Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

Sabab — 이유·원인

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-거든요 ★★☆ 3 «chunki, gap shundaki» — noma'lum sababni aytish 동사/형용사 + -거든요 오늘 일찍 가요. 병원에 가야 하거든요. Bugun erta ketaman. Shifoxonaga borishim kerak. -잖아요 -아서/어서
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침ga qaramay -거든요. O'tgan zamon: -았/었거든요.

Izoh — qachon ishlatiladi

Tinglovchi bilmaydigan sabab yoki ma'lumotni beradi. Ko'pincha gapning ikkinchi qismida keladi: — 왜 안 갔어요? — 시간이 없었거든요.

Namunalar

  • 오늘 일찍 가요. 병원에 가야 하거든요. Bugun erta ketaman. Shifoxonaga borishim kerak.
  • 이 식당을 잘 알아요. 자주 오거든요. Bu restoranni yaxshi bilaman. Tez-tez kelaman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -잖아요 — -잖아요 = tinglovchi biladi; -거든요 = tinglovchi bilmaydi
  • -아서/어서 — -아서 = gap ichida sabab; -거든요 = alohida jumla bo'lib sababni qo'shadi
To‘liq sahifasi

His-tuyg‘u va baho — 감정·평가

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-잖아요 ★★☆ 3 «axir ... -ku» — ma'lum narsani eslatish 동사/형용사 + -잖아요 오늘 일요일이잖아요. 은행이 문을 닫았어요. Axir bugun yakshanba-ku. Bank yopiq. -지요 -거든요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

O'tgan zamon: -았/었잖아요. Ot: 학생이잖아요.

Izoh — qachon ishlatiladi

Tinglovchi biladi deb hisoblanadi — shuning uchun begonaga yoki kattaga ishlatilsa qo'pol tuyulishi mumkin.

Namunalar

  • 오늘 일요일이잖아요. 은행이 문을 닫았어요. Axir bugun yakshanba-ku. Bank yopiq.
  • 제가 어제 말했잖아요. Men kecha aytdim-ku.

O‘xshashlaridan farqi

  • -지요 — -지요 = muloyim tasdiq; -잖아요 = «bilasiz-ku» (biroz tanbeh ohangi)
  • -거든요 — -거든요 = tinglovchi BILMAGAN sababni aytadi; -잖아요 = biladigan narsani eslatadi
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ/는데요 ★★☆ 3 yumshoq xabar / e'tiroz / davomini kutish ohangi 동사 + -는데요 · 형용사 + -(으)ㄴ데요 그 책은 지금 없는데요. U kitob hozir yo'q-ku... -지만 -거든요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l → -는데요 (가다 → 가는데요) · Sifat, 받침 yo'q → -ㄴ데요 (크다 → 큰데요) · 받침 bor → -은데요 (좋다 → 좋은데요)

Izoh — qachon ishlatiladi

Gapni tugatmasdan tugatadi — «...-ku, xo'sh?» ohangi. Yumshoq rad javobi uchun ideal: 지금은 좀 바쁜데요...

Namunalar

  • 그 책은 지금 없는데요. U kitob hozir yo'q-ku...
  • 날씨가 정말 좋은데요! Ob-havo juda ham yaxshi-ku!

O‘xshashlaridan farqi

  • -지만 — -지만 = aniq qarama-qarshilik; -는데 = yumshoq fon/kirish
  • -거든요 — -거든요 = sababni aytadi; -는데요 = javobni tinglovchiga qoldiradi
To‘liq sahifasi

Bilib qolish — 발견·깨달음

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-군요 / -는군요 ★★☆ 3 «demak, shunday ekan» — tushunib yetish 형용사 + -군요 · 동사 + -는군요 그래서 어제 학교에 안 왔군요. Demak, shuning uchun kecha maktabga kelmagan ekansiz. -네요 -더라고요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Sifat → -군요 (춥다 → 춥군요) · Fe'l → -는군요 (가다 → 가는군요)
O'tgan zamon hamma uchun: -았/었군요. 반말: -구나.

Izoh — qachon ishlatiladi

Suhbatdoshdan eshitib yoki o'zi ko'rib xulosa chiqarish ohangi: «ha-a, demak shunaqa». 네요 dan biroz kitobiyroq.

Namunalar

  • 그래서 어제 학교에 안 왔군요. Demak, shuning uchun kecha maktabga kelmagan ekansiz.
  • 여기가 유명한 식당이구나. Bu yer o'sha mashhur restoran ekan-da.

O‘xshashlaridan farqi

  • -네요 — -네요 = darhol hayrat; -군요 = sababini tushunib yetish
  • -더라고요 — -더라고요 = o'zim ko'rgan tajribamni aytish; -군요 = hozir bilib olish
To‘liq sahifasi

Muomala darajasi — 높임·말투

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(느)ㄴ다 / -다 ★★★ 3 yozma neytral shakl (한다체) — insho, gazeta, kitob 동사 + -(느)ㄴ다 · 형용사 + -다 · 명사 + -이다 현대 사회에서 환경 문제는 점점 심각해진다. Zamonaviy jamiyatda ekologiya muammosi tobora jiddiylashmoqda. -(스)ㅂ니다 -아요/어요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l, 받침 yo'q → -ㄴ다 (가다 → 간다) · 받침 bor → -는다 (먹다 → 먹는다)
Sifat o'zgarmaydi: 좋다 → 좋다 · Ot: 학생이다
O'tgan zamon hamma uchun bir xil: -았/었다

Izoh — qachon ishlatiladi

TOPIK 쓰기 53 va 54 ning majburiy uslubi. Butun insho shu shaklda yozilishi kerak — bitta 해요체 jumla ham ball tushiradi.

Gazeta sarlavhalari, ilmiy matn, 읽기 41-50 parchalari ham shu uslubda.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

Insho o'rtasida uslub almashib ketishi — eng ko'p uchraydigan 쓰기 xatosi. Yozib bo'lgach, har bir jumlaning oxirini tekshiring.

Namunalar

  • 현대 사회에서 환경 문제는 점점 심각해진다. Zamonaviy jamiyatda ekologiya muammosi tobora jiddiylashmoqda.
  • 조사 결과 응답자의 절반이 찬성했다. So'rov natijasiga ko'ra respondentlarning yarmi rozi bo'lgan.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(스)ㅂ니다 — -습니다 = og'zaki rasmiy (nutq, e'lon); -(느)ㄴ다 = yozma neytral (insho, maqola)
  • -아요/어요 — 쓰기 53/54 da -아요 ishlatib bo'lmaydi — faqat -(느)ㄴ다
To‘liq sahifasi