Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

연결어미 — Bog‘lovchi qo‘shimchalar

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)니까 ★★★ 2 sabab — «chunki»; buyruq va taklif bilan 동사/형용사 + -(으)니까 시간이 없으니까 택시를 탑시다. Vaqt yo'q, shuning uchun taksi olaylik. -아서/어서 -기 때문에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -니까 (가다 → 가니까) · 받침 bor → -으니까 (먹다 → 먹으니까) · ㄹ tushadi: 살다 → 사니까
O'tgan zamon qo'shiladi: -았/었으니까

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikkinchi qismda buyruq (-(으)세요), taklif (-(으)ㅂ시다), so'roq erkin keladi — 아서 da bu mumkin emas.

Ikkinchi ma'nosi: «...-gach, ko'rsam» (bilib qolish): 집에 가니까 아무도 없었어요.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 늦으니까 죄송합니다 → ✅ 늦어서 죄송합니다.
Uzr va minnatdorchilikda faqat -아서.

Namunalar

  • 시간이 없으니까 택시를 탑시다. Vaqt yo'q, shuning uchun taksi olaylik.
  • 날씨가 추우니까 따뜻하게 입으세요. Havo sovuq, iliq kiyining.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아서/어서 — -아서 dan keyin buyruq/taklif KELMAYDI; -(으)니까 dan keyin keladi
  • -기 때문에 — -기 때문에 = yozma va rasmiy; -(으)니까 = og'zaki, buyruq bilan
To‘liq sahifasi