Grammar bank · Grammatika bazasi

151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.

Qanday ishlatiladi: bitta grammatikani qidirsangiz — yuqoridagi qidiruvdan yozing. Bir-biriga o‘xshash grammatikalarni solishtirish uchun “Ma’nosi bo‘yicha” ko‘rinishiga o‘ting: bir xil ma’noli barcha shakllar (masalan, hamma sabab grammatikalari) yonma-yon turadi. Har qatordagi “Batafsil” ni bosing — namunalar, farqi va tez-tez qilinadigan xatolar ochiladi.

Sabab — 이유·원인

7 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-길래 / -기에 ★★☆ 5 «-gani uchun (shuni ko'rib)» — sabab + men qilgan ish 동사/형용사 + -길래 (og'zaki) / -기에 (yozma) 아이가 울길래 사탕을 줬어요. Bola yig'layotgani uchun konfet berdim. -아서/어서 -(으)니까
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Birinchi qism egasi — boshqa odam, ikkinchi qism egasi — men.

Izoh — qachon ishlatiladi

«Shunday bo'lganini ko'rdim/eshitdim, shuning uchun men bunday qildim» ohangi. Ikkinchi qismda buyruq kelmaydi.

Namunalar

  • 아이가 울길래 사탕을 줬어요. Bola yig'layotgani uchun konfet berdim.
  • 날씨가 좋기에 산책을 나갔다. Havo yaxshi bo'lgani uchun sayrga chiqdim.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아서/어서 — -아서 = neytral sabab; -길래 = «buni ko'rib men shunday qildim»
  • -(으)니까 — -(으)니까 = buyruq bilan ishlaydi; -길래 = faqat o'z harakatim haqida
To‘liq sahifasi
-(으)므로 ★★☆ 5 sabab — «-ligi bois» (ilmiy, rasmiy) 동사/형용사 + -(으)므로 자료가 부족하므로 결론을 내리기 어렵다. Ma'lumot yetarli emasligi bois xulosa chiqarish qiyin. -기 때문에 따라서
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -므로 · 받침 bor → -으므로 · O'tgan: -았/었으므로

Izoh — qachon ishlatiladi

Eng quruq, kitobiy sabab shakli: qonun, hisobot, ilmiy maqola, 읽기 41-50. Og'zaki nutqda deyarli ishlatilmaydi.

Namunalar

  • 자료가 부족하므로 결론을 내리기 어렵다. Ma'lumot yetarli emasligi bois xulosa chiqarish qiyin.
  • 규정을 위반하였으므로 처벌을 받는다. Qoidani buzgani uchun jazolanadi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -기 때문에 — -기 때문에 = umumiy yozma; -(으)므로 = ilmiy/huquqiy, quruqroq
  • 따라서 — 따라서 = bog'lovchi ravish, alohida jumla boshlaydi; -(으)므로 = gap ichida
To‘liq sahifasi
-(으)로 인해(서) ★★★ 5 «-tufayli, sababli» — rasmiy sabab (ot bilan) 명사 + (으)로 인해(서) · 동사 + -(으)ㅁ으로 인해 기후 변화로 인해 자연재해가 늘고 있다. Iqlim o'zgarishi tufayli tabiiy ofatlar ko'paymoqda. 때문에 덕분에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q/ㄹ → 로 인해 · boshqa 받침 → 으로 인해

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 53 uchun oltin ibora — grafik izohlashda sabab ko'rsatadi: 인구 감소로 인해 노동력이 부족해졌다.

Namunalar

  • 기후 변화로 인해 자연재해가 늘고 있다. Iqlim o'zgarishi tufayli tabiiy ofatlar ko'paymoqda.
  • 경제 위기로 인해 실업률이 상승했다. Iqtisodiy inqiroz sababli ishsizlik darajasi oshdi.

