PK-9: Salomlashish, xayrlashish va oʻzini tanishtirish
Ish daftari · PK-9

PK-9: Salomlashish, xayrlashish va oʻzini tanishtirish

Dars oʻrgatdi, mashq uni taniyotganingizni tekshirdi. Bu yerda esa oʻzingiz yaratasiz — yozasiz, yigʻasiz, qoʻllaysiz.

Bugungi vazifalardagi odamlar — Afsona va uning qoʻshnisi Jiyoung xola — «안녕하세요» oʻqish matnidan. Avval matnni oʻqigan boʻlsangiz, ularni taniysiz.

Javoblarni tekshirish uchun kiring
Hamma vazifalarni oʻqish va ish varagʻini chop etish uchun hisob shart emas. Javoblarni tekshirish, yozganingizni saqlash va ball olish uchun esa kerak. Kirish
A

Isinish

A1 Oldingi darslardan

Harflardan soʻz yigʻing — Hangul unutilmasin.

  1. ㄲ + ㅗ + ㅊ = (PK-6)
  2. ㅇ ㅜ ㅇ ㅠ = (PK-2, PK-3)
A2 Qanday oʻqiladi?

Talaffuzni Hangulda yozing (PK-8, 비음화).

  1. 입니다 → [ ]
B

Mashq

B1 Kimning oyogʻi harakatlanyapti?

Vaziyatni oʻqing va toʻgʻri xayrlashuvni tanlang. Siz ketyapsizmi — qolganga 계세요. U ketyaptimi — unga 가세요.

  1. Afsona doʻkondan chiqyapti. Sotuvchiga:
  2. Jiyoung xola Afsonanikidan ketyapti. Afsona xolaga:
  3. Siz va doʻstingiz koʻchada uchrashdingiz, endi ikkalangiz ham oʻz yoʻlingizga ketyapsiz:
  4. Darsdan keyin oʻqituvchining xonasidan chiqyapsiz:
  5. Mehmonlaringizni eshikkacha kuzatib chiqdingiz:
B2 Iborani toʻldiring

Boʻsh joyga yetishmayotgan soʻzni yozing.

  1. 만나서 . (tanishganimdan xursandman)
  2. 잘 . (tanishuv yakuni)
  3. 어서 . (doʻkonda: xush kelibsiz)
  4. 잘 . (ovqatdan oldin)
  5. 잘 . (ovqatdan keyin)
  6. 안녕히 . (yotishdan oldin)
B3 Qanday eshitiladi?

Yozilishi bir xil, aytilishi boshqacha. Talaffuzni Hangulda yozing.

  1. 감사합니다 → [ ]
  2. 죄송합니다 → [ ]
  3. 고맙습니다 → [ ]
C

Qoʻllash

C1 Koreyscha qanday deysiz?

Oʻzbekcha iborani koreyschaga oʻgiring. Bir nechta toʻgʻri javob boʻlishi mumkin.

  1. Rahmat.
  2. Kechirasiz. (jiddiy uzr — birovning oyogʻini bosib oldingiz)
  3. Uzr, ijozat bering… (notanishdan yoʻl soʻrashdan oldin)
  4. Ha.
  5. Yoʻq.
  6. Charchamang, mehnatingiz uchun rahmat. (ish kuni oxirida)
C2 Gapni yigʻing

Berilgan soʻzlarni toʻgʻri tartibda yozing. Diqqat: 입니다 oldingi soʻzga boʻshliqsiz yopishadi.

  1. 반갑습니다만나서
  2. 아프소나저는입니다
  3. 계세요네안녕히
C3 Xatoni toping va tuzating ⭐

Har bir vaziyatda notoʻgʻri ibora aytildi. Toʻgʻri iborani yozing.

  1. (Afsona doʻkondan chiqib, sotuvchiga) «안녕히 가세요!»
  2. (Notanish katta yoshli odamga) «안녕!»
  3. (Ovqat endi keltirildi, hali yemadingiz) «잘 먹었습니다.»
D

Ijod

D1 Oʻzingizni tanishtiring

Yangi koreys tili guruhiga keldingiz. Oʻzingizni 4 gapda tanishtiring.

  1. Salom → ismingiz → xursandligingiz → tanishuv yakuni.

    Yuborishdan oldin matningizni oʻzingiz tekshiring:
D2 Doʻkonda ⭐⭐

Qisqa dialog yozing: Afsona doʻkonga kiradi, sotuvchi kutib oladi, Afsona rahmat aytadi va chiqib ketadi. Har bir satr oldiga kim gapirayotganini yozing.

  1. Kamida 4 satr: sotuvchi — Afsona — sotuvchi — Afsona.

    Yuborishdan oldin matningizni oʻzingiz tekshiring:
E

Missiya

E1 Missiya

Bugun darsdan tashqarida qiling.

  1. 🍽 Bugun kechki ovqatdan oldin ovoz chiqarib 잘 먹겠습니다, keyin 잘 먹었습니다 deng. Oilangizga maʼnosini tushuntiring.

  2. 🎬 Koreys serialidan bitta xayrlashuv sahnasini toping. Kim 계세요, kim 가세요 dedi — va kim ketayotgan edi? Quyida yozing.

    Misol

    Masalan: mehmon chiqib ketayotib «안녕히 계세요» dedi, uy egasi esa «안녕히 가세요» deb javob berdi.

  3. 🪞 Oyna oldida tanishuvingizni uch marta ovoz chiqarib, bosh egib ayting. 합니다 ni [함니다] deyishni unutmang.