Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

조사 — Qo‘shimchalar (kelishik/yuklama)

4 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
밖에 ★★★ 2 «-dan boshqa emas, faqat» — doim inkor bilan 명사 + 밖에 + 부정 (안/못/없다) 시간이 십 분밖에 없어요. Bor-yo'g'i o'n daqiqa vaqt bor.
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Keyingi fe'l albatta inkor bo'ladi: 밖에 + 안 / 못 / 없다 / 모르다.

Izoh — qachon ishlatiladi

Ma'nosi 만 bilan bir xil, lekin ozlik, kamlik tuyg'usini beradi: 천 원밖에 없어요 — atigi ming vono bor (kam!).

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 물밖에 마셔요 → ✅ 물밖에 안 마셔요. Inkorsiz ishlatilmaydi.

Namunalar

  • 시간이 십 분밖에 없어요. Bor-yo'g'i o'n daqiqa vaqt bor.
  • 한국어를 조금밖에 못해요. Koreyschani ozgina bilaman, xolos.

O‘xshashlaridan farqi

  • — 만 — neytral «faqat», ijobiy gap bilan; 밖에 — «atigi», doim inkor bilan
To‘liq sahifasi
마다 ★★☆ 2 «har» — takrorlanish 명사 + 마다 주말마다 도서관에 가요. Har dam olish kuni kutubxonaga boraman. (으)ㄹ 때마다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Vaqt bilan ham, sanaladigan otlar bilan ham: 날마다, 사람마다, 삼 년마다.

Izoh — qachon ishlatiladi

매 (每) bilan yaqin: 매일 = 날마다, 매주 = 주마다. Lekin 마다 «har biri har xil» ma'nosini ham beradi: 사람마다 생각이 다르다 — har kimning fikri har xil.

Namunalar

  • 주말마다 도서관에 가요. Har dam olish kuni kutubxonaga boraman.
  • 나라마다 문화가 다릅니다. Har bir mamlakatning madaniyati har xil.

O‘xshashlaridan farqi

  • (으)ㄹ 때마다 — (으)ㄹ 때마다 fe'lga qo'shiladi («har safar ...ganda»); 마다 otga qo'shiladi
To‘liq sahifasi
(이)나 ★★☆ 2 «yoki»; miqdor bilan «-tacha, ancha» 명사 + (이)나 주스나 물을 주세요. Sharbat yoki suv bering. 거나 아니면
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 bor → 이나 · 받침 yo'q →

Izoh — qachon ishlatiladi

Uch ma'no:

  • Tanlov: 커피 차를 마셔요 — qahva yoki choy.
  • Ko'plik ta'kidi (kutilganidan ko'p): 세 시간이나 기다렸어요 — uch soatcha kutdim (juda ko'p!).
  • Iloji boricha: 라면이나 먹을까요? — hech bo'lmasa ramyon yeymizmi?

Namunalar

  • 주스나 물을 주세요. Sharbat yoki suv bering.
  • 책을 열 권이나 읽었어요. O'ntagacha kitob o'qidim (juda ko'p).

O‘xshashlaridan farqi

  • 거나 — 거나 = FE'L bilan «yoki» (가거나 오거나); (이)나 = OT bilan
  • 아니면 — 아니면 = gaplar orasida «aks holda / yoki»; (이)나 = ot orasida
To‘liq sahifasi
처럼 / 같이 ★★☆ 2 «-dek, kabi» — o'xshatish 명사 + 처럼 / 같이 아프소나는 가수처럼 노래해요. Afsona xonandadek kuylaydi. 만큼 보다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ikkalasi ham bir xil ishlaydi; 처럼 yozma nutqda ko'proq.

Izoh — qachon ishlatiladi

«같은 + 명사» shakli otni aniqlaydi: 아이같은 얼굴 — bolanikidek yuz. «처럼» esa fe'l/sifatni aniqlaydi: 아이처럼 웃어요.

Namunalar

  • 아프소나는 가수처럼 노래해요. Afsona xonandadek kuylaydi.
  • 눈이 솜같이 하얘요. Qor paxtadek oppoq.

