Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

종결어미 — Tugallovchi qo‘shimchalar

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-네요 ★★★ 2 «-ekan!» — hozir bilib, hayron bo'lish 동사/형용사 + -네요 와, 한국어를 정말 잘하시네요! Voy, koreyschani juda yaxshi bilar ekansiz! -군요 -잖아요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침ga qaramay -네요. ㄹ tushadi: 멀다 → 머네요. O'tgan zamon: -았/었네요.

Izoh — qachon ishlatiladi

Aynan shu daqiqada ko'rib/eshitib bilingan narsaga reaksiya. TOPIK 듣기 dialoglarida juda tez-tez uchraydi.

Namunalar

  • 와, 한국어를 정말 잘하시네요! Voy, koreyschani juda yaxshi bilar ekansiz!
  • 밖에 눈이 오네요. Tashqarida qor yog'ayapti-ku.

O‘xshashlaridan farqi

  • -군요 — -군요 = «demak shunday ekan» (tushunib yetish, kitobiy); -네요 = to'g'ridan-to'g'ri hayrat
  • -잖아요 — -잖아요 = «axir bilasiz-ku» (ma'lum narsani eslatish); -네요 = yangi bilib olish
To‘liq sahifasi
-지요? / -죠? ★★★ 2 «-a? shundaymi?» — tasdiq so'rash 동사/형용사/명사 + -지요? 오늘 날씨가 좋지요? Bugun ob-havo yaxshi-a? -잖아요 -네요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Og'zaki nutqda -죠 ga qisqaradi.

Izoh — qachon ishlatiladi

So'zlovchi javobni allaqachon biladi, faqat tasdiq kutadi. So'roqsiz (xabar) shaklda «albatta, shunday» ma'nosini beradi: 제가 하.

Namunalar

  • 오늘 날씨가 좋지요? Bugun ob-havo yaxshi-a?
  • 자수르 씨도 학생이죠? Jasur ham talaba-ku, shundaymi?

O‘xshashlaridan farqi

  • -잖아요 — -잖아요 = «axir shunday-ku» (eslatish, biroz qat'iy); -지요 = muloyim tasdiq so'rash
  • -네요 — -네요 = o'zi yangi bilib oldi; -지요 = ikkalasi ham biladi
To‘liq sahifasi