Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

Qarama-qarshilik — 대조·반대

3 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄴ/는데 ★★★ 2 fon berish yoki yumshoq qarshilik — «-di-yu, -gan edi» 동사 + -는데 · 형용사 + -(으)ㄴ데 어제 영화를 봤는데 정말 좋았어요. Kecha kino ko'rdim — juda yaxshi ekan. -지만 -(으)ㄴ/는 반면에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l → -는데 (가다 → 가는데) · Sifat 받침 yo'q → -ㄴ데 (크다 → 큰데) · 받침 bor → -은데 (좋다 → 좋은데)
O'tgan zamon hamma uchun: -았/었는데

Izoh — qachon ishlatiladi

TOPIK'da eng ko'p uchraydigan grammatikalardan biri. Uch vazifa:

  • Fon (kirish ma'lumot): 어제 시장에 갔는데 사람이 많았어요.
  • Yumshoq qarshilik: 비가 오는데 우산이 없어요.
  • Iltimosga kirish: 좀 바쁜 도와주실 수 있어요?

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

Sifat va fe'lni chalkashtirish: ❌ 좋는데 → ✅ 좋은데 (sifat). ❌ 가은데 → ✅ 가는데 (fe'l). ⚠️ 있다/없다 fe'l kabi ishlaydi: 있는데.

Namunalar

  • 어제 영화를 봤는데 정말 좋았어요. Kecha kino ko'rdim — juda yaxshi ekan.
  • 날씨가 추운데 왜 코트를 안 입어요? Havo sovuq-ku, nega palto kiymaysiz?

O‘xshashlaridan farqi

  • -지만 — -지만 = faqat qarshilik; -는데 = fon, kirish, yumshoq qarshilik
  • -(으)ㄴ/는 반면에 — -반면에 = ikki narsani aniq TAQQOSLAYDI (yozma); -는데 = umumiy fon
To‘liq sahifasi
하지만 ★★★ 2 «lekin, ammo» — kundalik qarama-qarshilik 문장 앞 한국어는 어렵습니다. 하지만 아주 재미있습니다. Koreys tili qiyin. Lekin juda qiziqarli. 그러나 그런데
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Izoh — qachon ishlatiladi

그러나 bilan ma’nosi bir xil, uslubi erkinroq. 듣기 dialoglarida ko‘p.

Namunalar

  • 한국어는 어렵습니다. 하지만 아주 재미있습니다. Koreys tili qiyin. Lekin juda qiziqarli.

O‘xshashlaridan farqi

  • 그러나 — 그러나 = yozma/rasmiy; 하지만 = og‘zaki va neytral
  • 그런데 — 그런데 = mavzuni burish yoki fon; 하지만 = aniq qarshilik
To‘liq sahifasi
그런데 ★★★ 2 «lekin; aytgancha» — yumshoq qarshilik yoki mavzu almashtirish 문장 앞 어제 시장에 갔어요. 그런데 문을 닫았더라고요. Kecha bozorga bordim. Lekin yopiq ekan. 하지만 -(으)ㄴ/는데
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikki vazifa: yumshoq qarshilik (비가 왔어요. 그런데 우산이 없었어요) va mavzuni burish (그런데 요즘 어떻게 지내세요?).

⚠️ Ikkinchi vazifasi tufayli 쓰기 54 da ishlatilmaydi — inshoda mavzu burilmasligi kerak.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 쓰기 54: ... 그런데 환경 문제도 심각하다. → ✅ 또한 / 그러나. 그런데 og‘zaki suhbat bog‘lovchisi.

Namunalar

  • 어제 시장에 갔어요. 그런데 문을 닫았더라고요. Kecha bozorga bordim. Lekin yopiq ekan.

O‘xshashlaridan farqi

  • 하지만 — 하지만 = sof qarshilik; 그런데 = fon berish yoki mavzu burish
  • -(으)ㄴ/는데 — -는데 = gap ichidagi varianti — bir xil vazifa, bir xil ohang
To‘liq sahifasi