Prime English Readings

Prime English darslarining oʻqish matnlari — har bir matn oʻz darsining grammatikasini jonli holda koʻrsatadi. Lugʻat izohlari va audio bilan.

1 The First Day PE-1 matni. Sherbek yangi maktabda birinchi kunini oʻtkazadi. Matndagi har bir gap eng sodda qolipda: EGA + KESIM. 2 Bread, Water and Two Eggs PE-2 matni. Dilnoza onasining roʻyxati bilan doʻkonga boradi — va “ikki kilo guruch” bilan “ikkita guruch” orasidagi farqni doʻkondorning kulgisidan oʻrganadi. 3 Six Children, Three Buses PE-3 matni. Maktab qishloqqa sayohatga boradi — va bir kunda buses, children, women, sheep, leaves, knives, feet: koʻplikning hamma turi bir matnda uchraydi. 4 A Dog in the Yard PE-4 matni. Bekzodning hovlisiga bir kuchuk keladi — va matn davomida u “a dog” dan “the dog” ga aylanadi. Artikllar aynan shu tarzda ishlaydi. 5 It Is Not Mine PE-5 matni. Sinfda qolgan qora soyabon kimniki? Butun matn olmoshlar ustida quriladi: I – me – my – mine, she – her – hers. 6 We Are the New Team PE-6 matni. Shanba kuni hovlida oltita oʻquvchi va bitta murabbiy. Darvozabon yoʻq — lekin jamoa bor. Butun matn am / is / are ustida. 7 There Is a Cat on the Roof PE-7 matni. Tomda bir mushuk qoladi va koʻchada besh kishi yigʻiladi. Faqat keksa ayol haqiqatni biladi — mushuklar oʻzi tushadi. 8 This Is My Desk PE-8 matni. Dushanba kuni yangi oʻquvchi Afsonaning partasida oʻtiradi. Bahs “bu” va “u” ustida boradi — va gullar bilan hal boʻladi. 9 Every Morning at Six PE-9 matni. Bekzodning kuni oltida boshlanadi: non, patnis, 7:20 dagi avtobus. Odat, haqiqat va jadval — hammasi oddiy hozirgi zamonda. 10 Does Anyone Know Where the Key Is? PE-10 matni. 12-xona qulflangan, kalit yoʻq va yigirma oʻquvchi koridorda. Matn boshdan-oyoq savol va inkorlardan iborat — va yechim derazadan chiqadi. 11 He Never Says No PE-11 matni. Jasur hech qachon “yoʻq” demaydi — lekin bir kuni qoʻlini koʻtarmaydi. Takrorlanish ravishlari: always, usually, often, sometimes, never. 12 The Rain Is Starting PE-12 matni. Soat toʻrtda osmon qorayadi, yomgʻir boshlanadi — va hamma bir daraxt tagida toʻxtaydi. Hammasi shu daqiqada sodir boʻlmoqda. 13 Usually She Walks, Today She Runs PE-13 matni. Afsona har kuni sekin yuradi — bugun esa yugurib ketmoqda. Bir matnda ikki zaman: odat va shu daqiqa. 14 The Boy Who Has Everything PE-14 matni. Sherbekning katta kulrang sumkasida hamma narsa bor — juma kuni esa sumka yoʻq. have va have got orasidagi farq shu matnda. 15 A Small Old Blue Bicycle PE-15 matni. Bekzod garajdagi eski velosipedni yoqtirmaydi — yakshanbaga borib fikri oʻzgaradi. Sifatlar tartibi jonli matnda. 16 The Shop on the Corner PE-16 matni. Qizil jomadonli ayol nonvoyxonani soʻraydi va Afsona uni aniq yoʻlga soladi: in, on, at — va oxirida ayolning oʻz tuzatishi. 17 On Sunday, in April, at Nine PE-17 matni. Buvining devordagi taqvimida butun xonadonning muhim kunlari bor. Toʻy — yakshanba kuni, aprelda, toʻqqizda. 18 Twenty Questions PE-18 matni. Juma kuni oxirgi dars — oʻyin. Oʻqituvchining kissasidagi soʻzni topish uchun sinfda yigirmata savol bor. 19 It Was Only a Photo PE-19 matni. Karavot tagidagi qutida 1961-yilning surati: toʻqqiz bola, bitta toʻp, poyabzalsiz oyoqlar. Bobo gapirganda surat hikoyaga aylanadi. 