Grammar bank · Grammatika bazasi

116 grammar patterns for IELTS — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

Ergash gaplar — Clauses

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
non-defining relative clause ★★☆ 5 izohlovchi ergash gap — qo‘shimcha ma’lumot beradi (vergul bilan) , which/who + verb , Online courses, which have grown rapidly since 2020, reach students in remote areas. 2020-yildan beri jadal o‘sgan onlayn kurslar chekka hududlardagi talabalarga yetib boradi. defining relative clause
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Har doim vergul bilan ajratiladi va that ISHLATILMAYDI: ❌ Tashkent, that is the capital… → ✅ Tashkent, which is the capital…. Butun gapga ishora qilishi ham mumkin: …, which explains the rise.

Izoh — qachon ishlatiladi

Task 1 uchun ajoyib vosita — raqamga izoh qo‘shadi: The figure peaked in 2008, which coincided with the financial crisis.

Bu «gapga ishora qiluvchi which» Band 7 belgisi, lekin faqat vergul bilan to‘g‘ri ishlatilsa.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ The number rose sharply which was surprising → vergul qo‘ying: ✅ rose sharply, which was surprising.

Namunalar

  • Online courses, which have grown rapidly since 2020, reach students in remote areas. 2020-yildan beri jadal o‘sgan onlayn kurslar chekka hududlardagi talabalarga yetib boradi.

O‘xshashlaridan farqi

To‘liq sahifasi
the fact that ★★☆ 5 «... ligi» — butun gapni ot qilib ishlatish The fact that + clause + verb The fact that fees have risen has deterred many applicants. To‘lovlarning oshgani ko‘p arizachilarni chekintirdi. that-clause despite / in spite of
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

The fact that + to‘liq gap — natijada butun birikma ot bo‘lib, ega yoki to‘ldiruvchi bo‘la oladi: The fact that wages have stagnated explains the fall in demand.

Izoh — qachon ishlatiladi

Predloglardan keyin gap kelolmaydi — shu yerda the fact that qutqaradi: ❌ despite he is young → ✅ despite the fact that he is young.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ Har jumlada takrorlash matnni og‘irlashtiradi. Bitta inshoda 1-2 marta.

Namunalar

  • The fact that fees have risen has deterred many applicants. To‘lovlarning oshgani ko‘p arizachilarni chekintirdi.
  • Despite the fact that the law was passed, enforcement remains weak. Qonun qabul qilinganiga qaramay, uning ijrosi hamon zaif.

O‘xshashlaridan farqi

  • that-clause — the fact that = gapni OT qiladi; that-clause = fe’lga bog‘lanadi
  • despite / in spite of — despite + the fact that = predlogdan keyin gap qo‘yishning yo‘li
To‘liq sahifasi