Grammar bank · Grammatika bazasi
151 grammar patterns for TOPIK — meaning, where it attaches, examples and the near-synonyms you keep mixing up.
Sabab — 이유·원인
1 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| -(으)니까 ★★★ | 2 | sabab — «chunki»; buyruq va taklif bilan | 동사/형용사 + -(으)니까 | 시간이 없으니까 택시를 탑시다. Vaqt yo'q, shuning uchun taksi olaylik. | -아서/어서 -기 때문에 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -니까 (가다 → 가니까) · 받침 bor → -으니까 (먹다 → 먹으니까) · ㄹ tushadi: 살다 → 사니까
O'tgan zamon qo'shiladi: -았/었으니까 ✅ Izoh — qachon ishlatiladiIkkinchi qismda buyruq (-(으)세요), taklif (-(으)ㅂ시다), so'roq erkin keladi — 아서 da bu mumkin emas. Ikkinchi ma'nosi: «...-gach, ko'rsam» (bilib qolish): 집에 가니까 아무도 없었어요. ⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 늦으니까 죄송합니다 → ✅ 늦어서 죄송합니다. |
|||||
Qarama-qarshilik — 대조·반대
3 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| -(으)ㄴ/는데 ★★★ | 2 | fon berish yoki yumshoq qarshilik — «-di-yu, -gan edi» | 동사 + -는데 · 형용사 + -(으)ㄴ데 | 어제 영화를 봤는데 정말 좋았어요. Kecha kino ko'rdim — juda yaxshi ekan. | -지만 -(으)ㄴ/는 반면에 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasiFe'l → -는데 (가다 → 가는데) · Sifat 받침 yo'q → -ㄴ데 (크다 → 큰데) · 받침 bor → -은데 (좋다 → 좋은데)
O'tgan zamon hamma uchun: -았/었는데 Izoh — qachon ishlatiladiTOPIK'da eng ko'p uchraydigan grammatikalardan biri. Uch vazifa:
⚠️ Tez-tez qilinadigan xatoSifat va fe'lni chalkashtirish: ❌ 좋는데 → ✅ 좋은데 (sifat). ❌ 가은데 → ✅ 가는데 (fe'l). ⚠️ 있다/없다 fe'l kabi ishlaydi: 있는데. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
| 하지만 ★★★ | 2 | «lekin, ammo» — kundalik qarama-qarshilik | 문장 앞 | 한국어는 어렵습니다. 하지만 아주 재미있습니다. Koreys tili qiyin. Lekin juda qiziqarli. | 그러나 그런데 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarIzoh — qachon ishlatiladi그러나 bilan ma’nosi bir xil, uslubi erkinroq. 듣기 dialoglarida ko‘p. |
|||||
| 그런데 ★★★ | 2 | «lekin; aytgancha» — yumshoq qarshilik yoki mavzu almashtirish | 문장 앞 | 어제 시장에 갔어요. 그런데 문을 닫았더라고요. Kecha bozorga bordim. Lekin yopiq ekan. | 하지만 -(으)ㄴ/는데 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarIzoh — qachon ishlatiladiIkki vazifa: yumshoq qarshilik (비가 왔어요. 그런데 우산이 없었어요) va mavzuni burish (그런데 요즘 어떻게 지내세요?). ⚠️ Ikkinchi vazifasi tufayli 쓰기 54 da ishlatilmaydi — inshoda mavzu burilmasligi kerak. ⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 쓰기 54: ... 그런데 환경 문제도 심각하다. → ✅ 또한 / 그러나. 그런데 og‘zaki suhbat bog‘lovchisi. |
|||||
Qarshi qo‘yish — 양보
1 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| -아도/어도 ★★★ | 2 | «-sa ham» | 동사/형용사 + -아도/어도 | 아무리 어려워도 포기하지 않겠습니다. Qanchalik qiyin bo'lsa ham taslim bo'lmayman. | -더라도 -(으)ㄹ지라도 -(으)ㄴ/는데도 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasiㅏ/ㅗ → -아도 · boshqa → -어도 · 하다 → 해도
Ot: 학생이어도 · Kuchaytirish: 아무리 ...-아도 Izoh — qachon ishlatiladi아무리 bilan birga TOPIK 읽기 da doim uchraydi: 아무리 바빠도 아침은 먹어야 한다. «-아도 되다» = ruxsat («qilsa bo'ladi») — alohida ibora. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi |
|||||
Vaqt — 시간·순서
3 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| 마다 ★★☆ | 2 | «har» — takrorlanish | 명사 + 마다 | 주말마다 도서관에 가요. Har dam olish kuni kutubxonaga boraman. | (으)ㄹ 때마다 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasiVaqt bilan ham, sanaladigan otlar bilan ham: 날마다, 사람마다, 삼 년마다.