O‘xshashlaridan farqi

  • 때문에 — 때문에 = neytral; (으)로 인해 = rasmiy hisobot uslubi
  • 덕분에 — 덕분에 = IJOBIY natija («tufayli, sharofati bilan»); (으)로 인해 = neytral/salbiy
To‘liq sahifasi
-(으)ㅁ에 따라 / -(으)ㅁ에 따르면 ★★★ 5 «-ga qarab, -ga ko'ra» — bog'liqlik va manba 명사 + 에 따라 · 동사 + -(으)ㅁ에 따라 · 명사 + 에 따르면 통계청 자료에 따르면 1인 가구가 크게 늘었다. Statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra yolg'iz yashovchi xonadonlar keskin ko'paydi. -(으)ㄹ수록 (으)로 인해
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

에 따라 = «...ga qarab o'zgaradi» · 에 따르면 = «...ga ko'ra» (manba)

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 53 ning eng kerakli iborasi — grafik manbasini ko'rsatadi: 조사 결과에 따르면 ...

Bog'liqlik uchun: 소득이 증가함에 따라 소비도 늘었다.

Namunalar

  • 통계청 자료에 따르면 1인 가구가 크게 늘었다. Statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra yolg'iz yashovchi xonadonlar keskin ko'paydi.
  • 기술이 발전함에 따라 일자리 구조가 변하고 있다. Texnologiya rivojlangani sari ish o'rinlari tuzilishi o'zgarmoqda.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄹ수록 — -(으)ㄹ수록 = «...-gan sari» (og'zakiroq); -(으)ㅁ에 따라 = rasmiy, hisobot uslubi
  • (으)로 인해 — (으)로 인해 = sabab-natija; 에 따라 = mutanosib o'zgarish
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ/는 만큼 ★★☆ 5 «-gani darajasida / -gani uchun» 동사 + -는 만큼 · 형용사 + -(으)ㄴ 만큼 노력한 만큼 좋은 결과를 얻었다. Harakat qilganim darajasida yaxshi natija oldim. 만큼 -기 때문에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ot bilan: 전문가인 만큼

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikki ma'no: daraja (노력한 만큼 결과가 나온다) va rasmiy sabab (전문가인 만큼 책임도 크다).

Namunalar

  • 노력한 만큼 좋은 결과를 얻었다. Harakat qilganim darajasida yaxshi natija oldim.
  • 시간이 부족한 만큼 계획이 중요하다. Vaqt yetishmagani uchun reja muhim.

O‘xshashlaridan farqi

  • 만큼 — otga qo'shiladigan varianti (taqqoslash)
  • -기 때문에 — -기 때문에 = sof sabab; -(으)ㄴ 만큼 = «shu darajada bo'lgani uchun»
To‘liq sahifasi
따라서 ★★★ 5 «shunday ekan, binobarin» — mantiqiy xulosa 문장 앞 자원은 한정되어 있다. 따라서 절약이 필요하다. Resurslar cheklangan. Shunday ekan, tejash zarur. 그러므로 그래서 -(으)므로
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 54 xulosa paragrafining birinchi so‘zi. Tayyor qolip: 따라서 [주체]은/는 [행동]해야 할 것이다.

Namunalar

  • 자원은 한정되어 있다. 따라서 절약이 필요하다. Resurslar cheklangan. Shunday ekan, tejash zarur.

O‘xshashlaridan farqi

  • 그러므로 — deyarli bir xil; 그러므로 biroz ko‘proq kitobiy
  • 그래서 — 그래서 = og‘zaki, oddiy sabab; 따라서 = rasmiy mantiqiy xulosa
  • -(으)므로 — gap ichida bog‘laydigan varianti
To‘liq sahifasi
그러므로 ★★☆ 5 «shu sababli» — ilmiy/rasmiy xulosa 문장 앞 모든 자료가 이를 뒷받침한다. 그러므로 결론은 분명하다. Barcha ma’lumot buni tasdiqlaydi. Shu sababli xulosa aniq. 따라서
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Izoh — qachon ishlatiladi

따라서 dan ham quruqroq: ilmiy maqola, qonun matni, falsafiy dalil.

Namunalar

  • 모든 자료가 이를 뒷받침한다. 그러므로 결론은 분명하다. Barcha ma’lumot buni tasdiqlaydi. Shu sababli xulosa aniq.

