangan taxmin 동사 + -나 보다 · 형용사 + -(으)ㄴ가 보다 사람들이 우산을 쓰네요. 비가 오나 봐요. Odamlar soyabon ko'tarib yuribdi. Yomg'ir yog'ayotganga o'xshaydi. -는 것 같다 -(으)ㄴ/는 모양이다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l → -나 보다 (가나 보다) · Sifat → -(으)ㄴ가 보다 (추운가 보다)
O'tgan → -았/었나 보다

Izoh — qachon ishlatiladi

Biror belgini ko'rib xulosa chiqarish: 불이 꺼졌네요. 자나 봐요. — Chiroq o'chdi. Uxlayotganga o'xshaydi.

⚠️ O'zingiz haqingizda ishlatilmaydi.

Namunalar

  • 사람들이 우산을 쓰네요. 비가 오나 봐요. Odamlar soyabon ko'tarib yuribdi. Yomg'ir yog'ayotganga o'xshaydi.
  • 불이 꺼진 걸 보니 아무도 없나 보다. Chiroq o'chganiga qaraganda, hech kim yo'qqa o'xshaydi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -는 것 같다 — -는 것 같다 = o'zim haqimda ham bo'ladi; -나 보다 = faqat boshqa haqida, dalil bilan
  • -(으)ㄴ/는 모양이다 — -는 모양이다 = deyarli bir xil, biroz rasmiyroq
To‘liq sahifasi

Majburiyat va ruxsat — 의무·허락

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄹ 필요가 있다/없다 ★★☆ 3 «-ish zarur / shart emas» 동사 + -(으)ㄹ 필요가 있다/없다 서두를 필요가 없어요. 시간이 많아요. Shoshilish shart emas. Vaqt ko'p. -아야 하다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ot bilan: 준비가 필요하다.

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 54 taklif qismida ko'p ishlatiladi: 이를 위해 제도적 지원이 필요하다.

Namunalar

  • 서두를 필요가 없어요. 시간이 많아요. Shoshilish shart emas. Vaqt ko'p.
  • 이 문제를 다시 검토할 필요가 있다. Bu masalani qayta ko'rib chiqish zarur.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아야 하다 — -아야 하다 = qat'iy majburiyat; -(으)ㄹ 필요가 있다 = zarurat, yumshoqroq
To‘liq sahifasi

O‘zgarish va holat — 변화·상태

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-아/어 있다 ★★☆ 3 «-gan holda turibdi» — harakat natijasidagi holat 자동사 + -아/어 있다 창문이 열려 있어요. Deraza ochiq turibdi. -고 있다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Faqat o'timsiz fe'l (자동사) bilan: 앉다, 서다, 눕다, 열리다, 켜지다.
❌ 을/를 oladigan fe'l bilan ishlatilmaydi.

Izoh — qachon ishlatiladi

Harakat tugagan, natijasi saqlanib turibdi: 의자에 앉아 있어요 — o'tirgan holda.

Namunalar

  • 창문이 열려 있어요. Deraza ochiq turibdi.
  • 칠판에 이름이 적혀 있다. Doskada ism yozilgan turibdi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -고 있다 — -고 있다 = jarayon; -아 있다 = tugagan harakatning natijasi
To‘liq sahifasi
-게 되다 ★★★ 3 «-adigan bo'lib qoldi» — tashqi sabab bilan o'zgarish 동사 + -게 되다 우연히 그 사실을 알게 되었어요. Tasodifan o'sha haqiqatni bilib qoldim. -아/어지다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침ga qaramay -게 되다. O'tgan: -게 되었다 / 됐다.

Izoh — qachon ishlatiladi

Natija mening irodamdan tashqarida yuz bergan degan ohang. Kamtarlik uchun ham ishlatiladi: 한국에 오게 되었습니다.

Namunalar

  • 우연히 그 사실을 알게 되었어요. Tasodifan o'sha haqiqatni bilib qoldim.
  • 회사 사정으로 이사하게 됐다. Ish sharoiti tufayli ko'chishga to'g'ri keldi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아/어지다 — -아지다 = sifatning asta-sekin o'zgarishi; -게 되다 = vaziyat/harakatning o'zgarishi
To‘liq sahifasi

Daraja va miqdor — 정도·수량

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄴ/는 편이다 ★★★ 3 «-roq, ancha ... hisoblanadi» — yumshoq baho 동사 + -는 편이다 · 형용사 + -(으)ㄴ 편이다 저는 매운 음식을 잘 먹는 편이에요. Men achchiq ovqatni yaxshi yeyman (shunga moyilman). -(으)ㄴ/는 셈이다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l → -는 편이다 · Sifat 받침 yo'q → -ㄴ 편이다 · 받침 bor → -은 편이다

Izoh — qachon ishlatiladi

Qat'iy aytmaslik uchun — «umuman olganda shunday tomonga moyil». 쓰기 53 da statistikani baholashda foydali.

Namunalar

  • 저는 매운 음식을 잘 먹는 편이에요. Men achchiq ovqatni yaxshi yeyman (shunga moyilman).
  • 이 지역은 물가가 비싼 편이다. Bu hududda narxlar ancha qimmat hisoblanadi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄴ/는 셈이다 — -는 셈이다 = «hisob-kitobda shunday chiqadi» (xulosa); -는 편이다 = moyillik
To‘liq sahifasi
-기 쉽다/어렵다 ★★☆ 3 «-ishi oson / qiyin» 동사 + -기 쉽다 / -기 어렵다 이 글씨는 읽기 어려워요. Bu yozuvni o'qish qiyin. -기가 힘들다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Shu oilaga: -기 좋다, -기 나쁘다, -기 편하다, -기 힘들다, -기 바쁘다.

Izoh — qachon ishlatiladi

«-기» fe'lni otga aylantiradi — TOPIK 읽기 da juda ko'p uchraydigan usul: , 쓰, 듣, 말하.

Namunalar

  • 이 글씨는 읽기 어려워요. Bu yozuvni o'qish qiyin.
  • 겨울에는 감기에 걸리기 쉽다. Qishda shamollash oson.

O‘xshashlaridan farqi

  • -기가 힘들다 — deyarli bir xil — 힘들다 jismoniy/ruhiy qiynalishni ta'kidlaydi
To‘liq sahifasi