Izoh — qachon ishlatiladi매 (每) bilan yaqin: 매일 = 날마다, 매주 = 주마다. Lekin 마다 «har biri har xil» ma'nosini ham beradi: 사람마다 생각이 다르다 — har kimning fikri har xil. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
| -고 나서 / -(으)ㄴ 후에 ★★★ | 2 | «-gandan keyin» | 동사 + -고 나서 · 동사 + -(으)ㄴ 후에/다음에 | 숙제를 하고 나서 게임을 했어요. Uy vazifasini qilib bo'lgach, o'yin o'ynadim. | -자마자 -기 전에 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi-고 나서 = ish tugagach (tugallanish ta'kidi) · -(으)ㄴ 후에 / -(으)ㄴ 다음에 = shunchaki keyin
Ot bilan: 식사 후에 Izoh — qachon ishlatiladiIkkalasida ham ikkinchi harakat birinchisidan keyin bo'ladi. -고 나서 tugallanganlikni kuchliroq ta'kidlaydi. |
|||||
| -(으)면서 ★★★ | 2 | «-a turib, bir vaqtda» | 동사 + -(으)면서 | 음악을 들으면서 공부해요. Musiqa tinglab turib o'qiyman. | -는 동안 -다가 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -면서 · 받침 bor → -으면서
Ikki qismning egasi bir xil bo'lishi shart. Izoh — qachon ishlatiladiIkkinchi ma'nosi — qarama-qarshilik: 알면서 모르는 척한다 — bilib turib, bilmaganga oladi. ⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 아프소나가 노래하면서 자수르가 춤을 춰요 → egalar har xil. ✅ 아프소나가 노래하고 자수르가 춤을 춰요. |
|||||
Niyat va reja — 의도·계획
3 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| -(으)ㄹ래요 ★★☆ | 2 | «-moqchiman / -asanmi?» — o'z xohishi va do'stona taklif | 동사 + -(으)ㄹ래요 | 저는 집에서 쉴래요. Men uyda dam olaman. | -고 싶다 -(으)ㄹ게요 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -ㄹ래요 · 받침 bor → -을래요
Izoh — qachon ishlatiladiFaqat o'zim (xohish) yoki sen/siz (so'roq) uchun — uchinchi shaxsga ishlatilmaydi. Erkin ohang, shuning uchun ustozga aytilmaydi. ⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 선생님, 커피 드실래요? biroz erkin. ✅ 선생님, 커피 드시겠어요? |
|||||
| -(으)ㄹ게요 ★★☆ | 2 | «-aman» — tinglovchiga qaratilgan va'da/qaror | 동사 + -(으)ㄹ게요 | 제가 먼저 갈게요. Men oldinroq boraman. | -(으)ㄹ 거예요 -(으)ㄹ래요 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -ㄹ게요 · 받침 bor → -을게요. Talaffuzi [ㄹ께요].