O‘xshashlaridan farqi

  • 따라서 — 따라서 = keng qo‘llanadigan rasmiy xulosa; 그러므로 = eng kitobiy
To‘liq sahifasi

Qarama-qarshilik — 대조·반대

5 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
은/는커녕 ★☆☆ 5 «u yoqda tursin, ... ham emas» 명사 + 은/는커녕 · 동사 + -기는커녕 여행은커녕 주말에 쉬지도 못했어요. Sayohat u yoqda tursin, dam olish kuni dam ham ololmadim. 조차
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ikkinchi qismda ko'pincha 도 keladi: A는커녕 B 안/못...

Izoh — qachon ishlatiladi

Kutilgan katta narsani inkor qilib, undan ham kichigini inkor qiladi. 쓰기 va 읽기 da kuchli ta'sir beradi.

Namunalar

  • 여행은커녕 주말에 쉬지도 못했어요. Sayohat u yoqda tursin, dam olish kuni dam ham ololmadim.
  • 칭찬은커녕 혼만 났다. Maqtov o'rniga faqat urishish eshitdim.

O‘xshashlaridan farqi

  • 조차 — 조차 = «hatto ... ham emas»; 은/는커녕 = ikki bosqichli inkor (kattasi ham, kichigi ham)
To‘liq sahifasi
-(으)나 ★★☆ 5 «lekin, biroq» — yozma uslub 동사/형용사 + -(으)나 노력은 하였으나 결과가 좋지 않았다. Harakat qilindi, biroq natija yaxshi bo'lmadi. -지만
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q → -나 · 받침 bor → -으나 · O'tgan: -았/었으나

Izoh — qachon ishlatiladi

지만 ning kitobiy varianti. 쓰기 54 inshosida uslubni ko'taradi.

Namunalar

  • 노력은 하였으나 결과가 좋지 않았다. Harakat qilindi, biroq natija yaxshi bo'lmadi.
  • 비용은 많이 드나 효과가 확실하다. Xarajat ko'p ketadi, lekin samarasi aniq.

O‘xshashlaridan farqi

  • -지만 — -지만 = neytral/og'zaki; -(으)나 = yozma, rasmiy
To‘liq sahifasi
-기는커녕 / -기는 하지만 ★★☆ 5 «u yoqda tursin» · «...-ishi -adi-yu, lekin» 동사/형용사 + -기는커녕 · -기는 하지만 쉬기는커녕 밥 먹을 시간도 없었다. Dam olish u yoqda tursin, ovqatlanishga ham vaqt bo'lmadi. 은/는커녕 -지만
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

-기는커녕 = kutilganini ham, undan kichigini ham inkor qiladi
-기는 하지만 = qisman tan olib, keyin qarshi chiqadi (qisqargani: -긴 하지만)

Izoh — qachon ishlatiladi

-기는 하지만 munozara inshosida juda foydali — qarama-qarshi fikrni tan olib, keyin o'z fikrini aytish: 편리하기는 하지만 부작용도 있다.

Namunalar

  • 쉬기는커녕 밥 먹을 시간도 없었다. Dam olish u yoqda tursin, ovqatlanishga ham vaqt bo'lmadi.
  • 이 방법이 효과적이기는 하지만 비용이 많이 든다. Bu usul samarali-yu, lekin xarajati ko'p.

O‘xshashlaridan farqi

  • 은/는커녕 — otga qo'shiladigan varianti
  • -지만 — -지만 = oddiy qarshilik; -기는 하지만 = avval tan oladi, keyin qarshi chiqadi
To‘liq sahifasi
반면(에) ★★★ 5 «boshqa tomondan, aksincha» — ikki tomonni taqqoslash 문장 앞 · 명사 + 인 반면 도시는 편리하다. 반면에 생활비가 많이 든다. Shahar qulay. Buning aksincha, turmush xarajati ko‘p. -(으)ㄴ/는 반면에 오히려
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 53/54 uchun eng foydali taqqoslash bog‘lovchisi. Grafikda ikki guruhni yonma-yon qo‘yganda: 남성은 40%였다. 반면에 여성은 60%로 나타났다.