O‘xshashlaridan farqi

  • 만큼 — 만큼 = «shu darajada, xuddi shuncha» (miqdor tengligi); 처럼 = «-dek» (o'xshashlik)
  • 보다 — 보다 = taqqoslashda farq («-dan ko'ra»); 처럼 = o'xshashlik
To‘liq sahifasi

종결어미 — Tugallovchi qo‘shimchalar

4 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄹ래요 ★★☆ 2 «-moqchiman / -asanmi?» — o'z xohishi va do'stona taklif 동사 + -(으)ㄹ래요 저는 집에서 쉴래요. Men uyda dam olaman. -고 싶다 -(으)ㄹ게요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㄹ래요 · 받침 bor → -을래요

Izoh — qachon ishlatiladi

Faqat o'zim (xohish) yoki sen/siz (so'roq) uchun — uchinchi shaxsga ishlatilmaydi. Erkin ohang, shuning uchun ustozga aytilmaydi.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 선생님, 커피 드실래요? biroz erkin. ✅ 선생님, 커피 드시겠어요?

Namunalar

  • 저는 집에서 쉴래요. Men uyda dam olaman.
  • 주말에 같이 영화 볼래요? Dam olish kuni birga kino ko'ramizmi?

O‘xshashlaridan farqi

  • -고 싶다 — -고 싶다 = ichki xohish («istayman»); -(으)ㄹ래요 = qaror va e'lon («qilaman»)
  • -(으)ㄹ게요 — -(으)ㄹ게요 = tinglovchiga va'da; -(으)ㄹ래요 = o'z xohishi
To‘liq sahifasi
-(으)ㄹ게요 ★★☆ 2 «-aman» — tinglovchiga qaratilgan va'da/qaror 동사 + -(으)ㄹ게요 제가 먼저 갈게요. Men oldinroq boraman. -(으)ㄹ 거예요 -(으)ㄹ래요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㄹ게요 · 받침 bor → -을게요. Talaffuzi [ㄹ께요].

Izoh — qachon ishlatiladi

Faqat 1-shaxs uchun va faqat tinglovchi bo'lganda. «Sen aytganingdek qilaman» ohangi bor.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 내일 비가 올게요 → ✅ 내일 비가 올 거예요. Ob-havo va'da bera olmaydi — -(으)ㄹ게요 faqat «men» uchun.

Namunalar

  • 제가 먼저 갈게요. Men oldinroq boraman.
  • 내일까지 숙제를 끝낼게요. Ertagacha uy vazifasini tugataman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄹ 거예요 — -(으)ㄹ 거예요 = oddiy reja/taxmin, tinglovchi shart emas; -(으)ㄹ게요 = va'da
  • -(으)ㄹ래요 — -(으)ㄹ래요 = «xohlayman»; -(으)ㄹ게요 = «sen uchun shunday qilaman»
To‘liq sahifasi
-네요 ★★★ 2 «-ekan!» — hozir bilib, hayron bo'lish 동사/형용사 + -네요 와, 한국어를 정말 잘하시네요! Voy, koreyschani juda yaxshi bilar ekansiz! -군요 -잖아요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침ga qaramay -네요. ㄹ tushadi: 멀다 → 머네요. O'tgan zamon: -았/었네요.

Izoh — qachon ishlatiladi

Aynan shu daqiqada ko'rib/eshitib bilingan narsaga reaksiya. TOPIK 듣기 dialoglarida juda tez-tez uchraydi.

Namunalar

  • 와, 한국어를 정말 잘하시네요! Voy, koreyschani juda yaxshi bilar ekansiz!
  • 밖에 눈이 오네요. Tashqarida qor yog'ayapti-ku.

O‘xshashlaridan farqi

  • -군요 — -군요 = «demak shunday ekan» (tushunib yetish, kitobiy); -네요 = to'g'ridan-to'g'ri hayrat
  • -잖아요 — -잖아요 = «axir bilasiz-ku» (ma'lum narsani eslatish); -네요 = yangi bilib olish
To‘liq sahifasi
-지요? / -죠? ★★★ 2 «-a? shundaymi?» — tasdiq so'rash 동사/형용사/명사 + -지요? 오늘 날씨가 좋지요? Bugun ob-havo yaxshi-a? -잖아요 -네요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Og'zaki nutqda -죠 ga qisqaradi.