Izoh — qachon ishlatiladiFaqat 1-shaxs uchun va faqat tinglovchi bo'lganda. «Sen aytganingdek qilaman» ohangi bor. ⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 내일 비가 올게요 → ✅ 내일 비가 올 거예요. Ob-havo va'da bera olmaydi — -(으)ㄹ게요 faqat «men» uchun. |
|||||
| -(으)려고 ★★★ | 2 | «-moqchi bo'lib, -ish uchun» — niyat | 동사 + -(으)려고 | 시험에 합격하려고 매일 공부해요. Imtihondan o'tish uchun har kuni o'qiyman. | -(으)러 -기 위해서 -고자 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -려고 · 받침 bor → -으려고
Yakka shakli: -(으)려고 하다 («-moqchi») Izoh — qachon ishlatiladiIkkinchi qismda buyruq/taklif kelmaydi — bu 기 위해서 dan farqi. -(으)려고 하다 = «-moqchiman»: 내년에 유학 가려고 해요. ⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 살을 빼려고 운동하세요 → ✅ 살을 빼기 위해 운동하세요. Buyruq bo'lsa 기 위해. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi |
|||||
Taxmin — 추측
3 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| -겠- ★★★ | 2 | qat'iy niyat yoki hozirgi taxmin | 동사/형용사 + -겠- | 제가 먼저 발표하겠습니다. Men birinchi bo'lib chiqaman. | -(으)ㄹ 거예요 -(으)ㄹ 것 같다 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침ga qaramay -겠-: 가겠습니다, 춥겠어요
O'tganga taxmin: -았/었겠- (힘들었겠어요) Izoh — qachon ishlatiladiUch ma'no:
Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
| -(으)ㄴ/는 것 같다 ★★★ | 2 | «-ga o'xshaydi, shekilli» — taxmin | 동사 + -는 것 같다 · 형용사 + -(으)ㄴ 것 같다 · 과거 + -(으)ㄴ 것 같다 | 밖에 비가 오는 것 같아요. Tashqarida yomg'ir yog'ayotganga o'xshaydi. | -나 보다 -(으)ㄹ 것이다 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasiHozirgi fe'l → -는 것 같다 · Sifat → -(으)ㄴ 것 같다
O'tgan → -(으)ㄴ 것 같다 · Kelasi/taxmin → -(으)ㄹ 것 같다 Izoh — qachon ishlatiladiFikrni yumshatish uchun ham ishlatiladi — koreyslar qat'iy gapirmaslik uchun ko'p qo'llaydi: 이 옷이 좀 비싼 것 같아요. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
| -(으)ㄹ 것 같다 ★★★ | 2 | «-adiganga o'xshaydi» — kelajakka taxmin | 동사/형용사 + -(으)ㄹ 것 같다 | 오후에 눈이 올 것 같아요. Tushdan keyin qor yog'sa kerak. | -겠- |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -ㄹ 것 같다 · 받침 bor → -을 것 같다
Izoh — qachon ishlatiladiRad javobini yumshatishning eng ko'p ishlatiladigan usuli: 내일은 좀 어려울 것 같아요. — Ertaga biroz qiyin bo'lsa kerak (= bora olmayman). Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
Imkoniyat va qobiliyat — 가능·능력
1 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| -(으)ㄹ 줄 알다/모르다 ★★☆ | 2 | «-ishni bilmoq / bilmaslik» — o'rganilgan mahorat | 동사 + -(으)ㄹ 줄 알다/모르다 | 셰르베크는 기타를 칠 줄 알아요. Sherbek gitara chalishni biladi. | -(으)ㄹ 수 있다 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -ㄹ 줄 알다 · 받침 bor → -을 줄 알다
Izoh — qachon ishlatiladiMashq qilib o'rganilgan ko'nikma haqida: suzish, mashina haydash, chalish. Shu sababli «hozir vaqtim bor» ma'nosida ishlatilmaydi. ⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 오늘 갈 줄 알아요 → ✅ 오늘 갈 수 있어요. Bugungi imkoniyat — mahorat emas. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
Majburiyat va ruxsat — 의무·허락
3 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| -아야/어야 하다(되다) ★★★ | 2 | «-ish kerak, -ishi shart» | 동사/형용사 + -아야/어야 하다 | 내일까지 보고서를 제출해야 합니다. Ertagacha hisobotni topshirishim kerak. | -(으)면 안 되다 -(으)ㄹ 필요가 있다 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasiㅏ/ㅗ → -아야 하다 · boshqa → -어야 하다 · 하다 → 해야 하다
되다 og'zakiroq, 하다 rasmiyroq. Izoh — qachon ishlatiladi쓰기 54 xulosasi uchun oltin qolip: 따라서 [주체]은/는 [행동]해야 할 것이다. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
| -아도/어도 되다 ★★☆ | 2 | «-sa bo'ladi, mumkin» — ruxsat | 동사 + -아도/어도 되다 | 여기에서 사진을 찍어도 돼요? Bu yerda surat olsam bo'ladimi? | -(으)면 안 되다 -(으)ㄹ 수 있다 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi되다 o'rniga 괜찮다, 좋다 ham kelishi mumkin: 가도 괜찮아요.
