Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

연결어미 — Bog‘lovchi qo‘shimchalar

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)며 ★★☆ 4 «va, bir vaqtda» — yozma uslub 동사/형용사 + -(으)며 이 제도는 효율적이며 비용도 적게 든다. Bu tizim samarali va xarajati ham kam. -고 -(으)면서
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -며 · 받침 bor → -으며

Izoh — qachon ishlatiladi

-고 (sanash) va -(으)면서 (bir vaqtda) ning yozma varianti. 쓰기 53/54 da uslubni ko'taradi.

Namunalar

  • 이 제도는 효율적이며 비용도 적게 든다. Bu tizim samarali va xarajati ham kam.
  • 자료를 분석하며 문제점을 찾았다. Ma'lumotlarni tahlil qila turib muammolarni topdim.

O‘xshashlaridan farqi

  • -고 — -고 = og'zaki/neytral; -(으)며 = yozma, rasmiy
  • -(으)면서 — -(으)면서 = og'zaki «bir vaqtda»; -(으)며 = uning yozma varianti
To‘liq sahifasi