Izoh — qachon ishlatiladi

So'zlovchi javobni allaqachon biladi, faqat tasdiq kutadi. So'roqsiz (xabar) shaklda «albatta, shunday» ma'nosini beradi: 제가 하.

Namunalar

  • 오늘 날씨가 좋지요? Bugun ob-havo yaxshi-a?
  • 자수르 씨도 학생이죠? Jasur ham talaba-ku, shundaymi?

O‘xshashlaridan farqi

  • -잖아요 — -잖아요 = «axir shunday-ku» (eslatish, biroz qat'iy); -지요 = muloyim tasdiq so'rash
  • -네요 — -네요 = o'zi yangi bilib oldi; -지요 = ikkalasi ham biladi
To‘liq sahifasi

연결어미 — Bog‘lovchi qo‘shimchalar

7 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)니까 ★★★ 2 sabab — «chunki»; buyruq va taklif bilan 동사/형용사 + -(으)니까 시간이 없으니까 택시를 탑시다. Vaqt yo'q, shuning uchun taksi olaylik. -아서/어서 -기 때문에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -니까 (가다 → 가니까) · 받침 bor → -으니까 (먹다 → 먹으니까) · ㄹ tushadi: 살다 → 사니까
O'tgan zamon qo'shiladi: -았/었으니까

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikkinchi qismda buyruq (-(으)세요), taklif (-(으)ㅂ시다), so'roq erkin keladi — 아서 da bu mumkin emas.

Ikkinchi ma'nosi: «...-gach, ko'rsam» (bilib qolish): 집에 가니까 아무도 없었어요.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 늦으니까 죄송합니다 → ✅ 늦어서 죄송합니다.
Uzr va minnatdorchilikda faqat -아서.

Namunalar

  • 시간이 없으니까 택시를 탑시다. Vaqt yo'q, shuning uchun taksi olaylik.
  • 날씨가 추우니까 따뜻하게 입으세요. Havo sovuq, iliq kiyining.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아서/어서 — -아서 dan keyin buyruq/taklif KELMAYDI; -(으)니까 dan keyin keladi
  • -기 때문에 — -기 때문에 = yozma va rasmiy; -(으)니까 = og'zaki, buyruq bilan
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ/는데 ★★★ 2 fon berish yoki yumshoq qarshilik — «-di-yu, -gan edi» 동사 + -는데 · 형용사 + -(으)ㄴ데 어제 영화를 봤는데 정말 좋았어요. Kecha kino ko'rdim — juda yaxshi ekan. -지만 -(으)ㄴ/는 반면에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l → -는데 (가다 → 가는데) · Sifat 받침 yo'q → -ㄴ데 (크다 → 큰데) · 받침 bor → -은데 (좋다 → 좋은데)
O'tgan zamon hamma uchun: -았/었는데

Izoh — qachon ishlatiladi

TOPIK'da eng ko'p uchraydigan grammatikalardan biri. Uch vazifa:

  • Fon (kirish ma'lumot): 어제 시장에 갔는데 사람이 많았어요.
  • Yumshoq qarshilik: 비가 오는데 우산이 없어요.
  • Iltimosga kirish: 좀 바쁜 도와주실 수 있어요?

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

Sifat va fe'lni chalkashtirish: ❌ 좋는데 → ✅ 좋은데 (sifat). ❌ 가은데 → ✅ 가는데 (fe'l). ⚠️ 있다/없다 fe'l kabi ishlaydi: 있는데.

Namunalar

  • 어제 영화를 봤는데 정말 좋았어요. Kecha kino ko'rdim — juda yaxshi ekan.
  • 날씨가 추운데 왜 코트를 안 입어요? Havo sovuq-ku, nega palto kiymaysiz?

