Noto'g'ri fellar - Korean
Koreys tilidagi noto'g'ri fe'llarning shakli o'zgarishi
Koreys tilida noto'g'ri fellar zamonlar va yoki boshqa qo;shimchalarni olib kelganda, odatda shaklini o'zgartiradi. Quyida ularning asosiylari bilan tanishamiz!
1. 'ㄷ' 불규칙 (ㄷ Noto‘g‘ri fe’llar)
Agar fe’l o‘zagi 'ㄷ' bilan tugasa va undan keyin unli harf bilan boshlanadigan qo‘shimcha kelsa, 'ㄷ' harfi 'ㄹ' ga aylanadi.
걷다 (Yurmoq) → 걸어요 (Yuraman / Yuryapman)
듣다 (Eshitmoq) → 들어요 (Eshityapman)
Misol: 한국 노래ni 들어요. (Koreys qo'shig'ini eshityapman.)
Misol: 공원에서 걸어요. (Bog'da yuryapman.)
2. 'ㅂ' 불규칙 (ㅂ Noto‘g‘ri fe’llar)
Fe’l o‘zagi 'ㅂ' bilan tugab, ketidan unli kelsa, 'ㅂ' tushib qoladi va o‘rniga '우' (ba'zan '오') qo‘shiladi.
춥다 (Sovuq) → 추워요 (Sovuq)
어렵다 (Qiyin) → 어려워요 (Qiyin)
돕다 (Yordam bermoq) → 도와요 (Yordam beraman)
Misol: 오늘 날씨가 너무 추워요. (Bugun havo juda sovuq.)
Misol: 한국어 공부가 어려워요. (Koreys tilini o'rganish qiyin.)
3. 'ㄹ' 탈락 (ㄹ Tushib qolishi)
Agar fe’l o‘zagi 'ㄹ' bilan tugasa va undan keyin 'ㄴ', 'ㅂ', 'ㅅ' harflari kelsa, 'ㄹ' tushib qoladi.
살다 (Yashamoq) → 삽니다 (Yashayman - rasmiy) / 사는 (Yashaydigan)
만들다 (Yasamoq) → 만듭니다 (Yasayman) / 만드세요 (Yasang)
Misol: 저는 타슈켄트에서 삽니다. (Men Toshkentda yashayman.)
Misol: 케이크를 만드세요. (Tort yasang.)
4. 'ㅡ' 탈락 (ㅡ Tushib qolishi)
Fe’l o‘zagi 'ㅡ' bilan tugasa va unli qo‘shimcha (-아/어) qo‘shilsa, 'ㅡ' tushib qoladi.
쓰다 (Yozmoq) → 써요 (Yozaman)
바쁘다 (Band bo‘lmoq) → 바빠요 (Bandman)
예쁘다 (Chiroyli) → 예뻐요 (Chiroyli)
Misol: 편지를 써요. (Xat yozyapman.)
Misol: 제 여자친구가 정말 예뻐요. (Mening qizim haqiqatdan ham chiroyli.)
5. 'ㅅ' 불규칙 (ㅅ Noto‘g‘ri fe’llar)
Fe’l o‘zagi 'ㅅ' bilan tugab, unli qo‘shilsa, 'ㅅ' talaffuzda va yozuvda tushib qoladi, lekin bo'g'in o'zgarmaydi.
낫다 (Tuzalmoq) → 나아요 (Tuzalyapman)
짓다 (Qurmoq/Pishirmoq) → 지어요 (Quryapman/Pishiryapman)
Misol: 감기가 다 나았어요. (Gripp butkul tuzaldi.)
Misol: 밥을 지어요. (Guruch pishiryapman.)
Misollar
1. 'ㄷ' 불규칙 (ㄷ → ㄹ)
듣다 (eshitmoq) → 들어요 / 들었습니다
걷다 (yurmoq) → 걸어요 / 걸었습니다
묻다 (so'ramoq) → 물어요 / 물었습니다
싣다 (yuklamoq) → 실어요 / 실었습니다
깨닫다 (anglamoq) → 깨달아요 / 깨달았습니다
2. 'ㅂ' 불규칙 (ㅂ → 우/오)
춥다 (sovuq) → 추워요
덥다 (issiq) → 더워요
어렵다 (qiyin) → 어려워요
쉽다 (oson) → 쉬워요
맵다 (achchiq) → 매워요
무겁다 (og'ir) → 무거워요
가볍다 (yengil) → 가벼워요
돕다 (yordam bermoq) → 도와요 (오)
고맙다 (rahmat) → 고마워요
3. 'ㅅ' 불규칙 (ㅅ tushib qoladi)
낫다 (yaxshilanmoq) → 나아요
짓다 (qurmoq/pishirmoq) → 지어요
붓다 (shishmoq/quymaq) → 부어요
잇다 (ulamoq) → 이어요
젓다 (aralashtirmoq) → 저어요
4. 'ㄹ' 탈락 (ㄹ tushib qoladi)
살다 (yashamoq) → 삽니다 / 사세요 / 사는
알다 (bilmoq) → 압니다 / 아세요 / 아는
만들다 (yasamoq) → 만듭니다 / 만드세요 / 만드는
팔다 (sotmoq) → 팝니다 / 파세요 / 파는
멀다 (uzoqlashmoq) → 뭅니다 / 머네요
5. '르' 불규칙 (르 → ㄹㄹ)
부르다 (aytmoq/chaqirmoq) → 불러요
모르다 (bilmaslik) → 몰라요
고르다 (tanlamoq) → 골라요
다르다 (boshqacha) → 달라요
빠르다 (tez) → 빨라요
기르다 (o'stirmoq) → 길러요
6. 'ㅡ' 탈락 (ㅡ tushib qoladi)
쓰다 (yozmoq/taqmoq) → 써요
끄다 (o'chirmoq) → 꺼요
크다 (katta) → 커요
아프다 (og'rimoq) → 아파요
바쁘다 (band bo'lmoq) → 바빠요
예쁘다 (chiroyli) → 예뻐요
슬프다 (xafa bo'lmoq) → 슬퍼요