Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

Sabab — 이유·원인

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-는 바람에 ★★★ 4 «-gani tufayli (kutilmaganda)» — salbiy natija 동사 + -는 바람에 갑자기 비가 오는 바람에 옷이 다 젖었어요. To'satdan yomg'ir yog'ib, kiyimim shalabbo bo'ldi. -느라고 -는 통에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Doim -는 shaklida (o'tgan zamon bo'lsa ham): ❌ 온 바람에 → ✅ 오는 바람에
Ikkinchi qism odatda o'tgan zamonda.

Izoh — qachon ishlatiladi

Sabab — tasodifiy, kutilmagan, mendan tashqarida. Natija salbiy. 느라고 dan farqi: bu yerda ayb menda emas.

Namunalar

  • 갑자기 비가 오는 바람에 옷이 다 젖었어요. To'satdan yomg'ir yog'ib, kiyimim shalabbo bo'ldi.
  • 버스가 늦게 오는 바람에 지각했다. Avtobus kech kelgani uchun kechikdim.

O‘xshashlaridan farqi

  • -느라고 — -느라고 = o'zim qilgan ish sabab; -는 바람에 = tashqi, kutilmagan hodisa
  • -는 통에 — -는 통에 = shovqin/tartibsizlik sababli — yanada salbiy va og'zaki
To‘liq sahifasi
덕분에 / 탓에 ★★☆ 4 덕분에 = «sharofati bilan» (ijobiy) · 탓에 = «aybi bilan» (salbiy) 명사 + 덕분에/탓에 · 동사 + -(으)ㄴ 덕분에 / -(으)ㄴ 탓에 친구 덕분에 한국 생활에 빨리 적응했어요. Do'stim sharofati bilan Koreya hayotiga tez moslashdim. (으)로 인해
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ijobiy natija → 덕분에 · Salbiy natija → 탓에 (yoki 탓으로)

Izoh — qachon ishlatiladi

Bu juftlikda natijaning belgisi shaklni tanlaydi. Minnatdorchilik bildirishda: 선생님 덕분에 합격했습니다.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 게으른 덕분에 실패했다 → ✅ 게으른 탓에 실패했다.

Namunalar

  • 친구 덕분에 한국 생활에 빨리 적응했어요. Do'stim sharofati bilan Koreya hayotiga tez moslashdim.
  • 준비가 부족한 탓에 시험을 망쳤다. Tayyorgarlik yetishmagani aybi bilan imtihonni buzdim.

O‘xshashlaridan farqi

  • (으)로 인해 — (으)로 인해 = neytral rasmiy; 덕분에/탓에 = baho beradi (ijobiy/salbiy)
To‘liq sahifasi

Qarama-qarshilik — 대조·반대

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄴ/는 반면에 ★★★ 4 «-ning aksincha, boshqa tomondan» 동사 + -는 반면에 · 형용사 + -(으)ㄴ 반면에 도시는 편리한 반면에 공기가 나쁘다. Shahar qulay, buning aksincha havosi yomon. -지만 -(으)ㄴ/는 데 반해
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l → -는 반면에 · Sifat → -(으)ㄴ 반면에 · Ot → 인 반면에

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 53/54 uchun kuchli ibora — ikki tomonni taqqoslash qismida. Tayyor qolip: A는 [장점]인 반면에 B는 [단점]이다.

Namunalar

  • 도시는 편리한 반면에 공기가 나쁘다. Shahar qulay, buning aksincha havosi yomon.
  • 수입은 늘어난 반면에 지출도 증가했다. Daromad oshgan, shu bilan birga xarajat ham ko'paygan.

O‘xshashlaridan farqi

  • -지만 — -지만 = qisqa qarshilik; -는 반면에 = ikki narsani tizimli taqqoslash
  • -(으)ㄴ/는 데 반해 — deyarli bir xil — 데 반해 biroz rasmiyroq
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ/는 대신에 ★★☆ 4 «-ning o'rniga, evaziga» 동사 + -는 대신에 · 형용사 + -(으)ㄴ 대신에 · 명사 + 대신에 주말에 일하는 대신에 월요일에 쉬어요. Dam olish kuni ishlaganim evaziga dushanba dam olaman. -는 반면에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ot bilan: 커피 대신에 차를 마셔요.