O‘xshashlaridan farqi

  • -지만 — -지만 = faqat qarshilik; -는데 = fon, kirish, yumshoq qarshilik
  • -(으)ㄴ/는 반면에 — -반면에 = ikki narsani aniq TAQQOSLAYDI (yozma); -는데 = umumiy fon
To‘liq sahifasi
-아도/어도 ★★★ 2 «-sa ham» 동사/형용사 + -아도/어도 아무리 어려워도 포기하지 않겠습니다. Qanchalik qiyin bo'lsa ham taslim bo'lmayman. -더라도 -(으)ㄹ지라도 -(으)ㄴ/는데도
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

ㅏ/ㅗ → -아도 · boshqa → -어도 · 하다 → 해도
Ot: 학생이어도 · Kuchaytirish: 아무리 ...-아도

Izoh — qachon ishlatiladi

아무리 bilan birga TOPIK 읽기 da doim uchraydi: 아무리 바빠 아침은 먹어야 한다.

«-아도 되다» = ruxsat («qilsa bo'ladi») — alohida ibora.

Namunalar

  • 아무리 어려워도 포기하지 않겠습니다. Qanchalik qiyin bo'lsa ham taslim bo'lmayman.
  • 비가 와도 축구를 할 거예요. Yomg'ir yog'sa ham futbol o'ynaymiz.

O‘xshashlaridan farqi

  • -더라도 — -더라도 = faraziy, kuchliroq («hatto ...-sa ham»); -아도 = real, kundalik
  • -(으)ㄹ지라도 — -(으)ㄹ지라도 = eng kitobiy variant, 읽기 5-6 daraja
  • -(으)ㄴ/는데도 — -는데도 = «shunday bo'lsa ham» — fakt allaqachon ro'y bergan
To‘liq sahifasi
-고 나서 / -(으)ㄴ 후에 ★★★ 2 «-gandan keyin» 동사 + -고 나서 · 동사 + -(으)ㄴ 후에/다음에 숙제를 하고 나서 게임을 했어요. Uy vazifasini qilib bo'lgach, o'yin o'ynadim. -자마자 -기 전에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

-고 나서 = ish tugagach (tugallanish ta'kidi) · -(으)ㄴ 후에 / -(으)ㄴ 다음에 = shunchaki keyin
Ot bilan: 식사 후에

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikkalasida ham ikkinchi harakat birinchisidan keyin bo'ladi. -고 나서 tugallanganlikni kuchliroq ta'kidlaydi.

Namunalar

  • 숙제를 하고 나서 게임을 했어요. Uy vazifasini qilib bo'lgach, o'yin o'ynadim.
  • 수업이 끝난 후에 도서관에 갈 거예요. Dars tugagach kutubxonaga boraman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -자마자 — -자마자 = «darhol, shu zahoti»; -고 나서 = shunchaki keyin
  • -기 전에 — -기 전에 = teskarisi — «...-dan oldin»
To‘liq sahifasi
-(으)면서 ★★★ 2 «-a turib, bir vaqtda» 동사 + -(으)면서 음악을 들으면서 공부해요. Musiqa tinglab turib o'qiyman. -는 동안 -다가
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -면서 · 받침 bor → -으면서
Ikki qismning egasi bir xil bo'lishi shart.

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikkinchi ma'nosi — qarama-qarshilik: 면서 모르는 척한다 — bilib turib, bilmaganga oladi.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 아프소나가 노래하면서 자수르가 춤을 춰요 → egalar har xil. ✅ 아프소나가 노래하 자수르가 춤을 춰요.

Namunalar

  • 음악을 들으면서 공부해요. Musiqa tinglab turib o'qiyman.
  • 커피를 마시면서 이야기합시다. Qahva icha turib gaplashaylik.

O‘xshashlaridan farqi

  • -는 동안 — -는 동안 = davomiylik («...-gan vaqt ichida»), egalar har xil bo'lishi mumkin
  • -다가 — -다가 = harakat TO'XTAB, boshqasiga o'tadi; -(으)면서 = ikkalasi birga davom etadi
To‘liq sahifasi
-(으)려고 ★★★ 2 «-moqchi bo'lib, -ish uchun» — niyat 동사 + -(으)려고 시험에 합격하려고 매일 공부해요. Imtihondan o'tish uchun har kuni o'qiyman. -(으)러 -기 위해서 -고자
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -려고 · 받침 bor → -으려고
Yakka shakli: -(으)려고 하다 («-moqchi»)

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikkinchi qismda buyruq/taklif kelmaydi — bu 기 위해서 dan farqi.

