Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

연결어미 — Bog‘lovchi qo‘shimchalar

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-아서/어서 ★★★ 1 sabab — «-gani uchun, shuning uchun» 동사/형용사 + -아서/어서 배가 아파서 병원에 갔어요. Qornim og'rigani uchun shifoxonaga bordim. -(으)니까 -기 때문에 -느라고
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Oxirgi unli ㅏ/ㅗ → -아서 (가다 → 가서) · boshqa → -어서 (먹다 → 먹어서) · 하다 → 해서
⚠️ Oldiga -았/었- QO'SHILMAYDI: ❌ 먹었어서

Izoh — qachon ishlatiladi

Eng ko'p ishlatiladigan sabab shakli. Ikkinchi qismda buyruq va taklif kelolmaydi — bu 니까 dan asosiy farqi.

«감사합니다 / 미안합니다 / 죄송합니다» dan oldin doim -아서 keladi: 어서 죄송합니다.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 비가 와서 우산을 가져가세요. → ✅ 비가 오니까 우산을 가져가세요.
Buyruq bo'lsa — 니까.

Namunalar

  • 배가 아파서 병원에 갔어요. Qornim og'rigani uchun shifoxonaga bordim.
  • 길이 막혀서 늦었습니다. Yo'l tirband bo'lgani uchun kechikdim.
  • 만나서 반갑습니다. Uchrashganimizdan xursandman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)니까 — -(으)니까 dan keyin BUYRUQ/TAKLIF kelishi mumkin, -아서 dan keyin kelmaydi
  • -기 때문에 — -기 때문에 = rasmiy, yozma sabab (쓰기 uchun); -아서 = kundalik
  • -느라고 — -느라고 = sabab + SALBIY natija, ega bir xil bo'ladi
To‘liq sahifasi