Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

Niyat va reja — 의도·계획

4 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄹ까요? ★★★ 1 «-aylikmi? -sammikin?» — taklif, fikr so'rash, taxmin 동사 + -(으)ㄹ까요? 점심을 같이 먹을까요? Tushlikni birga yeymizmi? -(으)ㅂ시다 -(으)ㄹ래요?
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㄹ까요 (가다 → 갈까요) · 받침 bor → -을까요 (먹다 → 먹을까요)

Izoh — qachon ishlatiladi

Uch ma'no:

  • Taklif (biz): 같이 갈까요? — birga boraylikmi?
  • Fikr so'rash (men): 제가 도와드릴까요? — yordam beraymi?
  • Taxmin (uchinchi shaxs): 내일 비가 올까요? — ertaga yomg'ir yog'armikin?

Namunalar

  • 점심을 같이 먹을까요? Tushlikni birga yeymizmi?
  • 이 옷이 아프소나한테 어울릴까요? Bu kiyim Afsonaga yarasharmikin?

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㅂ시다 — -ㅂ시다 = qat'iy taklif («qilaylik»); -(으)ㄹ까요 = fikrini so'raydi («qilaylikmi?»)
  • -(으)ㄹ래요? — -(으)ㄹ래요 = erkin, do'stona («xohlaysanmi?»); -(으)ㄹ까요 = muloyimroq
To‘liq sahifasi
-(으)ㅂ시다 ★★☆ 1 «-aylik» — taklif (qat'iy) 동사 + -(으)ㅂ시다 시간이 없으니까 택시를 탑시다. Vaqt yo'q, taksi olaylik. -(으)ㄹ까요? -아요/어요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㅂ시다 (가다 → 갑시다) · 받침 bor → -읍시다 (먹다 → 먹읍시다)

Izoh — qachon ishlatiladi

⚠️ Kattalarga (ustoz, boshliq) nisbatan ishlatilmaydi — u holda -(으)시겠어요? yoki -(으)ㄹ까요? deyiladi.

Namunalar

  • 시간이 없으니까 택시를 탑시다. Vaqt yo'q, taksi olaylik.
  • 다시 한번 생각해 봅시다. Yana bir bor o'ylab ko'raylik.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄹ까요? — -(으)ㄹ까요 = ruxsat so'raydi; -(으)ㅂ시다 = qaror aytadi
  • -아요/어요 — 가요~ ohangi bilan ham taklif bo'ladi — eng yumshoq varianti
To‘liq sahifasi
-(으)ㄹ래요 ★★☆ 2 «-moqchiman / -asanmi?» — o'z xohishi va do'stona taklif 동사 + -(으)ㄹ래요 저는 집에서 쉴래요. Men uyda dam olaman. -고 싶다 -(으)ㄹ게요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㄹ래요 · 받침 bor → -을래요

Izoh — qachon ishlatiladi

Faqat o'zim (xohish) yoki sen/siz (so'roq) uchun — uchinchi shaxsga ishlatilmaydi. Erkin ohang, shuning uchun ustozga aytilmaydi.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 선생님, 커피 드실래요? biroz erkin. ✅ 선생님, 커피 드시겠어요?

Namunalar

  • 저는 집에서 쉴래요. Men uyda dam olaman.
  • 주말에 같이 영화 볼래요? Dam olish kuni birga kino ko'ramizmi?

O‘xshashlaridan farqi

  • -고 싶다 — -고 싶다 = ichki xohish («istayman»); -(으)ㄹ래요 = qaror va e'lon («qilaman»)
  • -(으)ㄹ게요 — -(으)ㄹ게요 = tinglovchiga va'da; -(으)ㄹ래요 = o'z xohishi
To‘liq sahifasi
-(으)ㄹ게요 ★★☆ 2 «-aman» — tinglovchiga qaratilgan va'da/qaror 동사 + -(으)ㄹ게요 제가 먼저 갈게요. Men oldinroq boraman. -(으)ㄹ 거예요 -(으)ㄹ래요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㄹ게요 · 받침 bor → -을게요. Talaffuzi [ㄹ께요].

Izoh — qachon ishlatiladi

Faqat 1-shaxs uchun va faqat tinglovchi bo'lganda. «Sen aytganingdek qilaman» ohangi bor.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 내일 비가 올게요 → ✅ 내일 비가 올 거예요. Ob-havo va'da bera olmaydi — -(으)ㄹ게요 faqat «men» uchun.

Namunalar

  • 제가 먼저 갈게요. Men oldinroq boraman.
  • 내일까지 숙제를 끝낼게요. Ertagacha uy vazifasini tugataman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄹ 거예요 — -(으)ㄹ 거예요 = oddiy reja/taxmin, tinglovchi shart emas; -(으)ㄹ게요 = va'da
  • -(으)ㄹ래요 — -(으)ㄹ래요 = «xohlayman»; -(으)ㄹ게요 = «sen uchun shunday qilaman»
To‘liq sahifasi