Namunalar

  • 도시는 편리하다. 반면에 생활비가 많이 든다. Shahar qulay. Buning aksincha, turmush xarajati ko‘p.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄴ/는 반면에 — gap ICHIDA bog‘laydigan varianti — ma’nosi bir xil
  • 오히려 — 오히려 = kutilganning teskarisi (hayrat); 반면에 = neytral taqqoslash
To‘liq sahifasi
한편 ★★☆ 5 «boshqa tomondan; shu bilan birga» 문장 앞 수출은 늘었다. 한편 수입은 큰 변화가 없었다. Eksport ortdi. Boshqa tomondan, importda katta o‘zgarish bo‘lmadi. 반면에
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Izoh — qachon ishlatiladi

Mavzuning boshqa qirrasiga o‘tadi — 반면에 kabi qarshi qo‘ymaydi, shunchaki yangi tomonni ochadi. Yangiliklar uslubida ko‘p.

Namunalar

  • 수출은 늘었다. 한편 수입은 큰 변화가 없었다. Eksport ortdi. Boshqa tomondan, importda katta o‘zgarish bo‘lmadi.

O‘xshashlaridan farqi

  • 반면에 — 반면에 = aniq qarama-qarshilik; 한편 = boshqa qirrani ochish
To‘liq sahifasi

Shart — 조건·가정

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-는 한 / -지 않는 한 ★★☆ 5 «-gan ekan, -masa» — chegara shart 동사 + -는 한 특별한 일이 없는 한 제시간에 도착할 것이다. Alohida hodisa bo'lmasa, o'z vaqtida yetib boraman. -(으)면 -아야
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Inkor shakli juda ko'p: -지 않는 한 («...-masa»).

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 54 uchun kuchli qolip: 인식이 바뀌지 않는 한 문제는 해결되지 않을 것이다.

Namunalar

  • 특별한 일이 없는 한 제시간에 도착할 것이다. Alohida hodisa bo'lmasa, o'z vaqtida yetib boraman.
  • 정책이 바뀌지 않는 한 상황은 나아지지 않는다. Siyosat o'zgarmas ekan, vaziyat yaxshilanmaydi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)면 — -(으)면 = oddiy shart; -는 한 = «shu holat davom etar ekan» degan chegara
  • -아야 — -아야 = «faqat shu shart bilan»; -지 않는 한 = «bo'lmasa, hech qachon»
To‘liq sahifasi

Qarshi qo‘yish — 양보

2 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㅁ에도 불구하고 ★★★ 5 «-ga qaramasdan» — rasmiy qarshi qo'yish 동사/형용사 + -(으)ㅁ에도 불구하고 · 명사 + 에도 불구하고 여러 대책에도 불구하고 문제는 해결되지 않았다. Ko'plab chora-tadbirlarga qaramasdan muammo hal bo'lmadi. -(으)ㄴ/는데도 -더라도
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'lni ot qilish: 노력하다 → 노력 → 노력함에도 불구하고
Ot: 노력에도 불구하고

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 54 uchun eng yuqori darajali qarshi qo'yish iborasi. -는데도 ning rasmiy varianti.

Namunalar

  • 여러 대책에도 불구하고 문제는 해결되지 않았다. Ko'plab chora-tadbirlarga qaramasdan muammo hal bo'lmadi.
  • 경제가 어려움에도 불구하고 소비는 증가했다. Iqtisod og'ir bo'lishiga qaramay iste'mol oshdi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄴ/는데도 — -는데도 = og'zaki/neytral; -(으)ㅁ에도 불구하고 = rasmiy yozma
  • -더라도 — -더라도 = faraziy («bo'lsa ham»); 에도 불구하고 = ro'y bergan faktga qaramay
To‘liq sahifasi
그럼에도 불구하고 ★★☆ 5 «shunga qaramasdan» 문장 앞 여러 대책이 마련되었다. 그럼에도 불구하고 상황은 나아지지 않았다. Bir qancha chora ko‘rildi. Shunga qaramasdan vaziyat yaxshilanmadi. -(으)ㅁ에도 불구하고 그러나
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Izoh — qachon ishlatiladi

Eng kuchli yozma qarshi qo‘yish bog‘lovchisi. 쓰기 54 dagi «chora ko‘rildi, lekin natija yo‘q» qismi uchun.