Izoh — qachon ishlatiladiRuxsat so'rash: 여기 앉아도 돼요? — Bu yerga o'tirsam bo'ladimi? Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
| -(으)면 안 되다 ★★★ | 2 | «-sa bo'lmaydi, mumkin emas» — taqiq | 동사/형용사 + -(으)면 안 되다 | 도서관에서 큰 소리로 말하면 안 됩니다. Kutubxonada baland ovozda gapirish mumkin emas. | -지 마세요 -아도 되다 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -면 안 되다 · 받침 bor → -으면 안 되다
Izoh — qachon ishlatiladiE'lon va qoidalarda ko'p uchraydi — TOPIK 읽기 안내문 savollari. ⚠️ «안 -(으)면 안 되다» = ikki inkor = majburiyat: 가지 않으면 안 돼요 = borish shart. |
|||||
Tajriba va odat — 경험·습관
1 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| -(으)ㄴ 적이 있다/없다 ★★★ | 2 | «-gan bor / -gan emas» — tajriba | 동사 + -(으)ㄴ 적이 있다/없다 | 한국에 가 본 적이 있어요? Koreyaga borganmisiz? | -아/어 보다 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -ㄴ 적이 있다 · 받침 bor → -은 적이 있다
적 o'rniga 일 ham: -(으)ㄴ 일이 있다 Izoh — qachon ishlatiladiBir marta bo'lsa ham boshdan kechirgan narsa haqida. Yaqin o'tmish uchun ishlatilmaydi. ⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 어제 김치를 먹은 적이 있어요 → ✅ 어제 김치를 먹었어요. Kecha bo'lgan ish — tajriba emas. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
Taqqoslash — 비교
1 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| 처럼 / 같이 ★★☆ | 2 | «-dek, kabi» — o'xshatish | 명사 + 처럼 / 같이 | 아프소나는 가수처럼 노래해요. Afsona xonandadek kuylaydi. | 만큼 보다 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasiIkkalasi ham bir xil ishlaydi; 처럼 yozma nutqda ko'proq.
Izoh — qachon ishlatiladi«같은 + 명사» shakli otni aniqlaydi: 아이같은 얼굴 — bolanikidek yuz. «처럼» esa fe'l/sifatni aniqlaydi: 아이처럼 웃어요. |
|||||
Tanlov — 선택
2 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| (이)나 ★★☆ | 2 | «yoki»; miqdor bilan «-tacha, ancha» | 명사 + (이)나 | 주스나 물을 주세요. Sharbat yoki suv bering. | 거나 아니면 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 bor → 이나 · 받침 yo'q → 나
Izoh — qachon ishlatiladiUch ma'no:
Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
| -거나 ★★☆ | 2 | «yoki» — fe'llar orasida tanlov | 동사/형용사 + -거나 | 주말에는 책을 읽거나 영화를 봐요. Dam olish kunlari kitob o'qiyman yoki kino ko'raman. | (이)나 -든지 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침ga qaramay -거나. Ot uchun esa (이)나 ishlatiladi.
Izoh — qachon ishlatiladi«아무리 ...-거나» yoki «-거나 -거나» juft shaklda «...-sa ham, ...-sa ham» ma'nosi chiqadi. |
|||||
His-tuyg‘u va baho — 감정·평가
2 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| -네요 ★★★ | 2 | «-ekan!» — hozir bilib, hayron bo'lish | 동사/형용사 + -네요 | 와, 한국어를 정말 잘하시네요! Voy, koreyschani juda yaxshi bilar ekansiz! | -군요 -잖아요 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침ga qaramay -네요. ㄹ tushadi: 멀다 → 머네요. O'tgan zamon: -았/었네요.
