present perfect continuous

hozirgi tugallangan davomiy — o‘tmishda boshlanib, hozir ham davom etayotgan jarayon

★☆☆

Qanday yasaladi

S + have/has been + V-ing

have/has been + -ing. Odatda for / since bilan. Holat fe’llari (know, believe) bilan ishlatilmaydi.

Namunalar — Examples

Researchers have been studying this phenomenon since the 1980s. Tadqiqotchilar bu hodisani 1980-yillardan beri o‘rganib kelmoqda.

Izoh — qachon ishlatiladi

Davomiylikning o‘zini ta’kidlaydi: Scientists have been warning about this for decades. — «yillar davomida ogohlantirib kelishmoqda». Bitta yaxshi joyda ishlatilgan bu shakl Grammatical Range bahosini oshiradi.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ I am living here since 2019 → ✅ I have been living here since 2019 — o‘zbekcha «yashayapman» present continuous’ni tortadi, lekin ingliz tilida since bo‘lsa perfect kerak.

O‘xshash shakllar va farqi

present perfect perfect = qancha/qanday natija; perfect continuous = qancha VAQTDAN beri davom etayotgani
Grammatika jadvaliga qaytish