Namunalar

  • 여러 대책이 마련되었다. 그럼에도 불구하고 상황은 나아지지 않았다. Bir qancha chora ko‘rildi. Shunga qaramasdan vaziyat yaxshilanmadi.

O‘xshashlaridan farqi

To‘liq sahifasi

Maqsad — 목적

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-고자 / -고자 하다 ★★☆ 5 «-moqchi, -ish maqsadida» — rasmiy niyat 동사 + -고자 (하다) 이 글에서는 청년 실업 문제를 살펴보고자 한다. Ushbu maqolada yoshlar ishsizligi muammosini ko'rib chiqmoqchimiz. -(으)려고 -기 위해서
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

-(으)려고 ning rasmiy yozma varianti. Ikki qism egasi bir xil.

Izoh — qachon ishlatiladi

Taqdimot, ariza va ilmiy matnlarda: 본 연구에서는 ...을/를 살펴보고자 한다.

Namunalar

  • 이 글에서는 청년 실업 문제를 살펴보고자 한다. Ushbu maqolada yoshlar ishsizligi muammosini ko'rib chiqmoqchimiz.
  • 고객의 불편을 줄이고자 제도를 개선하였다. Mijozlar noqulayligini kamaytirish maqsadida tizim takomillashtirildi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)려고 — -(으)려고 = og'zaki niyat; -고자 = rasmiy yozma
  • -기 위해서 — -기 위해서 = umumiy maqsad; -고자 = so'zlovchining niyati, kitobiy
To‘liq sahifasi

Taxmin — 추측

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-기 마련이다 / -게 마련이다 ★★☆ 5 «tabiiy, albatta shunday bo'ladi» 동사/형용사 + -기/-게 마련이다 사람은 누구나 실수하기 마련이다. Har qanday odam xato qilishi tabiiy. -는 법이다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ikki shakl ham to'g'ri va bir xil ma'noda.

Izoh — qachon ishlatiladi

Umumiy haqiqat va tabiiy qonuniyat haqida. 쓰기 54 da fikrni umumlashtirishda kuchli ta'sir beradi.

Namunalar

  • 사람은 누구나 실수하기 마련이다. Har qanday odam xato qilishi tabiiy.
  • 노력하면 좋은 결과가 나오게 마련이다. Harakat qilsang, yaxshi natija chiqishi tabiiy.

O‘xshashlaridan farqi

  • -는 법이다 — -는 법이다 = «qoidasi shunday» — deyarli bir xil, biroz kitobiyroq
To‘liq sahifasi

O‘zgarish va holat — 변화·상태

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄴ 채(로) ★★☆ 5 «-gan holicha (o'zgartirmasdan)» 동사 + -(으)ㄴ 채(로) 신발을 신은 채로 방에 들어갔다. Oyoq kiyimni yechmasdan xonaga kirdi. -(으)면서 -아/어 있다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Doim -(으)ㄴ shaklida (o'tgan aniqlovchi). Inkor: -지 않은 채.

Izoh — qachon ishlatiladi

Bir holat saqlanib turgan holda boshqa ish qilinadi — ko'pincha g'ayrioddiy yoki noqulay holat.

Namunalar

  • 신발을 신은 채로 방에 들어갔다. Oyoq kiyimni yechmasdan xonaga kirdi.
  • 불을 켠 채 잠이 들었어요. Chiroqni o'chirmasdan uxlab qoldim.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)면서 — -(으)면서 = ikki harakat birga; -(으)ㄴ 채로 = birinchi HOLAT saqlanadi
  • -아/어 있다 — -아 있다 = holatning o'zini bildiradi; -(으)ㄴ 채로 = «shu holatda» qo'shimcha ish
To‘liq sahifasi

Sanash va qo‘shish — 나열·첨가

3 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄹ 뿐만 아니라 ★★★ 5 «faqat ... emas, balki ... ham» 동사/형용사 + -(으)ㄹ 뿐만 아니라 · 명사 + 뿐만 아니라 이 제품은 값이 쌀 뿐만 아니라 품질도 좋다. Bu mahsulot arzon bo'libgina qolmay, sifati ham yaxshi. -(으)ㄴ/는 데다가 게다가
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Fe'l/sifat: 싸ㄹ 뿐만 아니라 · Ot: 학생뿐만 아니라
O'tgan: -았/었을 뿐만 아니라

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 54 uchun eng foydali qo'shish iborasi. Ikkinchi qism birinchisidan kuchliroq bo'lishi kerak.