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikki ma'no: almashtirish (A o'rniga B) va kompensatsiya (A bor, buning evaziga B).

Namunalar

  • 주말에 일하는 대신에 월요일에 쉬어요. Dam olish kuni ishlaganim evaziga dushanba dam olaman.
  • 설탕 대신에 꿀을 넣었어요. Shakar o'rniga asal soldim.

O‘xshashlaridan farqi

  • -는 반면에 — -는 반면에 = taqqoslash («aksincha»); -는 대신에 = almashtirish/evaz
To‘liq sahifasi

Maqsad — 목적

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄴ/는 데(에) ★★★ 4 «-ishda, -ish uchun» — vazifa/soha ko'rsatish 동사 + -는 데(에) + 도움이 되다/필요하다/중요하다 한국어를 배우는 데 시간이 오래 걸렸다. Koreys tilini o'rganishda ko'p vaqt ketdi. -기 위해서
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

⚠️ Bu — «-는데» (fon) emas. Ajratib yoziladi va ko'pincha «도움이 되다, 시간이 걸리다, 필요하다» bilan keladi.

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 54 da eng ko'p ishlatiladigan qoliplardan biri: 이 방법은 문제를 해결하는 데 큰 도움이 된다.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

«-는데» (bir so'z, fon) va «-는 데» (ikki so'z, «...-ishda») ni farqlang: 비가 오는데 우산이 없다 (fon) ≠ 공부하는 데 시간이 걸린다 (vazifa).

Namunalar

  • 한국어를 배우는 데 시간이 오래 걸렸다. Koreys tilini o'rganishda ko'p vaqt ketdi.
  • 이 프로그램은 취업하는 데에 도움이 된다. Bu dastur ishga joylashishda yordam beradi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -기 위해서 — -기 위해서 = maqsad («uchun»); -는 데 = soha/vazifa («...-ishda»)
To‘liq sahifasi

Taxmin — 추측

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄹ 뻔하다 ★★☆ 4 «-ayozdi, sal bo'lmasa -ardi» 동사 + -(으)ㄹ 뻔하다 길이 미끄러워서 넘어질 뻔했어요. Yo'l sirpanchiq bo'lgani uchun yiqilayozdim. -(으)ㄹ 지경이다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Deyarli doim o'tgan zamonda: -(으)ㄹ 뻔했다.

Izoh — qachon ishlatiladi

Bo'lishiga oz qolgan, lekin bo'lmagan — odatda yomon narsa.

Namunalar

  • 길이 미끄러워서 넘어질 뻔했어요. Yo'l sirpanchiq bo'lgani uchun yiqilayozdim.
  • 하마터면 지갑을 잃어버릴 뻔했다. Sal bo'lmasa hamyonimni yo'qotayozdim.

O‘xshashlaridan farqi

To‘liq sahifasi

Daraja va miqdor — 정도·수량

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄹ 만하다 ★★☆ 4 «-ishga arziydi, -sa bo'ladi» 동사 + -(으)ㄹ 만하다 이 영화는 한번 볼 만해요. Bu kinoni bir ko'rishga arziydi. -(으)ㄹ 가치가 있다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Aniqlovchi shakl: -(으)ㄹ 만한 + 명사

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikki ma'no: tavsiya (가 볼 만한 곳 — borishga arziydigan joy) va chidasa bo'ladi (참을 만해요).

Namunalar

  • 이 영화는 한번 볼 만해요. Bu kinoni bir ko'rishga arziydi.
  • 경주는 여행할 만한 도시이다. Gyeongju — sayohat qilishga arziydigan shahar.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄹ 가치가 있다 — -(으)ㄹ 가치가 있다 = rasmiy «qimmatga ega»; -(으)ㄹ 만하다 = og'zaki tavsiya
To‘liq sahifasi