-(으)려고 하다 = «-moqchiman»: 내년에 유학 가려고 해요.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 살을 빼려고 운동하세요 → ✅ 살을 빼기 위해 운동하세요. Buyruq bo'lsa 기 위해.

Namunalar

  • 시험에 합격하려고 매일 공부해요. Imtihondan o'tish uchun har kuni o'qiyman.
  • 내년에 대학에 진학하려고 합니다. Kelasi yil universitetga kirmoqchiman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)러 — -(으)러 = faqat 가다/오다 bilan; -(으)려고 = har qanday fe'l bilan
  • -기 위해서 — -기 위해서 = rasmiy va buyruq bilan ishlaydi; -(으)려고 = og'zaki niyat
  • -고자 — -고자 = eng rasmiy yozma niyat (TOPIK 5-6)
To‘liq sahifasi
-거나 ★★☆ 2 «yoki» — fe'llar orasida tanlov 동사/형용사 + -거나 주말에는 책을 읽거나 영화를 봐요. Dam olish kunlari kitob o'qiyman yoki kino ko'raman. (이)나 -든지
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침ga qaramay -거나. Ot uchun esa (이)나 ishlatiladi.

Izoh — qachon ishlatiladi

«아무리 ...-거나» yoki «-거나 -거나» juft shaklda «...-sa ham, ...-sa ham» ma'nosi chiqadi.

Namunalar

  • 주말에는 책을 읽거나 영화를 봐요. Dam olish kunlari kitob o'qiyman yoki kino ko'raman.
  • 가거나 말거나 네 마음대로 해라. Borasanmi, bormaysanmi — o'zing bil.

O‘xshashlaridan farqi

  • (이)나 — (이)나 = OT orasida «yoki»; -거나 = FE'L orasida
  • -든지 — -든지 = «qaysi biri bo'lsa ham farqi yo'q» (befarqlik ohangi)
To‘liq sahifasi

시제 — Zamon va nisbat

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-겠- ★★★ 2 qat'iy niyat yoki hozirgi taxmin 동사/형용사 + -겠- 제가 먼저 발표하겠습니다. Men birinchi bo'lib chiqaman. -(으)ㄹ 거예요 -(으)ㄹ 것 같다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침ga qaramay -겠-: 가습니다, 춥어요
O'tganga taxmin: -았/었겠- (힘들었겠어요)

Izoh — qachon ishlatiladi

Uch ma'no:

  • Niyat (1-shaxs): 제가 하습니다 — men qilaman.
  • Taxmin (hozirgi holat haqida): 배고프어요 — och qolgandirsiz.
  • Muloyimlik qolipi: 알습니다, 모르어요, 처음 뵙습니다.

Namunalar

  • 제가 먼저 발표하겠습니다. Men birinchi bo'lib chiqaman.
  • 하루 종일 일했으니 피곤하겠어요. Kun bo'yi ishlagansiz, charchagandirsiz.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄹ 거예요 — -(으)ㄹ 거예요 = reja/kelajak; -겠- = qat'iy niyat yoki hozirgi taxmin
  • -(으)ㄹ 것 같다 — -(으)ㄹ 것 같다 = yumshoq taxmin («shekilli»); -겠- = ishonchliroq taxmin
To‘liq sahifasi

관형형 — Aniqlovchi shakllar

3 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-는 (동사 현재) ★★★ 2 otni aniqlovchi hozirgi zamon — «-ayotgan» 동사 + -는 + 명사 한국어를 배우는 학생이 많아요. Koreys tilini o'rganayotgan talabalar ko'p. -(으)ㄴ (동사 과거) -(으)ㄹ
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침ga qaramay -는: 먹다 → 먹 사람 · ㄹ tushadi: 살다 → 사는
있다/없다 ham: 재미있

Izoh — qachon ishlatiladi

Aniqlovchi shakllar TOPIK 읽기 ning asosidir. Uch zamon:

  • O'tgan: 먹 사람 (yegan)
  • Hozirgi: 먹 사람 (yeyayotgan)
  • Kelasi: 먹 사람 (yeydigan)