20 The Day the Bakery Opened PE-20 matni. Oʻn ikki yil oldin burchakdagi xona boʻsh edi. Bekzodning otasi devorlarni oqladi, kutdi — va bitta chol kirdi. Barcha feʼllar -ed bilan. 21 He Took the Wrong Bus PE-21 matni. Sherbek 21 oʻrniga 12-avtobusga chiqib oladi va notanish mahallada qoladi. Matndagi feʼllar deyarli hammasi notoʻgʻri feʼllar. 22 Nobody Locked the Door PE-22 matni. Chorshanba tongida 12-xonaning eshigi ochiq qoladi. Hech narsa yoʻqolmaydi — lekin shkafda beshta mushuk topiladi. Matn boshdan-oyoq did/didn't ustida. 23 While the Others Were Sleeping PE-23 matni. Qishloq maktabida tunning uchida yigirma oʻquvchi uxlayotgan edi — Bekzod esa uxlamayotgan edi. Oʻtgan zamon davomli: sahnaning kamerasi. 24 The Goal He Did Not See PE-24 matni. Jasur choyxonada oʻyinni telefonda koʻrayotgan edi — va suv olishga chiqqanida gol boʻldi. when qisqa harakatni, while uzun harakatni olib keladi. 25 My Grandfather Used to Walk to School PE-25 matni. Bobo maktabga sakkiz kilometr yurib borardi va poyabzalini qoʻlida koʻtarardi. used to va would — oʻtmishdagi odatlar. 26 Afandi and the Emir's Donkey PE-26 matni. Amir eshagini oʻqishga oʻrgatishni buyuradi va hech kim jurʼat qilmaydi — Afandi esa oʻn yil soʻraydi. Butun hikoya bitta “will” vaʼdasi ustida turadi. 27 The Shepherd Who Read the Sky PE-27 matni. Botir bobo na soat, na telefon koʻrgan — lekin aprelning koʻk osmoni ostida qishloqni ogohlantiradi. “going to” — koʻz oldingizdagi dalilning tili. 28 The Last Week in the Village PE-28 matni. Koʻchishdan oldingi oxirgi hafta — kundalik shaklida. Har bir kunda kelishilgan reja: yuk mashinasi oltida keladi, biz shanbada ketamiz. 29 Three Ways to Say Tomorrow PE-29 matni. Bitta shanba, uchta xabar, uchta boshqa kelasi zamon. Ingliz tili nima boʻlishini emas, qarorni QACHON qabul qilganingizni ham aytadi. 30 This Time Next Year PE-30 matni. Afsonaning ismi roʻyxatda yoʻq edi — uch ball kam. Otasi darvozada bitta gap aytdi, va oʻsha gap bir yilni koʻtardi. 31 Two Years and Eleven Days PE-31 matni. Sherbekning otasi Koreyaga ketdi va uyda vaqtni hamma boshqacha sanadi. ago, for, since, until, by, during — bitta oilaning taqvimi. 32 Somebody Has Found It PE-32 matni. 1987-yilda oʻn uch yoshli bola Orol dengiziga shishada xat tashladi. Dengiz ketdi — shisha esa qoldi. Present perfect: oʻtmish, natijasi bugun. 33 The Dog Who Waited at the Station PE-33 matni. Tokioda toʻqson yildan beri odamlar bir it haykali yonida uchrashadi. Toshkentda esa hech kim ismini bilmaydigan it fevraldan beri kutadi. 34 Has the Tortoise Finished Yet? PE-34 matni. Quyon va toshbaqa poygasi — jonli sharh shaklida. already, yet, just, still, ever, never: hammasi sharhlovchining tilida. 35 The Watch in the Second Drawer PE-35 matni. “Bobomning soatini yoʻqotdim” — va ikki zamon orasidagi farq butun tergovni boshqaradi: natija bugun, tafsilotlar oʻtmishda. 36 The Man Who Has Been Planting Trees PE-36 matni. 1979-yilda oʻn olti yoshli bola qumloq orolda oʻlgan ilonlarni koʻrdi — va oʻsha kundan beri har kuni daraxt ekadi. Bugun u yer oʻrmon. 