Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

종결어미 — Tugallovchi qo‘shimchalar

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(느)ㄴ다 / -다 ★★★ 3 yozma neytral shakl (한다체) — insho, gazeta, kitob 동사 + -(느)ㄴ다 · 형용사 + -다 · 명사 + -이다 현대 사회에서 환경 문제는 점점 심각해진다. Zamonaviy jamiyatda ekologiya muammosi tobora jiddiylashmoqda. -(스)ㅂ니다 -아요/어요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l, 받침 yo'q → -ㄴ다 (가다 → 간다) · 받침 bor → -는다 (먹다 → 먹는다)
Sifat o'zgarmaydi: 좋다 → 좋다 · Ot: 학생이다
O'tgan zamon hamma uchun bir xil: -았/었다

Izoh — qachon ishlatiladi

TOPIK 쓰기 53 va 54 ning majburiy uslubi. Butun insho shu shaklda yozilishi kerak — bitta 해요체 jumla ham ball tushiradi.

Gazeta sarlavhalari, ilmiy matn, 읽기 41-50 parchalari ham shu uslubda.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

Insho o'rtasida uslub almashib ketishi — eng ko'p uchraydigan 쓰기 xatosi. Yozib bo'lgach, har bir jumlaning oxirini tekshiring.

Namunalar

  • 현대 사회에서 환경 문제는 점점 심각해진다. Zamonaviy jamiyatda ekologiya muammosi tobora jiddiylashmoqda.
  • 조사 결과 응답자의 절반이 찬성했다. So'rov natijasiga ko'ra respondentlarning yarmi rozi bo'lgan.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(스)ㅂ니다 — -습니다 = og'zaki rasmiy (nutq, e'lon); -(느)ㄴ다 = yozma neytral (insho, maqola)
  • -아요/어요 — 쓰기 53/54 da -아요 ishlatib bo'lmaydi — faqat -(느)ㄴ다
To‘liq sahifasi