from … to …

boshlang‘ich va yakuniy nuqta — «... dan ... gacha»

★★★

Qanday yasaladi

from X to Y (raqam yoki sana)

from … to … raqamlar bilan ham, sanalar bilan ham ishlaydi. Sana uchun muqobil: between … and … · over the period …. Ikkalasini aralashtirmang: ❌ between 1990 to 2000.

Namunalar — Examples

Between 1995 and 2015, the figure for coal fell from 40% to just 12%. 1995-2015 yillar oralig‘ida ko‘mir ko‘rsatkichi 40% dan atigi 12% gacha tushdi.

Izoh — qachon ishlatiladi

Task 1 kirish va tana qismida takrorlanishdan qochish uchun uch xil ayting: from 1990 to 2000 · between 1990 and 2000 · over the following decade.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

The figure fell from 40% until 25% → ✅ fell from 40% to 25%.

O‘xshash shakllar va farqi

increase by / increase to from…to = ikkala nuqta; by = ular orasidagi farq
in / on / at (time) vaqt predloglari — yil, kun, soat — in/on/at = bitta nuqta; from…to = oraliq

Shu ma’nodagi boshqa grammatikalar — O‘zgarish va tendensiya — Trend & change

Hammasini jadvalda solishtirish
Grammatika jadvaliga qaytish