Grammar bank · Grammatika bazasi

116 grammar patterns for IELTS — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

Ergash gaplar — Clauses

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
defining relative clause ★★★ 3 aniqlovchi ergash gap — qaysi narsa haqida ketayotganini belgilaydi noun + who/which/that + verb Countries which invest in education tend to grow faster. Ta’limga sarmoya kiritadigan davlatlar tezroq rivojlanishga moyil. non-defining relative clause reduced relative clause
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Odam → who (yoki that) · narsa → which yoki that · egalik → whose. Vergul qo‘yilmaydi. Agar who/which to‘ldiruvchi bo‘lsa, tushirib qoldirsa ham bo‘ladi: the skills (that) employers value.

Izoh — qachon ishlatiladi

Ergash gapsiz ikkita qisqa gap bo‘lardi; u bilan bitta murakkab gap chiqadi — Grammatical Range aynan shuni izlaydi:

Students who take a gap year often return more motivated.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ Students who they take a gap year → ✅ Students who take… — who ning o‘zi ega, ikkinchi olmosh keraksiz.

❌ People which live in cities → ✅ People who live in cities.

Namunalar

  • Countries which invest in education tend to grow faster. Ta’limga sarmoya kiritadigan davlatlar tezroq rivojlanishga moyil.
  • The graph shows the number of people who used public transport. Grafik jamoat transportidan foydalangan odamlar sonini ko‘rsatadi.

O‘xshashlaridan farqi

To‘liq sahifasi
that-clause ★★★ 3 to‘ldiruvchi ergash gap — «... ligini/ekanligini» verb/adjective + that + clause Research suggests that early intervention produces the best results. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erta aralashuv eng yaxshi natija beradi. the fact that wh-clause
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

that + to‘liq gap. Ba’zi fe’llardan keyin tushib qolishi mumkin (I think (that) …), lekin akademik yozuvda saqlang. Sifatlardan keyin ham keladi: it is clear that

Izoh — qachon ishlatiladi

Fikr bildirishning asosiy quroli. Xilma-xillik uchun boshqa fe’llarga o‘ting: argue / maintain / suggest / demonstrate / indicate that. I think that ni butun insho bo‘yi takrorlamang.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

I agree with that education is important. → ✅ I agree that education is important.agree that, agree with + ot.

Namunalar

  • Research suggests that early intervention produces the best results. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erta aralashuv eng yaxshi natija beradi.

O‘xshashlaridan farqi

  • the fact that — the fact that = shu gapni OT sifatida ishlatadi (ega bo‘la oladi)
  • wh-clause — wh-clause = qanday/nima/nega degan savolni ichiga oladi
To‘liq sahifasi