37 Somebody Has Been Eating My Plov PE-37 matni. Yigirma mehmon uchun qilingan palov har kecha ozayadi. Buvim ikki zamon farqidan tergovchi mantiqini yasaydi — va oʻgʻrini emas, mehmonni topadi. 38 By the Time the Train Came PE-38 matni. 1961-yilda bir yigit poyezdga kechikdi — va shu sababdan qirq bir yil qishloqda dars berdi. Oʻtmishdan oldingi oʻtmish: had + V3. 39 She Had Been Saving for Eleven Months PE-39 matni. Dilnoza velosiped uchun oʻn bir oy pul yigʻdi. Aprel oyida buvisining koʻzoynagi sindi. Iyunda darvoza oldida velosiped turgan edi. 40 The Letters They Will Have Forgotten PE-40 matni. Har iyunda 12-xonaning bitiruvchilari oʻzlariga xat yozadi, va oʻqituvchi ularni oʻn yil saqlab, keyin joʻnatadi. Bu yil 2016-yilning xatlari ketdi. 41 One Oven, Twelve Tenses PE-41 matni. PE-20 dagi nonvoyxona — oʻn ikki yildan keyin. Bugun ertalab oʻgʻil birinchi marta yolgʻiz ishlaydi, va bitta ertalakda oʻn ikkita zamon uchraydi. 42 The Girl Who Could Not Swim PE-42 matni. Butun qishloq iyulda kanalda suzadi — Nilufar esa suvga yuzini ham tekkiza olmaydi. Uch hafta, har kuni kechqurun, beton labida. 43 Something in the Wall PE-43 matni. Uch kecha ketma-ket, ikkida, devor ichidan tirnash ovozi keladi. Har kim boshqa taxmin qiladi — va hech kim aniq bilmaydi. may, might, could. 44 The Rule Nobody Understood PE-44 matni. Yotoqxona devoridagi qoidalar roʻyxati oddiy — faqat oxirgisidan tashqari: “Siz kimdir bilan ovqatlanishingiz kerak.” Nima uchun? 45 You Don't Have to Come PE-45 matni. Murabbiyning kiyinish xonasida ikki gap yozilgan: kelishing shart emas — lekin yolgʻon gapirmasligingiz kerak. Ikkisining farqi bir finalga turdi. 46 Advice from the Older Cousin PE-46 matni. Opasi avtobus chiptasining orqasiga oʻn bitta maslahat yozib berdi. Oʻntasi oddiy edi — bittasi ostiga ikki marta chizilgan edi. Noyabr kechasi aynan oʻsha kerak boʻldi. 47 He Must Be the New Teacher PE-47 matni. Sentyabrning birinchi kuni: hovlida notanish odam turadi va toʻrtta oʻquvchi uning kimligini dalillarga qarab topmoqchi. Javob koridordagi 1994-yilgi suratda yozilgan edi. 48 I Should Have Charged My Phone PE-48 matni. Telefon oʻchdi, avtobus notoʻgʻri boʻldi, yomgʻir yogʻdi. “Telefonni quvvatlashim kerak edi” — deb oʻsha kecha yigirma marta aytdim. Va bu — hayotimda oʻsha gap notoʻgʻri boʻlgan yagona kecha. 49 Could You Say That Again, Please? PE-49 matni. Samarqanddagi mehmonxonada bitta oʻrin, ikkita nomzod. Afsona mehmonning bir soʻzini ham tushunmadi va uch marta “yana bir marta aytolasizmi?” deb soʻradi. Ishga oʻsha uch savol uchun olindi. 50 The Waiter Who Would Not Take a Tip PE-50 matni. Buxoro choyxonasida oʻttiz yil davomida bironta ham choychaqa olmagan keksa xizmatchi. 2019-yilning kuzida esa bitta konvertni oldi — sababi 1994-yilda qolgan edi. 51 From "Maybe" to "Definitely" PE-51 matni. Chimyonda kech kirdi va bitta bola yoʻq. Yigirma kishi taxmin qiladi: “boʻlishi mumkin emas”, “boʻlsa kerak”, “balki”. Toʻgʻri taxminni esa eng kichkina ovoz aytdi — chunki u bitta faktni bilardi. 52 He Was Late, So He Ran PE-52 matni. 