Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

종결어미 — Tugallovchi qo‘shimchalar

7 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(스)ㅂ니다 / -(스)ㅂ니까? ★★★ 1 hurmatli rasmiy shakl (하십시오체) — xabar va so'roq 동사/형용사 + -(스)ㅂ니다 저는 우즈베키스탄에서 왔습니다. Men O'zbekistondan keldim. -아요/어요 -(느)ㄴ다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㅂ니다 (가다 → 갑니다) · 받침 bor → -습니다 (먹다 → 먹습니다)
ㄹ 받침 tushadi: 살다 → 삽니다. So'roq: -ㅂ니까? / -습니까?

Izoh — qachon ishlatiladi

Eng rasmiy daraja: yangiliklar, e'lonlar, taqdimot, ish suhbati, armiya. TOPIK 듣기 va 읽기 da doim uchraydi.

쓰기 51-52 (rasmiy xat/e'lon) da ham shu shakl kerak.

Namunalar

  • 저는 우즈베키스탄에서 왔습니다. Men O'zbekistondan keldim.
  • 어디에서 근무하십니까? Qayerda ishlaysiz?

O‘xshashlaridan farqi

  • -아요/어요 — -아요/어요 = muloyim, lekin erkinroq (해요체); -습니다 = rasmiy, uzoq masofa
  • -(느)ㄴ다 — -(느)ㄴ다 = yozma neytral (신문체) — 쓰기 53/54 uchun; -습니다 = rasmiy nutq
To‘liq sahifasi
-아요/어요 ★★★ 1 muloyim kundalik shakl (해요체) 동사/형용사 + -아요/어요 아침마다 커피를 마셔요. Har kuni ertalab qahva ichaman. -(스)ㅂ니다 -아/어 (반말)
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Oxirgi unli ㅏ yoki ㅗ → -아요 (가다 → 가요, 좋다 → 좋아요)
Boshqa unlilar → -어요 (먹다 → 먹어요, 마시다 → 마셔요)
하다 → 해요

Izoh — qachon ishlatiladi

Bir xil shakl to'rt vazifani bajaradi — ohang farqlaydi: xabar (가요.), so'roq (가요?), buyruq (가요!), taklif (같이 가요~).

⚠️ 쓰기 53/54 inshosida ishlatilmaydi — u yerda -(느)ㄴ다 kerak.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 쓰기 54: 환경 문제가 심각해요. → ✅ 환경 문제가 심각하다. Inshoda 해요체 ishlatish ball yo'qotadi.

Namunalar

  • 아침마다 커피를 마셔요. Har kuni ertalab qahva ichaman.
  • 주말에 뭐 해요? Dam olish kuni nima qilasiz?

O‘xshashlaridan farqi

  • -(스)ㅂ니다 — -습니다 = rasmiyroq va uzoqroq; -아요 = muloyim, iliq
  • -아/어 (반말) — 요 ni olib tashlasangiz — 반말 (yaqin do'st, kichik yoshdagilar bilan)
To‘liq sahifasi
-(으)세요 ★★★ 1 muloyim buyruq/iltimos va hurmatli xabar 동사 + -(으)세요 여기에 이름을 쓰세요. Bu yerga ismingizni yozing. -아/어 주세요 -(으)십시오
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -세요 (가다 → 가세요) · 받침 bor → -으세요 (읽다 → 읽으세요)
Maxsus shakllar: 먹다 → 드세요, 자다 → 주무세요, 있다 → 계세요

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikki ma'no: iltimos (여기 앉으세요 — bu yerga o'tiring) va hurmatli xabar/so'roq (선생님이 오세요 — ustoz kelyaptilar).

Inkori: -지 마세요 — 사진을 찍지 마세요.

Namunalar

  • 여기에 이름을 쓰세요. Bu yerga ismingizni yozing.
  • 할머니께서는 지금 주무세요. Buvim hozir uxlayaptilar.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아/어 주세요 — -아 주세요 = «men uchun qiling» (iltimos, xizmat); -(으)세요 = oddiy ko'rsatma
  • -(으)십시오 — -(으)십시오 = eng rasmiy buyruq (e'lon, xizmat ko'rsatish); -(으)세요 = kundalik
To‘liq sahifasi
-(으)ㄹ까요? ★★★ 1 «-aylikmi? -sammikin?» — taklif, fikr so'rash, taxmin 동사 + -(으)ㄹ까요? 점심을 같이 먹을까요? Tushlikni birga yeymizmi? -(으)ㅂ시다 -(으)ㄹ래요?
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㄹ까요 (가다 → 갈까요) · 받침 bor → -을까요 (먹다 → 먹을까요)

Izoh — qachon ishlatiladi

Uch ma'no:

  • Taklif (biz): 같이 갈까요? — birga boraylikmi?
  • Fikr so'rash (men): 제가 도와드릴까요? — yordam beraymi?
  • Taxmin (uchinchi shaxs): 내일 비가 올까요? — ertaga yomg'ir yog'armikin?

