Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

Taqqoslash — 비교

3 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
처럼 / 같이 ★★☆ 2 «-dek, kabi» — o'xshatish 명사 + 처럼 / 같이 아프소나는 가수처럼 노래해요. Afsona xonandadek kuylaydi. 만큼 보다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ikkalasi ham bir xil ishlaydi; 처럼 yozma nutqda ko'proq.

Izoh — qachon ishlatiladi

«같은 + 명사» shakli otni aniqlaydi: 아이같은 얼굴 — bolanikidek yuz. «처럼» esa fe'l/sifatni aniqlaydi: 아이처럼 웃어요.

Namunalar

  • 아프소나는 가수처럼 노래해요. Afsona xonandadek kuylaydi.
  • 눈이 솜같이 하얘요. Qor paxtadek oppoq.

O‘xshashlaridan farqi

  • 만큼 — 만큼 = «shu darajada, xuddi shuncha» (miqdor tengligi); 처럼 = «-dek» (o'xshashlik)
  • 보다 — 보다 = taqqoslashda farq («-dan ko'ra»); 처럼 = o'xshashlik
To‘liq sahifasi
보다 ★★★ 1 «-dan ko'ra» — qiyoslash 명사 + 보다 (+ 더/덜) 오늘이 어제보다 더 추워요. Bugun kechagidan ko'ra sovuqroq. 만큼 에 비해
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ko'pincha (ko'proq) yoki (kamroq) bilan: A는 B보다 더 크다.

Izoh — qachon ishlatiladi

Eng ustunlik uchun 가장 / 제일: 한국에서 서울이 가장 커요.

Namunalar

  • 오늘이 어제보다 더 추워요. Bugun kechagidan ko'ra sovuqroq.
  • 듣기보다 읽기가 쉬워요. Tinglashdan ko'ra o'qish osonroq.

O‘xshashlaridan farqi

  • 만큼 — 만큼 = tenglik («shuncha»); 보다 = farq («-dan ko'ra»)
  • 에 비해 — 에 비해 = rasmiy yozma «-ga nisbatan», 쓰기 53 uchun; 보다 = neytral
To‘liq sahifasi
만큼 ★★☆ 3 «shuncha, shu darajada» — tenglik 명사 + 만큼 · 동사/형용사 + -(으)ㄹ 만큼 동생이 형만큼 키가 커요. Ukasi akasidek bo'yli. 보다 처럼
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ot bilan: 형만큼 키가 커요. Fe'l bilan: 먹을 만큼 가져가세요.

Izoh — qachon ishlatiladi

«... darajada» ma'nosi TOPIK II 읽기 da tez-tez uchraydi: 말할 수 없을 만큼 기뻤다 — aytib bo'lmas darajada xursand edim.

Namunalar

  • 동생이 형만큼 키가 커요. Ukasi akasidek bo'yli.
  • 필요한 만큼만 가져가세요. Kerakli miqdorda olib keting.

O‘xshashlaridan farqi

  • 보다 — 보다 = farq bor; 만큼 = teng daraja
  • 처럼 — 처럼 = o'xshashlik (ko'rinish); 만큼 = miqdor/daraja tengligi
To‘liq sahifasi