Tayyor qolip: 이 방법은 비용이 적게 들 뿐만 아니라 효과도 크다.

Namunalar

  • 이 제품은 값이 쌀 뿐만 아니라 품질도 좋다. Bu mahsulot arzon bo'libgina qolmay, sifati ham yaxshi.
  • 환경 오염은 건강뿐만 아니라 경제에도 영향을 미친다. Ekologik ifloslanish sog'liqqagina emas, iqtisodga ham ta'sir qiladi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄴ/는 데다가 — -는 데다가 = «ustiga-ustak» (og'zakiroq); -(으)ㄹ 뿐만 아니라 = yozma, rasmiy
  • 게다가 — 게다가 = bog'lovchi ravish, yangi jumla boshlaydi
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ/는 데다가 ★★☆ 5 «ustiga-ustak, buning ustiga» 동사 + -는 데다가 · 형용사 + -(으)ㄴ 데다가 비가 오는 데다가 바람까지 불어서 춥다. Yomg'ir yog'ayotgani ustiga shamol ham esib, sovuq. -(으)ㄹ 뿐만 아니라
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Ikki qism bir xil yo'nalishda bo'lishi shart (ikkalasi ijobiy yoki ikkalasi salbiy).

Izoh — qachon ishlatiladi

❌ 값이 싼 데다가 품질이 나쁘다 — bu noto'g'ri (biri ijobiy, biri salbiy). Bunday holatda -지만 kerak.

Namunalar

  • 비가 오는 데다가 바람까지 불어서 춥다. Yomg'ir yog'ayotgani ustiga shamol ham esib, sovuq.
  • 실력이 좋은 데다가 성실하기까지 하다. Saviyasi yaxshi bo'lgani ustiga mehnatkash ham.

O‘xshashlaridan farqi

To‘liq sahifasi
★★☆ 5 «ya’ni, boshqacha aytganda» 문장 앞 응답자의 절반이 반대했다. 즉, 두 명 중 한 명은 부정적이었다. Respondentlarning yarmi qarshi chiqdi. Ya’ni, ikki kishidan biri salbiy qaragan. 다시 말해
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Izoh — qachon ishlatiladi

Oldingi fikrni boshqa so‘z bilan takrorlaydi, yangi fikr qo‘shmaydi.

Namunalar

  • 응답자의 절반이 반대했다. 즉, 두 명 중 한 명은 부정적이었다. Respondentlarning yarmi qarshi chiqdi. Ya’ni, ikki kishidan biri salbiy qaragan.

O‘xshashlaridan farqi

  • 다시 말해 — 다시 말해 = «boshqacha aytganda» — biroz uzunroq va yumshoqroq
To‘liq sahifasi

Ko‘chirma gap — 인용

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-(으)ㄴ/는 것으로 나타나다/보이다 ★★★ 5 «...ligi ma'lum bo'ldi / ko'rinmoqda» — hisobot uslubi 동사/형용사 + -(으)ㄴ/는 것으로 나타나다 1인 가구가 지속적으로 증가하는 것으로 나타났다. Yolg'iz yashovchi xonadonlar muttasil ortib borayotgani ma'lum bo'ldi. -다고 하다 -(으)ㅁ에 따르면
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Shu oilaga: -것으로 조사되다, -것으로 밝혀지다, -것으로 전망되다, -것으로 분석되다.

Izoh — qachon ishlatiladi

쓰기 53 ning asosiy jumla qolipi. Grafik natijasini bayon qiladi: 조사 결과 응답자의 60%가 찬성하는 것으로 나타났다.

