Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

Daraja va miqdor — 정도·수량

5 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
★★★ 1 «faqat, -gina» 명사 + 만 저는 물만 마셔요. Men faqat suv ichaman. 밖에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

이/가, 을/를 o'rniga keladi yoki ulardan oldin: 이것 / 이것만을. Boshqa kelishiklar ustiga qo'shiladi: 여기에.

Izoh — qachon ishlatiladi

Fe'lga qo'shilsa -기만 하다 shakli chiqadi: 기만 해요 — faqat yig'laydi (boshqa hech narsa qilmaydi).

Namunalar

  • 저는 물만 마셔요. Men faqat suv ichaman.
  • 한 번만 더 설명해 주세요. Yana bir marta tushuntirib bering.

O‘xshashlaridan farqi

  • 밖에 — 밖에 doim INKOR bilan: 물밖에 안 마셔요 = 물만 마셔요 (ma'no bir xil, shakl har xil)
  • — 도 = qo'shish, 만 = chegaralash
To‘liq sahifasi
밖에 ★★★ 2 «-dan boshqa emas, faqat» — doim inkor bilan 명사 + 밖에 + 부정 (안/못/없다) 시간이 십 분밖에 없어요. Bor-yo'g'i o'n daqiqa vaqt bor.
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Keyingi fe'l albatta inkor bo'ladi: 밖에 + 안 / 못 / 없다 / 모르다.

Izoh — qachon ishlatiladi

Ma'nosi 만 bilan bir xil, lekin ozlik, kamlik tuyg'usini beradi: 천 원밖에 없어요 — atigi ming vono bor (kam!).

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 물밖에 마셔요 → ✅ 물밖에 안 마셔요. Inkorsiz ishlatilmaydi.

Namunalar

  • 시간이 십 분밖에 없어요. Bor-yo'g'i o'n daqiqa vaqt bor.
  • 한국어를 조금밖에 못해요. Koreyschani ozgina bilaman, xolos.

O‘xshashlaridan farqi

  • — 만 — neytral «faqat», ijobiy gap bilan; 밖에 — «atigi», doim inkor bilan
To‘liq sahifasi
조차 / 마저 ★★☆ 5 «hatto ... ham» — kutilmagan qo'shimcha (ko'pincha salbiy) 명사 + 조차 / 마저 이름조차 기억나지 않는다. Hatto ismi ham esimda yo'q. 까지
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

조차 — «hatto buni ham emas» (kutilganning eng oddiysi ham yo'q). 마저 — «oxirgisi ham» (bor edi, u ham ketdi).

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikkalasi ham salbiy yoki afsus ohangida. Yozma uslub, TOPIK 5-6 읽기.

Namunalar

  • 이름조차 기억나지 않는다. Hatto ismi ham esimda yo'q.
  • 친구마저 나를 떠났다. Do'stim ham (oxirgi bo'lib) meni tark etdi.

O‘xshashlaridan farqi

  • 까지 — 까지 ijobiy gapda ham bo'ladi; 조차/마저 deyarli doim salbiy
  • — 도 = neytral «ham»; 조차 = «hatto ... ham» (kutilmagan)
To‘liq sahifasi
★★☆ 4 «faqat, -dan boshqa emas» 명사 + 뿐 · 동사/형용사 + -(으)ㄹ 뿐 내 친구는 자수르뿐이에요. Mening do'stim faqat Jasur. 밖에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ot bilan: 너이야. Fe'l bilan: 웃을 뿐이었다.

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 da eng kerakli shakli — -(으)ㄹ 뿐만 아니라 («faqat ... emas, balki ... ham»). Qarang: 고급 문형 bo'limi.

Namunalar

  • 내 친구는 자수르뿐이에요. Mening do'stim faqat Jasur.
  • 그는 웃을 뿐 아무 말도 하지 않았다. U faqat kulib qo'ydi, hech narsa demadi.

O‘xshashlaridan farqi

  • — 만 = neytral og'zaki «faqat»; 뿐 = kitobiy, ta'kidli
  • 밖에 — 밖에 inkor talab qiladi; 뿐 talab qilmaydi
To‘liq sahifasi
-아/어야말로 · -(이)야말로 ★☆☆ 6 «aynan shu, mana shu» — kuchli ta'kid 명사 + (이)야말로 건강이야말로 가장 큰 재산이다. Aynan sog'liq — eng katta boylik. 은/는
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 bor → 이야말로 · 받침 yo'q → 야말로

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 54 xulosasida fikrni kuchaytirish uchun: 교육이야말로 미래를 바꾸는 힘이다.

Namunalar

  • 건강이야말로 가장 큰 재산이다. Aynan sog'liq — eng katta boylik.
  • 지금이야말로 행동할 때이다. Mana shu payt — harakat qilish vaqti.

O‘xshashlaridan farqi

  • 은/는 — 은/는 = oddiy mavzu/ta'kid; (이)야말로 = kuchli, hissiy ta'kid
To‘liq sahifasi