Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

종결어미 — Tugallovchi qo‘shimchalar

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-잖아요 ★★☆ 3 «axir ... -ku» — ma'lum narsani eslatish 동사/형용사 + -잖아요 오늘 일요일이잖아요. 은행이 문을 닫았어요. Axir bugun yakshanba-ku. Bank yopiq. -지요 -거든요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

O'tgan zamon: -았/었잖아요. Ot: 학생이잖아요.

Izoh — qachon ishlatiladi

Tinglovchi biladi deb hisoblanadi — shuning uchun begonaga yoki kattaga ishlatilsa qo'pol tuyulishi mumkin.

Namunalar

  • 오늘 일요일이잖아요. 은행이 문을 닫았어요. Axir bugun yakshanba-ku. Bank yopiq.
  • 제가 어제 말했잖아요. Men kecha aytdim-ku.

O‘xshashlaridan farqi

  • -지요 — -지요 = muloyim tasdiq; -잖아요 = «bilasiz-ku» (biroz tanbeh ohangi)
  • -거든요 — -거든요 = tinglovchi BILMAGAN sababni aytadi; -잖아요 = biladigan narsani eslatadi
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ/는데요 ★★☆ 3 yumshoq xabar / e'tiroz / davomini kutish ohangi 동사 + -는데요 · 형용사 + -(으)ㄴ데요 그 책은 지금 없는데요. U kitob hozir yo'q-ku... -지만 -거든요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l → -는데요 (가다 → 가는데요) · Sifat, 받침 yo'q → -ㄴ데요 (크다 → 큰데요) · 받침 bor → -은데요 (좋다 → 좋은데요)

Izoh — qachon ishlatiladi

Gapni tugatmasdan tugatadi — «...-ku, xo'sh?» ohangi. Yumshoq rad javobi uchun ideal: 지금은 좀 바쁜데요...

Namunalar

  • 그 책은 지금 없는데요. U kitob hozir yo'q-ku...
  • 날씨가 정말 좋은데요! Ob-havo juda ham yaxshi-ku!

O‘xshashlaridan farqi

  • -지만 — -지만 = aniq qarama-qarshilik; -는데 = yumshoq fon/kirish
  • -거든요 — -거든요 = sababni aytadi; -는데요 = javobni tinglovchiga qoldiradi
To‘liq sahifasi