Namunalar

  • 점심을 같이 먹을까요? Tushlikni birga yeymizmi?
  • 이 옷이 아프소나한테 어울릴까요? Bu kiyim Afsonaga yarasharmikin?

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㅂ시다 — -ㅂ시다 = qat'iy taklif («qilaylik»); -(으)ㄹ까요 = fikrini so'raydi («qilaylikmi?»)
  • -(으)ㄹ래요? — -(으)ㄹ래요 = erkin, do'stona («xohlaysanmi?»); -(으)ㄹ까요 = muloyimroq
To‘liq sahifasi
-(으)ㅂ시다 ★★☆ 1 «-aylik» — taklif (qat'iy) 동사 + -(으)ㅂ시다 시간이 없으니까 택시를 탑시다. Vaqt yo'q, taksi olaylik. -(으)ㄹ까요? -아요/어요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㅂ시다 (가다 → 갑시다) · 받침 bor → -읍시다 (먹다 → 먹읍시다)

Izoh — qachon ishlatiladi

⚠️ Kattalarga (ustoz, boshliq) nisbatan ishlatilmaydi — u holda -(으)시겠어요? yoki -(으)ㄹ까요? deyiladi.

Namunalar

  • 시간이 없으니까 택시를 탑시다. Vaqt yo'q, taksi olaylik.
  • 다시 한번 생각해 봅시다. Yana bir bor o'ylab ko'raylik.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄹ까요? — -(으)ㄹ까요 = ruxsat so'raydi; -(으)ㅂ시다 = qaror aytadi
  • -아요/어요 — 가요~ ohangi bilan ham taklif bo'ladi — eng yumshoq varianti
To‘liq sahifasi
-(으)ㄹ 거예요 ★★★ 1 «-aman / -sa kerak» — kelasi zamon va taxmin 동사/형용사 + -(으)ㄹ 거예요 내년에 한국에 갈 거예요. Kelasi yil Koreyaga boraman. -겠- -(으)ㄹ게요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -ㄹ 거예요 · 받침 bor → -을 거예요
Rasmiy: -(으)ㄹ 것입니다 · Yozma: -(으)ㄹ 것이다

Izoh — qachon ishlatiladi

1-shaxs bilan = reja (저는 갈 거예요). 3-shaxs bilan = taxmin (아프소나는 안 올 거예요).

쓰기 54 da yozma shakli -(으)ㄹ 것이다 juda kerak.

Namunalar

  • 내년에 한국에 갈 거예요. Kelasi yil Koreyaga boraman.
  • 이 문제는 쉽게 해결될 것이다. Bu muammo oson hal bo'ladi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -겠- — -겠- = qat'iy niyat yoki hozirgi taxmin; -(으)ㄹ 거예요 = reja, kuchsizroq taxmin
  • -(으)ㄹ게요 — -(으)ㄹ게요 = tinglovchiga va'da; -(으)ㄹ 거예요 = shunchaki reja
To‘liq sahifasi
-지 마세요 ★★☆ 1 «-mang» — taqiq 동사 + -지 마세요 여기에서 사진을 찍지 마세요. Bu yerda surat olmang. -(으)면 안 되다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Rasmiy: -지 마십시오 · 반말: -지 마 · Taklif: -지 맙시다

Izoh — qachon ishlatiladi

E'lon va ogohlantirishlarda -지 마십시오 shakli uchraydi — TOPIK 읽기 ning 안내문 savollarida ko'p ko'rasiz.

Namunalar

  • 여기에서 사진을 찍지 마세요. Bu yerda surat olmang.
  • 잔디밭에 들어가지 마십시오. Maysazorga kirmang.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)면 안 되다 — -(으)면 안 되다 = «mumkin emas» (qoida); -지 마세요 = to'g'ridan-to'g'ri buyruq
To‘liq sahifasi