Namunalar

  • 한국어를 배우는 학생이 많아요. Koreys tilini o'rganayotgan talabalar ko'p.
  • 제가 자주 가는 식당이에요. Bu men tez-tez boradigan restoran.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄴ (동사 과거) — -(으)ㄴ = tugagan harakat («yegan»); -는 = hozir davom etayotgan
  • -(으)ㄹ — -(으)ㄹ = hali bo'lmagan, kelajak yoki imkoniyat («yeydigan»)
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ (과거·형용사) ★★★ 2 fe'l uchun o'tgan zamon aniqlovchi; sifat uchun hozirgi 동사 + -(으)ㄴ + 명사 · 형용사 + -(으)ㄴ + 명사 어제 만난 사람이 누구예요? Kecha uchrashgan odam kim? -는 (동사 현재) -던
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㄴ (가다 → 간 사람, 크다 → 큰 집) · 받침 bor → -은 (먹다 → 먹은 밥, 좋다 → 좋은 사람)

Izoh — qachon ishlatiladi

Bir xil shakl ikki xil vazifa bajaradi — so'z turkumiga qarab:

  • Fe'l + -(으)ㄴ = o'tgan zamon: 읽 책 (o'qilgan kitob)
  • Sifat + -(으)ㄴ = hozirgi: 좋 책 (yaxshi kitob)

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 재미있 영화 → ✅ 재미있 영화. 있다/없다 bilan tugagan sifatlar -는 oladi.

Namunalar

  • 어제 만난 사람이 누구예요? Kecha uchrashgan odam kim?
  • 조용한 곳에서 공부하고 싶어요. Tinch joyda o'qishni istayman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -는 (동사 현재) — fe'l uchun: -(으)ㄴ = tugagan, -는 = davom etayotgan
  • -던 — -던 = o'tmishdagi odat yoki tugallanmagan ish
To‘liq sahifasi
-(으)ㄹ (미래·추측) ★★★ 2 kelasi zamon aniqlovchi — «-adigan, -ajak» 동사/형용사 + -(으)ㄹ + 명사 내일 만날 사람이 있어요. Ertaga uchrashadigan odamim bor. -는 (동사 현재)
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㄹ (가다 → 갈 사람) · 받침 bor → -을 (먹다 → 먹을 것)

Izoh — qachon ishlatiladi

Ko'plab muhim iboralarning asosi: -(으)ㄹ 것이다, -(으)ㄹ 수 있다, -(으)ㄹ 때, -(으)ㄹ 줄 알다, -(으)ㄹ 뻔하다.

Namunalar

  • 내일 만날 사람이 있어요. Ertaga uchrashadigan odamim bor.
  • 먹을 음식이 없어요. Yeydigan ovqat yo'q.

O‘xshashlaridan farqi

To‘liq sahifasi

문형 — Grammatik iboralar

7 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄹ 줄 알다/모르다 ★★☆ 2 «-ishni bilmoq / bilmaslik» — o'rganilgan mahorat 동사 + -(으)ㄹ 줄 알다/모르다 셰르베크는 기타를 칠 줄 알아요. Sherbek gitara chalishni biladi. -(으)ㄹ 수 있다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㄹ 줄 알다 · 받침 bor → -을 줄 알다

Izoh — qachon ishlatiladi

Mashq qilib o'rganilgan ko'nikma haqida: suzish, mashina haydash, chalish. Shu sababli «hozir vaqtim bor» ma'nosida ishlatilmaydi.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 오늘 갈 줄 알아요 → ✅ 오늘 갈 수 있어요. Bugungi imkoniyat — mahorat emas.

Namunalar

  • 셰르베크는 기타를 칠 줄 알아요. Sherbek gitara chalishni biladi.
  • 저는 운전할 줄 몰라요. Men mashina haydashni bilmayman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄹ 수 있다 — -(으)ㄹ 수 있다 = imkoniyat; -(으)ㄹ 줄 알다 = o'rganilgan mahorat
To‘liq sahifasi
-아야/어야 하다(되다) ★★★ 2 «-ish kerak, -ishi shart» 동사/형용사 + -아야/어야 하다 내일까지 보고서를 제출해야 합니다. Ertagacha hisobotni topshirishim kerak. -(으)면 안 되다 -(으)ㄹ 필요가 있다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

ㅏ/ㅗ → -아야 하다 · boshqa → -어야 하다 · 하다 → 해야 하다
되다 og'zakiroq, 하다 rasmiyroq.

