Grammar bank · Grammatika bazasi
151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.
연결어미 — Bog‘lovchi qo‘shimchalar
7 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| -(으)니까 ★★★ | 2 | sabab — «chunki»; buyruq va taklif bilan | 동사/형용사 + -(으)니까 | 시간이 없으니까 택시를 탑시다. Vaqt yo'q, shuning uchun taksi olaylik. | -아서/어서 -기 때문에 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -니까 (가다 → 가니까) · 받침 bor → -으니까 (먹다 → 먹으니까) · ㄹ tushadi: 살다 → 사니까
O'tgan zamon qo'shiladi: -았/었으니까 ✅ Izoh — qachon ishlatiladiIkkinchi qismda buyruq (-(으)세요), taklif (-(으)ㅂ시다), so'roq erkin keladi — 아서 da bu mumkin emas. Ikkinchi ma'nosi: «...-gach, ko'rsam» (bilib qolish): 집에 가니까 아무도 없었어요. ⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 늦으니까 죄송합니다 → ✅ 늦어서 죄송합니다. |
|||||
| -(으)ㄴ/는데 ★★★ | 2 | fon berish yoki yumshoq qarshilik — «-di-yu, -gan edi» | 동사 + -는데 · 형용사 + -(으)ㄴ데 | 어제 영화를 봤는데 정말 좋았어요. Kecha kino ko'rdim — juda yaxshi ekan. | -지만 -(으)ㄴ/는 반면에 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasiFe'l → -는데 (가다 → 가는데) · Sifat 받침 yo'q → -ㄴ데 (크다 → 큰데) · 받침 bor → -은데 (좋다 → 좋은데)
O'tgan zamon hamma uchun: -았/었는데 Izoh — qachon ishlatiladiTOPIK'da eng ko'p uchraydigan grammatikalardan biri. Uch vazifa:
⚠️ Tez-tez qilinadigan xatoSifat va fe'lni chalkashtirish: ❌ 좋는데 → ✅ 좋은데 (sifat). ❌ 가은데 → ✅ 가는데 (fe'l). ⚠️ 있다/없다 fe'l kabi ishlaydi: 있는데. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
| -아도/어도 ★★★ | 2 | «-sa ham» | 동사/형용사 + -아도/어도 | 아무리 어려워도 포기하지 않겠습니다. Qanchalik qiyin bo'lsa ham taslim bo'lmayman. | -더라도 -(으)ㄹ지라도 -(으)ㄴ/는데도 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasiㅏ/ㅗ → -아도 · boshqa → -어도 · 하다 → 해도
Ot: 학생이어도 · Kuchaytirish: 아무리 ...-아도 Izoh — qachon ishlatiladi아무리 bilan birga TOPIK 읽기 da doim uchraydi: 아무리 바빠도 아침은 먹어야 한다. «-아도 되다» = ruxsat («qilsa bo'ladi») — alohida ibora. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi |
|||||
| -고 나서 / -(으)ㄴ 후에 ★★★ | 2 | «-gandan keyin» | 동사 + -고 나서 · 동사 + -(으)ㄴ 후에/다음에 | 숙제를 하고 나서 게임을 했어요. Uy vazifasini qilib bo'lgach, o'yin o'ynadim. | -자마자 -기 전에 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi-고 나서 = ish tugagach (tugallanish ta'kidi) · -(으)ㄴ 후에 / -(으)ㄴ 다음에 = shunchaki keyin
Ot bilan: 식사 후에 Izoh — qachon ishlatiladiIkkalasida ham ikkinchi harakat birinchisidan keyin bo'ladi. -고 나서 tugallanganlikni kuchliroq ta'kidlaydi. |
|||||
| -(으)면서 ★★★ | 2 | «-a turib, bir vaqtda» | 동사 + -(으)면서 | 음악을 들으면서 공부해요. Musiqa tinglab turib o'qiyman. | -는 동안 -다가 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -면서 · 받침 bor → -으면서
Ikki qismning egasi bir xil bo'lishi shart. Izoh — qachon ishlatiladiIkkinchi ma'nosi — qarama-qarshilik: 알면서 모르는 척한다 — bilib turib, bilmaganga oladi. ⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 아프소나가 노래하면서 자수르가 춤을 춰요 → egalar har xil. ✅ 아프소나가 노래하고 자수르가 춤을 춰요. |
|||||
| -(으)려고 ★★★ | 2 | «-moqchi bo'lib, -ish uchun» — niyat | 동사 + -(으)려고 | 시험에 합격하려고 매일 공부해요. Imtihondan o'tish uchun har kuni o'qiyman. | -(으)러 -기 위해서 -고자 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -려고 · 받침 bor → -으려고
Yakka shakli: -(으)려고 하다 («-moqchi») Izoh — qachon ishlatiladiIkkinchi qismda buyruq/taklif kelmaydi — bu 기 위해서 dan farqi. -(으)려고 하다 = «-moqchiman»: 내년에 유학 가려고 해요. ⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 살을 빼려고 운동하세요 → ✅ 살을 빼기 위해 운동하세요. Buyruq bo'lsa 기 위해. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi |
|||||
| -거나 ★★☆ | 2 | «yoki» — fe'llar orasida tanlov | 동사/형용사 + -거나 | 주말에는 책을 읽거나 영화를 봐요. Dam olish kunlari kitob o'qiyman yoki kino ko'raman. | (이)나 -든지 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침ga qaramay -거나. Ot uchun esa (이)나 ishlatiladi.
Izoh — qachon ishlatiladi«아무리 ...-거나» yoki «-거나 -거나» juft shaklda «...-sa ham, ...-sa ham» ma'nosi chiqadi. |
|||||