Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

연결어미 — Bog‘lovchi qo‘shimchalar

6 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-아서/어서 ★★★ 1 sabab — «-gani uchun, shuning uchun» 동사/형용사 + -아서/어서 배가 아파서 병원에 갔어요. Qornim og'rigani uchun shifoxonaga bordim. -(으)니까 -기 때문에 -느라고
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Oxirgi unli ㅏ/ㅗ → -아서 (가다 → 가서) · boshqa → -어서 (먹다 → 먹어서) · 하다 → 해서
⚠️ Oldiga -았/었- QO'SHILMAYDI: ❌ 먹었어서

Izoh — qachon ishlatiladi

Eng ko'p ishlatiladigan sabab shakli. Ikkinchi qismda buyruq va taklif kelolmaydi — bu 니까 dan asosiy farqi.

«감사합니다 / 미안합니다 / 죄송합니다» dan oldin doim -아서 keladi: 어서 죄송합니다.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 비가 와서 우산을 가져가세요. → ✅ 비가 오니까 우산을 가져가세요.
Buyruq bo'lsa — 니까.

Namunalar

  • 배가 아파서 병원에 갔어요. Qornim og'rigani uchun shifoxonaga bordim.
  • 길이 막혀서 늦었습니다. Yo'l tirband bo'lgani uchun kechikdim.
  • 만나서 반갑습니다. Uchrashganimizdan xursandman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)니까 — -(으)니까 dan keyin BUYRUQ/TAKLIF kelishi mumkin, -아서 dan keyin kelmaydi
  • -기 때문에 — -기 때문에 = rasmiy, yozma sabab (쓰기 uchun); -아서 = kundalik
  • -느라고 — -느라고 = sabab + SALBIY natija, ega bir xil bo'ladi
To‘liq sahifasi
-(으)니까 ★★★ 2 sabab — «chunki»; buyruq va taklif bilan 동사/형용사 + -(으)니까 시간이 없으니까 택시를 탑시다. Vaqt yo'q, shuning uchun taksi olaylik. -아서/어서 -기 때문에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -니까 (가다 → 가니까) · 받침 bor → -으니까 (먹다 → 먹으니까) · ㄹ tushadi: 살다 → 사니까
O'tgan zamon qo'shiladi: -았/었으니까

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikkinchi qismda buyruq (-(으)세요), taklif (-(으)ㅂ시다), so'roq erkin keladi — 아서 da bu mumkin emas.

Ikkinchi ma'nosi: «...-gach, ko'rsam» (bilib qolish): 집에 가니까 아무도 없었어요.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 늦으니까 죄송합니다 → ✅ 늦어서 죄송합니다.
Uzr va minnatdorchilikda faqat -아서.

Namunalar

  • 시간이 없으니까 택시를 탑시다. Vaqt yo'q, shuning uchun taksi olaylik.
  • 날씨가 추우니까 따뜻하게 입으세요. Havo sovuq, iliq kiyining.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아서/어서 — -아서 dan keyin buyruq/taklif KELMAYDI; -(으)니까 dan keyin keladi
  • -기 때문에 — -기 때문에 = yozma va rasmiy; -(으)니까 = og'zaki, buyruq bilan
To‘liq sahifasi
-느라고 ★★★ 4 «-ish bilan band bo'lib» — sabab + salbiy natija 동사 + -느라고 시험공부를 하느라고 잠을 못 잤어요. Imtihonga tayyorlanib, uxlay olmadim. -아서/어서 -는 바람에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Faqat 동사 bilan (sifat bilan emas). O'tgan zamon qo'shilmaydi: ❌ 했느라고
Ikki qismning egasi bir xil bo'lishi shart.

Izoh — qachon ishlatiladi

Birinchi ishga vaqt/kuch ketgani uchun ikkinchisi bajarilmagan — natija deyarli doim salbiy yoki uzr.

