Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

문형 — Grammatik iboralar

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-아/어 있다 ★★☆ 3 «-gan holda turibdi» — harakat natijasidagi holat 자동사 + -아/어 있다 창문이 열려 있어요. Deraza ochiq turibdi. -고 있다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Faqat o'timsiz fe'l (자동사) bilan: 앉다, 서다, 눕다, 열리다, 켜지다.
❌ 을/를 oladigan fe'l bilan ishlatilmaydi.

Izoh — qachon ishlatiladi

Harakat tugagan, natijasi saqlanib turibdi: 의자에 앉아 있어요 — o'tirgan holda.

Namunalar

  • 창문이 열려 있어요. Deraza ochiq turibdi.
  • 칠판에 이름이 적혀 있다. Doskada ism yozilgan turibdi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -고 있다 — -고 있다 = jarayon; -아 있다 = tugagan harakatning natijasi
To‘liq sahifasi
-게 되다 ★★★ 3 «-adigan bo'lib qoldi» — tashqi sabab bilan o'zgarish 동사 + -게 되다 우연히 그 사실을 알게 되었어요. Tasodifan o'sha haqiqatni bilib qoldim. -아/어지다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침ga qaramay -게 되다. O'tgan: -게 되었다 / 됐다.

Izoh — qachon ishlatiladi

Natija mening irodamdan tashqarida yuz bergan degan ohang. Kamtarlik uchun ham ishlatiladi: 한국에 오게 되었습니다.

Namunalar

  • 우연히 그 사실을 알게 되었어요. Tasodifan o'sha haqiqatni bilib qoldim.
  • 회사 사정으로 이사하게 됐다. Ish sharoiti tufayli ko'chishga to'g'ri keldi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아/어지다 — -아지다 = sifatning asta-sekin o'zgarishi; -게 되다 = vaziyat/harakatning o'zgarishi
To‘liq sahifasi

피동·사동 — Majhul va orttirma

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-아/어지다 ★★★ 3 sifat bilan «-lashmoq»; fe'l bilan majhul 형용사/동사 + -아/어지다 한국어 실력이 좋아졌어요. Koreys tili saviyam yaxshilandi. -게 되다 -이/히/리/기-
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Sifat + -아/어지다 = o'zgarish: 좋다 → 좋아지다 (yaxshilanmoq)
Fe'l + -아/어지다 = majhul: 만들다 → 만들어지다 (yasalmoq)

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 53 uchun juda muhim — grafikdagi o'zgarishni shu bilan yozasiz: 아졌다, 높아졌다, 심각해졌다.

Namunalar

  • 한국어 실력이 좋아졌어요. Koreys tili saviyam yaxshilandi.
  • 환경 문제가 점점 심각해지고 있다. Ekologiya muammosi tobora jiddiylashmoqda.

O‘xshashlaridan farqi

  • -게 되다 — -게 되다 = tashqi sabab bilan holat o'zgardi; -아지다 = sifatning asta o'zgarishi
  • -이/히/리/기- — -이/히/리/기- = ma'lum fe'llarning o'z majhul shakli; -아지다 = universal
To‘liq sahifasi