Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

연결어미 — Bog‘lovchi qo‘shimchalar

5 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-아서/어서 ★★★ 1 sabab — «-gani uchun, shuning uchun» 동사/형용사 + -아서/어서 배가 아파서 병원에 갔어요. Qornim og'rigani uchun shifoxonaga bordim. -(으)니까 -기 때문에 -느라고
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Oxirgi unli ㅏ/ㅗ → -아서 (가다 → 가서) · boshqa → -어서 (먹다 → 먹어서) · 하다 → 해서
⚠️ Oldiga -았/었- QO'SHILMAYDI: ❌ 먹었어서

Izoh — qachon ishlatiladi

Eng ko'p ishlatiladigan sabab shakli. Ikkinchi qismda buyruq va taklif kelolmaydi — bu 니까 dan asosiy farqi.

«감사합니다 / 미안합니다 / 죄송합니다» dan oldin doim -아서 keladi: 어서 죄송합니다.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 비가 와서 우산을 가져가세요. → ✅ 비가 오니까 우산을 가져가세요.
Buyruq bo'lsa — 니까.

Namunalar

  • 배가 아파서 병원에 갔어요. Qornim og'rigani uchun shifoxonaga bordim.
  • 길이 막혀서 늦었습니다. Yo'l tirband bo'lgani uchun kechikdim.
  • 만나서 반갑습니다. Uchrashganimizdan xursandman.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)니까 — -(으)니까 dan keyin BUYRUQ/TAKLIF kelishi mumkin, -아서 dan keyin kelmaydi
  • -기 때문에 — -기 때문에 = rasmiy, yozma sabab (쓰기 uchun); -아서 = kundalik
  • -느라고 — -느라고 = sabab + SALBIY natija, ega bir xil bo'ladi
To‘liq sahifasi
-지만 ★★★ 1 «lekin, ammo» 동사/형용사 + -지만 한국어가 어렵지만 재미있어요. Koreys tili qiyin, lekin qiziqarli. -는데 -(으)나
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침ga qaramay -지만. O'tgan zamon: -았/었지만. Ot: 학생이지만.

Izoh — qachon ishlatiladi

Eng oddiy va aniq qarama-qarshilik. Ikki fikr to'g'ridan-to'g'ri qarshi qo'yiladi.

Namunalar

  • 한국어가 어렵지만 재미있어요. Koreys tili qiyin, lekin qiziqarli.
  • 돈은 많지만 시간이 없다. Puli ko'p, lekin vaqti yo'q.

O‘xshashlaridan farqi

  • -는데 — -는데 = yumshoq fon/kirish, doim qarshilik emas; -지만 = aniq qarshilik
  • -(으)나 — -(으)나 = yozma, rasmiy «lekin» (쓰기 uchun); -지만 = neytral
To‘liq sahifasi
-(으)면 ★★★ 1 «-sa, agar» — shart 동사/형용사 + -(으)면 시간이 있으면 같이 갑시다. Vaqtingiz bo'lsa, birga boraylik. -거든 -아야/어야
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -면 (가다 → 가면) · 받침 bor → -으면 (먹다 → 먹으면) · ㄹ tushmaydi: 살다 → 살면
O'tgan farazi: -았/었으면

Izoh — qachon ishlatiladi

Ham haqiqiy shart (돈이 있으면 사겠다), ham takrorlanuvchi holat (봄이 되 꽃이 핀다 — bahor kelsa gul ochiladi).

Ko'pincha 만약 / 만일 bilan kuchaytiriladi.

Namunalar

  • 시간이 있으면 같이 갑시다. Vaqtingiz bo'lsa, birga boraylik.
  • 열심히 공부하면 좋은 결과가 나온다. Tirishib o'qisang, yaxshi natija chiqadi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -거든 — -거든 dan keyin BUYRUQ/taklif keladi; -(으)면 dan keyin har narsa keladi
  • -아야/어야 — -아야 = «faqat shu shart bilan» (majburiy shart); -(으)면 = oddiy shart
To‘liq sahifasi
-(으)러 ★★★ 1 «-gani (borish/kelish uchun)» 동사 + -(으)러 + 가다/오다/다니다 친구를 만나러 카페에 갔어요. Do'stim bilan uchrashgani kafega bordim. -(으)려고 -기 위해서
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -러 (사다 → 사러) · 받침 bor → -으러 (먹다 → 먹으러) · ㄹ tushadi: 놀다 → 놀러

Izoh — qachon ishlatiladi

⚠️ Keyin faqat harakat fe'llari keladi: 가다, 오다, 다니다, 나가다. Boshqa fe'l bo'lsa — -(으)려고 ishlating.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 한국어를 배우 책을 샀어요 → ✅ 한국어를 배우려고 책을 샀어요.

Namunalar

  • 친구를 만나러 카페에 갔어요. Do'stim bilan uchrashgani kafega bordim.
  • 한국어를 배우러 한국에 왔습니다. Koreys tilini o'rganish uchun Koreyaga keldim.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)려고 — -(으)려고 = har qanday fe'l bilan; -(으)러 = faqat 가다/오다 bilan
  • -기 위해서 — -기 위해서 = rasmiy, yozma maqsad (쓰기 uchun)
To‘liq sahifasi
-고 ★★★ 1 «va, -ib» — sanash yoki ketma-ketlik 동사/형용사 + -고 아프소나는 착하고 똑똑해요. Afsona yaxshi va aqlli. -(으)며 -아서/어서
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침ga qaramay -고. Ot: 학생이고.

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikki vazifa: sanash (김치는 맵 짜요) va ketma-ketlik (밥을 먹 학교에 가요).

Ketma-ketlik ma'nosida ikki qism egasi bir xil bo'ladi.

Namunalar

  • 아프소나는 착하고 똑똑해요. Afsona yaxshi va aqlli.
  • 숙제를 하고 잤어요. Uy vazifasini qilib uxladim.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)며 — -(으)며 = yozma, rasmiy «va» (쓰기 uchun); -고 = neytral
  • -아서/어서 — -아서 = birinchi harakat ikkinchisiga BOG'LIQ (가서 만났다); -고 = mustaqil ikki ish
To‘liq sahifasi