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 54 xulosasi uchun oltin qolip: 따라서 [주체]은/는 [행동]해야 할 것이다.

Namunalar

  • 내일까지 보고서를 제출해야 합니다. Ertagacha hisobotni topshirishim kerak.
  • 환경을 지키기 위해 모두가 노력해야 한다. Atrof-muhitni asrash uchun hamma harakat qilishi kerak.

O‘xshashlaridan farqi

To‘liq sahifasi
-아도/어도 되다 ★★☆ 2 «-sa bo'ladi, mumkin» — ruxsat 동사 + -아도/어도 되다 여기에서 사진을 찍어도 돼요? Bu yerda surat olsam bo'ladimi? -(으)면 안 되다 -(으)ㄹ 수 있다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

되다 o'rniga 괜찮다, 좋다 ham kelishi mumkin: 가도 괜찮아요.

Izoh — qachon ishlatiladi

Ruxsat so'rash: 여기 앉아도 돼요? — Bu yerga o'tirsam bo'ladimi?

Namunalar

  • 여기에서 사진을 찍어도 돼요? Bu yerda surat olsam bo'ladimi?
  • 시간이 없으면 안 와도 됩니다. Vaqtingiz bo'lmasa kelmasangiz ham bo'ladi.

O‘xshashlaridan farqi

To‘liq sahifasi
-(으)면 안 되다 ★★★ 2 «-sa bo'lmaydi, mumkin emas» — taqiq 동사/형용사 + -(으)면 안 되다 도서관에서 큰 소리로 말하면 안 됩니다. Kutubxonada baland ovozda gapirish mumkin emas. -지 마세요 -아도 되다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -면 안 되다 · 받침 bor → -으면 안 되다

Izoh — qachon ishlatiladi

E'lon va qoidalarda ko'p uchraydi — TOPIK 읽기 안내문 savollari.

⚠️ «안 -(으)면 안 되다» = ikki inkor = majburiyat: 가지 않으면 안 돼요 = borish shart.

Namunalar

  • 도서관에서 큰 소리로 말하면 안 됩니다. Kutubxonada baland ovozda gapirish mumkin emas.
  • 여기에 주차하면 안 돼요. Bu yerga mashina qo'yish mumkin emas.

O‘xshashlaridan farqi

  • -지 마세요 — -지 마세요 = to'g'ridan-to'g'ri buyruq; -(으)면 안 되다 = qoida bayoni
  • -아도 되다 — teskarisi — ruxsat
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ 적이 있다/없다 ★★★ 2 «-gan bor / -gan emas» — tajriba 동사 + -(으)ㄴ 적이 있다/없다 한국에 가 본 적이 있어요? Koreyaga borganmisiz? -아/어 보다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㄴ 적이 있다 · 받침 bor → -은 적이 있다
적 o'rniga ham: -(으)ㄴ 일이 있다

Izoh — qachon ishlatiladi

Bir marta bo'lsa ham boshdan kechirgan narsa haqida. Yaqin o'tmish uchun ishlatilmaydi.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 어제 김치를 먹은 적이 있어요 → ✅ 어제 김치를 먹었어요. Kecha bo'lgan ish — tajriba emas.

Namunalar

  • 한국에 가 본 적이 있어요? Koreyaga borganmisiz?
  • 이런 일은 한 번도 경험한 적이 없다. Bunday narsani hech qachon boshdan kechirmaganman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아/어 보다 — -아 보다 = «qilib ko'rmoq» (urinish); -(으)ㄴ 적이 있다 = tajriba bor/yo'q
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ/는 것 같다 ★★★ 2 «-ga o'xshaydi, shekilli» — taxmin 동사 + -는 것 같다 · 형용사 + -(으)ㄴ 것 같다 · 과거 + -(으)ㄴ 것 같다 밖에 비가 오는 것 같아요. Tashqarida yomg'ir yog'ayotganga o'xshaydi. -나 보다 -(으)ㄹ 것이다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Hozirgi fe'l → -는 것 같다 · Sifat → -(으)ㄴ 것 같다
O'tgan → -(으)ㄴ 것 같다 · Kelasi/taxmin → -(으)ㄹ 것 같다

Izoh — qachon ishlatiladi

Fikrni yumshatish uchun ham ishlatiladi — koreyslar qat'iy gapirmaslik uchun ko'p qo'llaydi: 이 옷이 좀 비싼 것 같아요.

