Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

연결어미 — Bog‘lovchi qo‘shimchalar

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)려고 ★★★ 2 «-moqchi bo'lib, -ish uchun» — niyat 동사 + -(으)려고 시험에 합격하려고 매일 공부해요. Imtihondan o'tish uchun har kuni o'qiyman. -(으)러 -기 위해서 -고자
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -려고 · 받침 bor → -으려고
Yakka shakli: -(으)려고 하다 («-moqchi»)

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikkinchi qismda buyruq/taklif kelmaydi — bu 기 위해서 dan farqi.

-(으)려고 하다 = «-moqchiman»: 내년에 유학 가려고 해요.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 살을 빼려고 운동하세요 → ✅ 살을 빼기 위해 운동하세요. Buyruq bo'lsa 기 위해.

Namunalar

  • 시험에 합격하려고 매일 공부해요. Imtihondan o'tish uchun har kuni o'qiyman.
  • 내년에 대학에 진학하려고 합니다. Kelasi yil universitetga kirmoqchiman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)러 — -(으)러 = faqat 가다/오다 bilan; -(으)려고 = har qanday fe'l bilan
  • -기 위해서 — -기 위해서 = rasmiy va buyruq bilan ishlaydi; -(으)려고 = og'zaki niyat
  • -고자 — -고자 = eng rasmiy yozma niyat (TOPIK 5-6)
To‘liq sahifasi