1998-yil: onasi kichik oʻgʻlini akasining hujjatlari bilan shaharga yubordi. U olti kilometr yugurdi va toʻrt daqiqaga kechikdi. Butun bir oila shu toʻrt daqiqadan chiqdi. 53 If You Press This Button PE-53 matni. Ustaxonadagi eski stanokda skotch bilan yopilgan tugma va qoʻlda yozilgan eʼlon bor: “Bu tugmani bossang, hech narsa boʻlmaydi. Ikki marta bossang, kelib menga aytasan.” Yigirma yil davomida bu tugma stanokni emas, shogirdni sinaydi. 54 If I Had a Thousand Dollars PE-54 matni. 2009-yilda oʻqituvchi oʻttiz oʻquvchiga bitta savol berdi: “Ming dollaring boʻlsa, nima qilardingiz?” Qogʻozlarni saqlab qoʻydi. Oʻn besh yildan keyin ulardan bittasi endi xayoliy gap emas edi. 55 If She Had Not Missed the Flight PE-55 matni. 2011-yil, Toshkent aeroporti: toʻqqiz daqiqa. Oʻsha toʻqqiz daqiqa uchun u samolyotga kirmadi — va oʻn uch yildan keyin dissertatsiya himoyasida tirbandlikka rahmat aytdi. 56 If He Had Studied, He Would Be a Doctor Now PE-56 matni. Qishlogʻimizda hamma bir gapni aytadi: “oʻqishni tashlamasa, hozir shifokor boʻlardi”. Uning oʻzi esa boshqa gapni aytadi — va oʻsha gap fevral kechasida bitta bolaning hayotini saqlab qoldi. 57 The Wishing Notebook PE-57 matni. Oʻn ikki yoshida u daftar oldi va har hafta bitta “I wish…” yozdi. Oʻn yildan keyin oʻsha daftarni ukasi topdi — va toʻyda ovoz chiqarib oʻqidi. 58 The Man Who Fixed Everything PE-58 matni. Koʻchamizda hamma narsani tuzatadigan odam bor edi: nasos, telefon, eshik, tikuv mashinasi. Faqat bitta narsa — oʻzining darvozasi — yigirma yil singan holda turdi. Bir kuni oʻn bir kishi kelib oʻshani tuzatdi. 59 My Sister, Who Lives in Almaty PE-59 matni. Bitta vergul tushib qoldi — va oila notoʻgʻri jiyan uchun xona tayyorladi. Oʻsha kecha bizning oilada oʻn yildan beri aytiladigan hazil tugʻildi. 60 The Bridge Was Built in 1957 PE-60 matni. Koʻprikdagi lavhada 1957-yil yozilgan. Lekin qishloq uni lavhadagi nom bilan emas, bir ayolning ismi bilan chaqiradi — va buning sababi koʻprik qurilishidan toʻqqiz yil oldin boshlangan. 61 How a Book Is Made PE-61 matni. 1978-yilda bir kitob chop etildi — ikki yuz ming nusxada. Rasmlarni bir kishi chizgan edi, lekin muqovada uning ismi yoʻq edi. Qirq bir yildan keyin yangi nashr chiqdi. 62 What He Actually Said PE-62 matni. 1994-yilda gazeta yozdi: “u qoʻrqmaganini aytdi”. Oʻsha bir gap otamning orqasidan oʻttiz yil yurdi. U esa butunlay boshqa gapni aytgan edi — va farqi juda muhim. 63 He Asked Where I Had Been PE-63 matni. Taksida uyga qaytayotib, men otamning beradigan har bir savoliga javob tayyorlab qoʻydim. U esa butunlay boshqa savollarni berdi — va oxirgisi menikiga umuman oʻxshamas edi. 64 I Enjoy Cooking, I Want to Cook PE-64 matni. Hovlimizda har shanba osh damlaydigan odam bor. U pul uchun ham, majburiyat uchun ham qilmaydi. Nima uchun qilishini bir kuni oʻzi aytdi — bitta gap bilan. 65 He Stopped to Help PE-65 matni. Bobom 1998-yilda odamlarga yordam berishni toʻxtatdi. Otam esa 2016-yilda toʻxtab, yordam berdi — va bu unga bitta telefon va toʻrt soatga tushdi. Ikki gap, bitta soʻz — va butunlay boshqa maʼno. 66 I Had My Phone Repaired PE-66 matni. U singan telefonini taʼmirlashga olib bordi va yangisini olishdan bosh tortdi. Usta sababini tushunmadi — tushunganda esa hisobga bitta ishni yozmadi. 