Namunalar

  • 1인 가구가 지속적으로 증가하는 것으로 나타났다. Yolg'iz yashovchi xonadonlar muttasil ortib borayotgani ma'lum bo'ldi.
  • 내년에는 상황이 개선될 것으로 전망된다. Kelasi yil vaziyat yaxshilanishi kutilmoqda.

O‘xshashlaridan farqi

  • -다고 하다 — -다고 하다 = og'zaki ko'chirma; -것으로 나타나다 = rasmiy hisobot uslubi
  • -(으)ㅁ에 따르면 — 에 따르면 = manbani ko'rsatadi; -것으로 나타나다 = natijani bayon qiladi
To‘liq sahifasi

Bilib qolish — 발견·깨달음

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
-더니 / -았/었더니 ★★★ 5 -더니 = «...-gan edi, natijada» · -았더니 = «men ...-gan edim, natijada» 동사/형용사 + -더니 · 동사 + -았/었더니 동생이 감기에 걸리더니 결국 병원에 갔다. Ukam shamollagan edi, oxiri shifoxonaga bordi. -아서/어서 -더라고요
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

-더니: ega = boshqa odam, men ko'rgan holat
-았/었더니: ega = men, mening harakatim natijasi

Izoh — qachon ishlatiladi

TOPIK 5-6 da eng ko'p chalkashtiriladigan juftlik:

  • 아프소나가 열심히 공부하더니 1등을 했다. — Afsona tirishib o'qigan edi, natijada birinchi bo'ldi. (men kuzatdim)
  • 아침을 안 먹었더니 배가 고프다. — Nonushta qilmagan edim, natijada qornim och. (o'zim)

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ 내가 공부하더니 1등을 했다 → o'zim haqimda 더니 ishlatilmaydi. ✅ 공부했더니.

Namunalar

  • 동생이 감기에 걸리더니 결국 병원에 갔다. Ukam shamollagan edi, oxiri shifoxonaga bordi.
  • 운동을 시작했더니 건강이 좋아졌다. Sport bilan shug'ullana boshlagan edim, sog'ligim yaxshilandi.

O‘xshashlaridan farqi

  • -아서/어서 — -아서 = oddiy sabab; -았더니 = «men shunday qildim, natijada BILDIM/BO'LDI»
  • -더라고요 — -더라고요 = ko'rgan narsani xabar qiladi; -더니 = ko'rgan narsa + natijasi
To‘liq sahifasi

Daraja va miqdor — 정도·수량

4 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
조차 / 마저 ★★☆ 5 «hatto ... ham» — kutilmagan qo'shimcha (ko'pincha salbiy) 명사 + 조차 / 마저 이름조차 기억나지 않는다. Hatto ismi ham esimda yo'q. 까지
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

조차 — «hatto buni ham emas» (kutilganning eng oddiysi ham yo'q). 마저 — «oxirgisi ham» (bor edi, u ham ketdi).

Izoh — qachon ishlatiladi

Ikkalasi ham salbiy yoki afsus ohangida. Yozma uslub, TOPIK 5-6 읽기.

Namunalar

  • 이름조차 기억나지 않는다. Hatto ismi ham esimda yo'q.
  • 친구마저 나를 떠났다. Do'stim ham (oxirgi bo'lib) meni tark etdi.

O‘xshashlaridan farqi

  • 까지 — 까지 ijobiy gapda ham bo'ladi; 조차/마저 deyarli doim salbiy
  • — 도 = neytral «ham»; 조차 = «hatto ... ham» (kutilmagan)
To‘liq sahifasi
-(으)ㄴ/는 셈이다 ★★☆ 5 «hisobda shunday chiqadi, deyarli shunday» 동사 + -는 셈이다 · 형용사 + -(으)ㄴ 셈이다 숙제를 거의 다 했으니까 끝난 셈이다. Uy vazifasining deyarli hammasini qildim, demak tugagan hisob. -(으)ㄴ/는 편이다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

O'tgan: -(으)ㄴ 셈이다

Izoh — qachon ishlatiladi

Aniq shunday emas, lekin hisob-kitob qilsak natija bir xil. 쓰기 53 da grafikni umumlashtirishda foydali.