Izoh — qachon ishlatiladiAynan shu daqiqada ko'rib/eshitib bilingan narsaga reaksiya. TOPIK 듣기 dialoglarida juda tez-tez uchraydi. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi |
|||||
| -지요? / -죠? ★★★ | 2 | «-a? shundaymi?» — tasdiq so'rash | 동사/형용사/명사 + -지요? | 오늘 날씨가 좋지요? Bugun ob-havo yaxshi-a? | -잖아요 -네요 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasiOg'zaki nutqda -죠 ga qisqaradi.
Izoh — qachon ishlatiladiSo'zlovchi javobni allaqachon biladi, faqat tasdiq kutadi. So'roqsiz (xabar) shaklda «albatta, shunday» ma'nosini beradi: 제가 하죠. |
|||||
Daraja va miqdor — 정도·수량
1 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| 밖에 ★★★ | 2 | «-dan boshqa emas, faqat» — doim inkor bilan | 명사 + 밖에 + 부정 (안/못/없다) | 시간이 십 분밖에 없어요. Bor-yo'g'i o'n daqiqa vaqt bor. | 만 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasiKeyingi fe'l albatta inkor bo'ladi: 밖에 + 안 / 못 / 없다 / 모르다.
Izoh — qachon ishlatiladiMa'nosi 만 bilan bir xil, lekin ozlik, kamlik tuyg'usini beradi: 천 원밖에 없어요 — atigi ming vono bor (kam!). ⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 물밖에 마셔요 → ✅ 물밖에 안 마셔요. Inkorsiz ishlatilmaydi. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
Gap bo‘lagi — 문장 성분
3 ta| Grammatika | Daraja | Ma’nosi | Qo‘shilishi | Namuna | O‘xshashlari |
|---|---|---|---|---|---|
| -는 (동사 현재) ★★★ | 2 | otni aniqlovchi hozirgi zamon — «-ayotgan» | 동사 + -는 + 명사 | 한국어를 배우는 학생이 많아요. Koreys tilini o'rganayotgan talabalar ko'p. | -(으)ㄴ (동사 과거) -(으)ㄹ |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침ga qaramay -는: 먹다 → 먹는 사람 · ㄹ tushadi: 살다 → 사는 곳
있다/없다 ham: 재미있는 책 Izoh — qachon ishlatiladiAniqlovchi shakllar TOPIK 읽기 ning asosidir. Uch zamon:
Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
| -(으)ㄴ (과거·형용사) ★★★ | 2 | fe'l uchun o'tgan zamon aniqlovchi; sifat uchun hozirgi | 동사 + -(으)ㄴ + 명사 · 형용사 + -(으)ㄴ + 명사 | 어제 만난 사람이 누구예요? Kecha uchrashgan odam kim? | -는 (동사 현재) -던 |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -ㄴ (가다 → 간 사람, 크다 → 큰 집) · 받침 bor → -은 (먹다 → 먹은 밥, 좋다 → 좋은 사람)
Izoh — qachon ishlatiladiBir xil shakl ikki xil vazifa bajaradi — so'z turkumiga qarab:
⚠️ Tez-tez qilinadigan xato❌ 재미있은 영화 → ✅ 재미있는 영화. 있다/없다 bilan tugagan sifatlar -는 oladi. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||
| -(으)ㄹ (미래·추측) ★★★ | 2 | kelasi zamon aniqlovchi — «-adigan, -ajak» | 동사/형용사 + -(으)ㄹ + 명사 | 내일 만날 사람이 있어요. Ertaga uchrashadigan odamim bor. | -는 (동사 현재) |
Batafsil — namunalar, farqi, xatolarShakl qoidasi받침 yo'q → -ㄹ (가다 → 갈 사람) · 받침 bor → -을 (먹다 → 먹을 것)
Izoh — qachon ishlatiladiKo'plab muhim iboralarning asosi: -(으)ㄹ 것이다, -(으)ㄹ 수 있다, -(으)ㄹ 때, -(으)ㄹ 줄 알다, -(으)ㄹ 뻔하다. Namunalar
O‘xshashlaridan farqi
|
|||||