Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

연결어미 — Bog‘lovchi qo‘shimchalar

4 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-지만 ★★★ 1 «lekin, ammo» 동사/형용사 + -지만 한국어가 어렵지만 재미있어요. Koreys tili qiyin, lekin qiziqarli. -는데 -(으)나
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침ga qaramay -지만. O'tgan zamon: -았/었지만. Ot: 학생이지만.

Izoh — qachon ishlatiladi

Eng oddiy va aniq qarama-qarshilik. Ikki fikr to'g'ridan-to'g'ri qarshi qo'yiladi.

Namunalar

  • 한국어가 어렵지만 재미있어요. Koreys tili qiyin, lekin qiziqarli.
  • 돈은 많지만 시간이 없다. Puli ko'p, lekin vaqti yo'q.

O‘xshashlaridan farqi

  • -는데 — -는데 = yumshoq fon/kirish, doim qarshilik emas; -지만 = aniq qarshilik
  • -(으)나 — -(으)나 = yozma, rasmiy «lekin» (쓰기 uchun); -지만 = neytral
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ/는데 ★★★ 2 fon berish yoki yumshoq qarshilik — «-di-yu, -gan edi» 동사 + -는데 · 형용사 + -(으)ㄴ데 어제 영화를 봤는데 정말 좋았어요. Kecha kino ko'rdim — juda yaxshi ekan. -지만 -(으)ㄴ/는 반면에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l → -는데 (가다 → 가는데) · Sifat 받침 yo'q → -ㄴ데 (크다 → 큰데) · 받침 bor → -은데 (좋다 → 좋은데)
O'tgan zamon hamma uchun: -았/었는데

Izoh — qachon ishlatiladi

TOPIK'da eng ko'p uchraydigan grammatikalardan biri. Uch vazifa:

  • Fon (kirish ma'lumot): 어제 시장에 갔는데 사람이 많았어요.
  • Yumshoq qarshilik: 비가 오는데 우산이 없어요.
  • Iltimosga kirish: 좀 바쁜 도와주실 수 있어요?

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

Sifat va fe'lni chalkashtirish: ❌ 좋는데 → ✅ 좋은데 (sifat). ❌ 가은데 → ✅ 가는데 (fe'l). ⚠️ 있다/없다 fe'l kabi ishlaydi: 있는데.

Namunalar

  • 어제 영화를 봤는데 정말 좋았어요. Kecha kino ko'rdim — juda yaxshi ekan.
  • 날씨가 추운데 왜 코트를 안 입어요? Havo sovuq-ku, nega palto kiymaysiz?

O‘xshashlaridan farqi

  • -지만 — -지만 = faqat qarshilik; -는데 = fon, kirish, yumshoq qarshilik
  • -(으)ㄴ/는 반면에 — -반면에 = ikki narsani aniq TAQQOSLAYDI (yozma); -는데 = umumiy fon
To‘liq sahifasi
-(으)나 ★★☆ 5 «lekin, biroq» — yozma uslub 동사/형용사 + -(으)나 노력은 하였으나 결과가 좋지 않았다. Harakat qilindi, biroq natija yaxshi bo'lmadi. -지만
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -나 · 받침 bor → -으나 · O'tgan: -았/었으나

Izoh — qachon ishlatiladi

지만 ning kitobiy varianti. 쓰기 54 inshosida uslubni ko'taradi.

Namunalar

  • 노력은 하였으나 결과가 좋지 않았다. Harakat qilindi, biroq natija yaxshi bo'lmadi.
  • 비용은 많이 드나 효과가 확실하다. Xarajat ko'p ketadi, lekin samarasi aniq.

O‘xshashlaridan farqi

  • -지만 — -지만 = neytral/og'zaki; -(으)나 = yozma, rasmiy
To‘liq sahifasi
-기는커녕 / -기는 하지만 ★★☆ 5 «u yoqda tursin» · «...-ishi -adi-yu, lekin» 동사/형용사 + -기는커녕 · -기는 하지만 쉬기는커녕 밥 먹을 시간도 없었다. Dam olish u yoqda tursin, ovqatlanishga ham vaqt bo'lmadi. 은/는커녕 -지만
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

-기는커녕 = kutilganini ham, undan kichigini ham inkor qiladi
-기는 하지만 = qisman tan olib, keyin qarshi chiqadi (qisqargani: -긴 하지만)

Izoh — qachon ishlatiladi

-기는 하지만 munozara inshosida juda foydali — qarama-qarshi fikrni tan olib, keyin o'z fikrini aytish: 편리하기는 하지만 부작용도 있다.

Namunalar

  • 쉬기는커녕 밥 먹을 시간도 없었다. Dam olish u yoqda tursin, ovqatlanishga ham vaqt bo'lmadi.
  • 이 방법이 효과적이기는 하지만 비용이 많이 든다. Bu usul samarali-yu, lekin xarajati ko'p.

O‘xshashlaridan farqi

  • 은/는커녕 — otga qo'shiladigan varianti
  • -지만 — -지만 = oddiy qarshilik; -기는 하지만 = avval tan oladi, keyin qarshi chiqadi
To‘liq sahifasi