Namunalar

  • 숙제를 거의 다 했으니까 끝난 셈이다. Uy vazifasining deyarli hammasini qildim, demak tugagan hisob.
  • 열 명 중 아홉 명이 찬성했으니 모두 동의한 셈이다. O'n kishidan to'qqiztasi rozi bo'ldi — hammasi rozi hisob.

O‘xshashlaridan farqi

To‘liq sahifasi
-(으)ㄹ 따름이다 / -(으)ㄹ 뿐이다 ★☆☆ 5 «faqat shu, xolos» 동사/형용사 + -(으)ㄹ 따름이다 / -(으)ㄹ 뿐이다 최선을 다했을 뿐이다. Faqat qo'limdan kelganini qildim, xolos.
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

따름 kuchliroq va rasmiyroq; keng ishlatiladi.

Izoh — qachon ishlatiladi

Boshqa hech qanday imkoniyat/his yo'qligini ta'kidlaydi: 그저 감사할 따름입니다.

Namunalar

  • 최선을 다했을 뿐이다. Faqat qo'limdan kelganini qildim, xolos.
  • 도움을 주신 분들께 감사할 따름입니다. Yordam berganlarga faqat minnatdorman, xolos.

O‘xshashlaridan farqi

  • — 만 = neytral «faqat»; -(으)ㄹ 따름이다 = kitobiy, hissiy ta'kid
To‘liq sahifasi
-(으)ㄹ 지경이다 ★☆☆ 5 «shu darajaga yetdi (yomon holat)» 동사/형용사 + -(으)ㄹ 지경이다 일이 너무 많아서 죽을 지경이에요. Ish shunchalik ko'pki, o'lay deyapman. -(으)ㄹ 뻔하다
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

Deyarli doim salbiy holat bilan.

Izoh — qachon ishlatiladi

Chidab bo'lmas darajaga yetganini bildiradi: 배가 고파서 쓰러질 지경이다.

Namunalar

  • 일이 너무 많아서 죽을 지경이에요. Ish shunchalik ko'pki, o'lay deyapman.
  • 소음 때문에 잠을 못 잘 지경이다. Shovqin tufayli uxlay olmaydigan darajaga yetdim.

O‘xshashlaridan farqi

  • -(으)ㄹ 뻔하다 — -(으)ㄹ 뻔하다 = sodir bo'layozdi (bir lahza); -(으)ㄹ 지경이다 = davomiy og'ir holat
To‘liq sahifasi

Gap bo‘lagi — 문장 성분

1 ta
Grammatika Daraja Ma’nosi Qo‘shilishi Namuna O‘xshashlari
(으)로서 / (으)로써 ★★☆ 5 로서 = «sifatida» (maqom) · 로써 = «yordamida» (vosita) 명사 + (으)로서 / (으)로써 교사로서 책임감을 느낍니다. O'qituvchi sifatida mas'uliyat his qilaman. (으)로
Batafsil — namunalar, farqi, xatolar

Shakl qoidasi

받침 yo'q yoki ㄹ → 로서/로써 · boshqa 받침 → 으로서/으로써

Izoh — qachon ishlatiladi

Rasmiy yozma uslub — 쓰기 54 uchun juda foydali.

  • 로서 = rol, maqom: 학생으로서 최선을 다했다.
  • 로써 = vosita, usul: 대화로써 문제를 해결했다.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

Ikkisini almashtirib yuborish eng tez-tez uchraydigan xato. Esda saqlang: = 신분 (maqom), = 수단 (vosita).

Namunalar

  • 교사로서 책임감을 느낍니다. O'qituvchi sifatida mas'uliyat his qilaman.
  • 노력으로써 목표를 이루었다. Mehnat yordamida maqsadga erishdim.

O‘xshashlaridan farqi

  • (으)로 — (으)로 = umumiy vosita/yo'nalish; (으)로서/(으)로써 = rasmiy, aniq ma'no
To‘liq sahifasi