Koreys tili, 23 - dars: Shartlar, farazlar
A/V-(으)면, V-(으)려면, A/V-아/어도,
Ushbu grammatikalar guruhidan biror ish-harakat yoki holatning yuzaga kelishi uchun shartlarni belgilash, kelajakdagi reja uchun zamin yaratish yoki vaziyatga qarama-qarshi boʻlgan farazlarni ifodalashda foydalaniladi.
1. A/V-(으)면
🍃 A/V-(으)면 (...-sa / ...-ganda)
Umumiy shartlarni, odatiy takrorlanadigan holatlarni yoki kelajakda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan faraziy vaziyatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Oʻzbek tilidagi "-sa, -ganda" shart mayliga toʻgʻri keladi.
Qoidasi:
Fe'l yoki sifat oʻzagi unli bilan tugasa: -면
Fe'l yoki sifat oʻzagi undosh bilan tugasa: -으면
Misollar:
비가 오면 집에서 영화를 볼 거예요. (Yomgʻir yogʻsa, uyda kino koʻraman.)
돈을 많이 벌면 큰 집을 사고 싶어요. (Koʻp pul topsam, katta uy sotib olishni xohlayman.)
시간이 있으면 같이 저녁을 먹읍시다. (Vaqtingiz boʻlganda birga kechki ovqatni yeylik.)
날씨가 좋으면 공원에 갈까요? (Havo yaxshi boʻlsa, bqgʻga boraylikmi?)
💡 Oʻtgan zamon bilan kelishi (-았/었으면): Agar bu grammatika oʻtgan zamon qoʻshimchasi bilan kelsa, amalga oshmagan ishga nisbatan afsuslanishni yoki kuchli orzu-istakni bildiradi.
Misol: 키가 더 컸으면 좋겠어요. (Boyim balandroq boʻlsa edi.)
2. V-(으)려면
🎯 V-(으)려면 (...moqchi boʻlsangiz / ...-ishni istasangiz)
Bu grammatika V-(으)려고 하다 (niyat qilmoq) va A/V-(으)면 (shart) shakllarining birikmasidir. Gapning birinchi qismidagi maqsad yoki niyatni amalga oshirish uchun ikkinchi qismda nima qilish kerakligi (sharti) aytiladi. Shuning uchun gap oxirida koʻpincha 해야 하다 (bajarish shart), -(으)세요 (bajarig) yoki yaxshi/lozim kabi soʻzlar keladi.
Qoidasi:
Fe'l oʻzagi unli bilan tugasa: -려면
Fe'l oʻzagi undosh bilan tugasa: -으려면
Misollar:
한국 대학에 입학하려면 토픽 4급이 있어야 해요. (Koreya universitetiga oʻqishga kirmoqchi boʻlsangiz, TOPIK 4-darajangiz boʻlishi kerak.)
살을 빼려면 매일 운동을 하세요. (Vazn tashlashni istasangiz, har kuni sport bilan shugʻullaning.)
인사동에 가려면 몇 번 버스를 타야 돼요? (Insadongga bormoqchi boʻlsam, nechanchi avtobusga oʻtirishim kerak?)
한국어를 잘하려면 많이 연습해야 합니다. (Koreys tilini yaxshi gapirmoqchi boʻlsangiz, koʻp mashq qilishingiz lozim.)
3. A/V-아/어도
⛰️ A/V-아/어도 (...-sa ham / ...-gan boʻlsa ham)
Gapning birinchi qismidagi holat yoki harakat sodir boʻlsa ham, ikkinchi qismda bunga zid boʻlgan, kutilmagan yoki oʻzgarmas natija yuzaga kelishini ifodalaydi. Biror toʻsiqqa qaramasdan harakat davom etishini koʻrsatadi.
Qoidasi:
아/어/여qoidasiga koʻra oʻzgaradi + 도Misollar:
비가 와도 축구를 할 거예요. (Yomgʻir yogʻsa ham, futbol oʻynayman.)
아무리 바빠도 밥은 꼭 드세요. (Qanchalik band boʻlsangiz ham, ovqatni albatta yeng.)
약을 먹어도 감기가 안 나아요. (Dori ichgan boʻlsam ham, grippim tuzalmayapti.)
이 옷은 비싸도 사고 싶어요. (Bu kiyim qimmat boʻlsa ham, sotib olgim kelyapti.)
💡 Yordamchi soʻz (아무리): Bu grammatika koʻpincha gap boshida 아무리 (qanchalik, har qancha) soʻzi bilan birga kelib, ma'noni yanada kuchaytiradi.
💥 Muhim Nozik Jihatlar va Solishtirish
Oʻquvchilar bu grammatikalarni bir-biri bilan chalkashtirmasliklari uchun asosiy farqlar:
🔍 1. A/V-(으)면 va V-(으)려면 farqi
A/V-(으)면shunchaki oddiy va umumiy shartni bildiradi. Birinchi qism bajarilsa, ikkinchi qism oʻz-oʻzidan sodir boʻlishi mumkin. Masalan: "Kuz kelsa, barglar toʻkiladi".V-(으)려면esa mantiqan teskari ishlaydi. Ikkinchi qismdagi ish birinchi qismdagi orzu yoki rejaning amalga oshishi uchun majburiy qadamdir. Masalan: "Koreyaga bormoqchi boʻlsangiz, vizani rasmiylashtirishingiz shart".
🔍 2. Natijaga boʻlgan ta'sir farqi
A/V-(으)면grammatikasida birinchi qism ikkinchi qismdagi natijani butunlay oʻzgartirib yuboradi. (Yomgʻir yogʻsa ➡️ uyda qolaman / Yomgʻir yogʻmasa ➡️ koʻchaga chiqaman).A/V-아/어도grammatikasida esa birinchi qism qanday boʻlishidan qat'i nazar, ikkinchi qismdagi natija oʻzgarmasdan qolaveradi. (Yomgʻir yogʻsa ham, yogʻmasa ham ➡️ baribir futbol oʻynayman).