have / get something done

birovga qildirish — «... qildirmoq»

★☆☆

Qanday yasaladi

S + have/get + object + V3

have (neytral) yoki get (og‘zakiroq) + ot + 3-shakl: have a house built, get the car repaired. Ega ishni o‘zi bajarmaydi — boshqaga qildiradi.

Namunalar — Examples

Many companies have their products manufactured overseas. Ko‘p kompaniyalar mahsulotini chet elda ishlab chiqartiradi.

Izoh — qachon ishlatiladi

Speaking’da juda tabiiy: I had my documents translated. Writing’da esa xizmatlar haqida gapirganda: Wealthier families have their children tutored privately.

⚠️ Tez-tez qilinadigan xato

❌ I repaired my laptop — bu «o‘zim ta’mirladim» degani. Ustaga bergan bo‘lsangiz: ✅ I had my laptop repaired.

O‘xshash shakllar va farqi

make / let / have (causative) have something done = ish natijasi; make somebody do = odamga majburlash
Grammatika jadvaliga qaytish