TOPIK 읽기 va 듣기 da tez-tez uchraydigan «uzr» konstruksiyasi.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 비가 오느라고 못 갔어요 → ✅ 비가 와서 못 갔어요.
«비가 오다» — mening harakatim emas, shuning uchun 느라고 bo'lmaydi.

Namunalar

  • 시험공부를 하느라고 잠을 못 잤어요. Imtihonga tayyorlanib, uxlay olmadim.
  • 아르바이트를 하느라고 친구를 못 만났다. Ishlab yurganim uchun do'stim bilan uchrasholmadim.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아서/어서 — -아서 = har qanday sabab; -느라고 = «shu ishga band bo'lib» + salbiy natija
  • -는 바람에 — -는 바람에 = kutilmagan TASHQI sabab; -느라고 = o'zim qilgan ish
To‘liq sahifasi
-길래 / -기에 ★★☆ 5 «-gani uchun (shuni ko'rib)» — sabab + men qilgan ish 동사/형용사 + -길래 (og'zaki) / -기에 (yozma) 아이가 울길래 사탕을 줬어요. Bola yig'layotgani uchun konfet berdim. -아서/어서 -(으)니까
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Birinchi qism egasi — boshqa odam, ikkinchi qism egasi — men.

Izoh — qachon ishlatiladi

«Shunday bo'lganini ko'rdim/eshitdim, shuning uchun men bunday qildim» ohangi. Ikkinchi qismda buyruq kelmaydi.

Namunalar

  • 아이가 울길래 사탕을 줬어요. Bola yig'layotgani uchun konfet berdim.
  • 날씨가 좋기에 산책을 나갔다. Havo yaxshi bo'lgani uchun sayrga chiqdim.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아서/어서 — -아서 = neytral sabab; -길래 = «buni ko'rib men shunday qildim»
  • -(으)니까 — -(으)니까 = buyruq bilan ishlaydi; -길래 = faqat o'z harakatim haqida
To‘liq sahifasi
-(으)므로 ★★☆ 5 sabab — «-ligi bois» (ilmiy, rasmiy) 동사/형용사 + -(으)므로 자료가 부족하므로 결론을 내리기 어렵다. Ma'lumot yetarli emasligi bois xulosa chiqarish qiyin. -기 때문에 따라서
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -므로 · 받침 bor → -으므로 · O'tgan: -았/었으므로

Izoh — qachon ishlatiladi

Eng quruq, kitobiy sabab shakli: qonun, hisobot, ilmiy maqola, 읽기 41-50. Og'zaki nutqda deyarli ishlatilmaydi.

Namunalar

  • 자료가 부족하므로 결론을 내리기 어렵다. Ma'lumot yetarli emasligi bois xulosa chiqarish qiyin.
  • 규정을 위반하였으므로 처벌을 받는다. Qoidani buzgani uchun jazolanadi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -기 때문에 — -기 때문에 = umumiy yozma; -(으)므로 = ilmiy/huquqiy, quruqroq
  • 따라서 — 따라서 = bog'lovchi ravish, alohida jumla boshlaydi; -(으)므로 = gap ichida
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ/는 만큼 ★★☆ 5 «-gani darajasida / -gani uchun» 동사 + -는 만큼 · 형용사 + -(으)ㄴ 만큼 노력한 만큼 좋은 결과를 얻었다. Harakat qilganim darajasida yaxshi natija oldim. 만큼 -기 때문에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ot bilan: 전문가인 만큼

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikki ma'no: daraja (노력한 만큼 결과가 나온다) va rasmiy sabab (전문가인 만큼 책임도 크다).

Namunalar

  • 노력한 만큼 좋은 결과를 얻었다. Harakat qilganim darajasida yaxshi natija oldim.
  • 시간이 부족한 만큼 계획이 중요하다. Vaqt yetishmagani uchun reja muhim.

O‘xshashlaridan farqi

  • 만큼 — otga qo'shiladigan varianti (taqqoslash)
  • -기 때문에 — -기 때문에 = sof sabab; -(으)ㄴ 만큼 = «shu darajada bo'lgani uchun»
To‘liq sahifasi