67 The Longest Bridge in the Region PE-67 matni. Ikki qishloq oʻn yildan beri tortishadi: qaysi birining koʻprigi uzunroq? 2018-yilda ular arqon olib, oʻlchashga qaror qildilar. Farqi qirq santimetr chiqdi — va yutqazgan qishloq eng yaxshi javobni topdi. 68 Old Enough to Decide PE-68 matni. “U hali juda yosh, nima xohlayotganini bilmaydi”, dedi hamma. Uni katta deb aytgan yagona odam — oʻn olti yoshida hech kim soʻramagan buvisi edi. 69 Too Much Salt, Too Many Cooks PE-69 matni. Toʻyda toʻrt kishi bitta qozonga tuz soldi — har biri boshqasi solmagan deb oʻyladi. Osh yaramaydi, mehmonlar bir soatda keladi, va buvim faqat bitta savol beradi. 70 A Little Money, A Few Friends PE-70 matni. 2016-yilda u Toshkentga toʻrt yuz ming soʻm va ikkita telefon raqami bilan keldi. Toʻqqiz yildan keyin uning gapida faqat bitta harf oʻzgardi — va oʻsha harf hammasini aytadi. 71 Both Brothers, Neither Answer PE-71 matni. Ikki aka-uka devor ustida yetti oy tortishdi. Oqsoqol ularga bittagina savol berdi — va ikkisi ham javob bermadi. Aynan shu javobsizlik hammasini hal qildi. 72 The Sentence That Sounded Wrong PE-72 matni. 2004-yilda oʻn uch yoshli bola doʻkon peshtoqiga inglizcha yozuv chizdi. Soʻzlarning tartibi notoʻgʻri edi. Yigirma yildan keyin u soʻz tartibidan dars beradi — va oʻsha yozuvni hech kim oʻzgartirmadi. 73 You're Coming, Aren't You? PE-73 matni. Buvim har payshanba kuni bitta savol berardi: “kelasan-a?” Bir kuni u soʻrashni toʻxtatdi — va men savolning oʻzi nima degani boʻlganini shundagina tushundim. 74 The News Is Not Good PE-74 matni. 2020-yil mart: otam telefonni qoʻydi va bitta gap aytdi. Oʻsha yil bizning mehmon uyimizni yopdi — va oʻzgartirdi ham. 75 The Teacher's Desk and the Teachers' Room PE-75 matni. Maktab bir xonaga qirq bir yil dars bergan muallim nomidan lavha buyurtma qildi. Ustaxona apostrofni boshqa joyga qoʻyib yubordi — va muallimning oʻzi uni tuzatishga qoʻymadi. 76 Afraid of, Good at, Depend on PE-76 matni. Yigirma ikki yil davomida butun koʻcha bir kishiga — nasoschi Nodir akaga — bogʻliq edi. U mashinalarni mukammal bilardi, lekin bir narsadan qoʻrqardi. Oʻn besh yoshli qiz esa yechimni topdi. 77 The Day Everything Broke Down PE-77 matni. Toʻygacha olti soat qoldi, uch yuz non kerak — va oʻsha kechada pech ham, mashina ham ishdan chiqdi. Yordam esa uch yildan beri gaplashmagan qoʻshnining eshigidan keldi. 78 Getting Up, Getting Along, Getting By PE-78 matni. Seuldagi akaning singlisiga yozgan xati: kunning tartibi, zavod, va uchinchi oyda uyga qaytmoqchi boʻlgani. Uni saqlab qolgan narsa — eshik yonidagi devorga yozilgan yigirmata frazali feʼl. 79 A Slice, a Loaf, a Bottle PE-79 matni. 1993-yilgi xarid roʻyxati eski oshpazlik kitobidan chiqdi: ikkita non, bir kilo guruch, bir plitka sovun. Roʻyxatning eng oxirgi qatori esa butun bir qishning tarixini aytib berdi. 80 The Moon, a Moon, Moons PE-80 matni. 1998-yil, Qizilqum chetidagi qishloq maktabining tomida oʻqituvchi oʻzi yasagan teleskop turardi. Oʻsha kechada bir soʻz — <i>the</i> — oʻn bir yoshli qiz uchun maʼnosini oʻzgartirdi.