Namunalar

  • 밖에 비가 오는 것 같아요. Tashqarida yomg'ir yog'ayotganga o'xshaydi.
  • 이번 시험은 어려울 것 같다. Bu safargi imtihon qiyin bo'lsa kerak.

O‘xshashlaridan farqi

  • -나 보다 — -나 보다 = ko'rgan DALILga asoslangan taxmin; -는 것 같다 = umumiy his
  • -(으)ㄹ 것이다 — -(으)ㄹ 것이다 = ishonchli bashorat; -는 것 같다 = ehtiyotkor taxmin
To‘liq sahifasi
-(으)ㄹ 것 같다 ★★★ 2 «-adiganga o'xshaydi» — kelajakka taxmin 동사/형용사 + -(으)ㄹ 것 같다 오후에 눈이 올 것 같아요. Tushdan keyin qor yog'sa kerak. -겠-
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㄹ 것 같다 · 받침 bor → -을 것 같다

Izoh — qachon ishlatiladi

Rad javobini yumshatishning eng ko'p ishlatiladigan usuli: 내일은 좀 어려울 것 같아요. — Ertaga biroz qiyin bo'lsa kerak (= bora olmayman).

Namunalar

  • 오후에 눈이 올 것 같아요. Tushdan keyin qor yog'sa kerak.
  • 이 일은 시간이 오래 걸릴 것 같다. Bu ish uzoq vaqt olsa kerak.

O‘xshashlaridan farqi

  • -겠- — -겠- = ishonchliroq, darhol chiqarilgan xulosa; -(으)ㄹ 것 같다 = ehtiyotkor
To‘liq sahifasi

접속부사 — Bog‘lovchi ravishlar

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
하지만 ★★★ 2 «lekin, ammo» — kundalik qarama-qarshilik 문장 앞 한국어는 어렵습니다. 하지만 아주 재미있습니다. Koreys tili qiyin. Lekin juda qiziqarli. 그러나 그런데
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Izoh — qachon ishlatiladi

그러나 bilan ma’nosi bir xil, uslubi erkinroq. 듣기 dialoglarida ko‘p.

Namunalar

  • 한국어는 어렵습니다. 하지만 아주 재미있습니다. Koreys tili qiyin. Lekin juda qiziqarli.

O‘xshashlaridan farqi

  • 그러나 — 그러나 = yozma/rasmiy; 하지만 = og‘zaki va neytral
  • 그런데 — 그런데 = mavzuni burish yoki fon; 하지만 = aniq qarshilik
To‘liq sahifasi
그런데 ★★★ 2 «lekin; aytgancha» — yumshoq qarshilik yoki mavzu almashtirish 문장 앞 어제 시장에 갔어요. 그런데 문을 닫았더라고요. Kecha bozorga bordim. Lekin yopiq ekan. 하지만 -(으)ㄴ/는데
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikki vazifa: yumshoq qarshilik (비가 왔어요. 그런데 우산이 없었어요) va mavzuni burish (그런데 요즘 어떻게 지내세요?).

⚠️ Ikkinchi vazifasi tufayli 쓰기 54 da ishlatilmaydi — inshoda mavzu burilmasligi kerak.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 쓰기 54: ... 그런데 환경 문제도 심각하다. → ✅ 또한 / 그러나. 그런데 og‘zaki suhbat bog‘lovchisi.

Namunalar

  • 어제 시장에 갔어요. 그런데 문을 닫았더라고요. Kecha bozorga bordim. Lekin yopiq ekan.

O‘xshashlaridan farqi

  • 하지만 — 하지만 = sof qarshilik; 그런데 = fon berish yoki mavzu burish
  • -(으)ㄴ/는데 — -는데 = gap ichidagi varianti — bir xil vazifa, bir xil ohang
To‘liq sahifasi